So’nggi yangiliklar

11:34Аргентина терма жамоаси собиқ бош мураббийи Бразилияда иш бошлади  0 11:13 Н'Голо Канте "Париж"га ўтиши мумкин эди  0 10:50Ислом Исмоилов: "Шогирдларим рақиб ким эканлигига қарамай ҳужумкор ўйин кўрсатишга интилишди"  6 10:30"Муҳсин, биз сен билан!"– Самарқандда ўзбек футболи юлдузлари иштирокида хайрия учрашуви ўтказилади  6 10:05"Аталанта" Лукманни жамоада олиб қолмоқчи   0 09:30Қирғизистон терма жамоаси ярим ҳимоячиси Одил Абдураҳмонов: "Янада кучли бўлишимиз керак"   0 09:05Курт Зума эркин агент сифатида Руминия клубига ўтди  1 08:50 Рахим Стерлинг “Челси”дан кетишдан бош тортди ва асосий жамоадан ажратилди  5 08:20Самюэль Умтити 10 сентябргача янги жамоа топмаса, фаолиятини якунлаши мумкин  6 07:50Акмал Мозговой: "Рақибимизнинг кучли ва кучсиз тарафларини ўрганиб чиқдик"   1 07:24Митрович Осиёнинг бошқа жамоасига ўтмоқда  5 00:50"Ливерпуль" Кьезани Чемпионлар Лигаси қайдномасига киритмагани маълум бўлди  4 00:32Элдор ва Аббос сафда, Кападзенинг кайфияти чоғ – миллий жамоа машғулотларидан ГАЛЕРЕЯ  35 00:10U-23 Осиё кубоги саралаши. Ўзбекистон жойлашган гуруҳнинг иккинчи баҳсида Қирғизистон Кими Меркнинг дубли эвазига Фаластинни енгди  3 23:50Португалия президенти марҳум Диогу Жотани орден билан тақдирлади  1

JCH-2018. Yuriy Gagarinni fazoga olib chiqqan birinchi kosmik kema va kosmonavtika muzeyidan FOTOGALEREYA Yangiliklar

JCH-2018. Yuriy Gagarinni fazoga olib chiqqan birinchi kosmik kema va kosmonavtika muzeyidan FOTOGALEREYA

Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatini yoritish uchun Toshkent-SHimkent-Boyqo'ng'ir-Aktobe-Samara-Qozon-Moskva-Nijniy Novgorod-Sankt-Peterburg yo'naligi bo'yicha avtomobilda safarga chiqqan edik.

Kuni kecha Samara shahriga etib keldik va Kolumbiya – Senegal o'yiniga qadar bu erdagi barcha inshootlarni ko'zdan kechirdik. Sayohat davomida ushbu shaharda joylashgan “Kosmos” muzeyiga borishga muvaffaq bo'ldik. U erda mehmonlar uchun barcha sharoitlar yaratib berilgan. “Kosmos” muzeyidagi asosiy eksponatlar erto'lada joylashgan. U erda oydagi kosmos stanciya qanday ekanligi aks ettirilgan va kosmonavtlar oyda qanday tadqiqotlar amalga oshirishgani haqida malumotlar berilgan.

Muzeyning yuqori qavatida oyga ilk bor parvoz qilgan “SOYUZ” kosmik kemasining dvigatel qismlari joy olgan. Bundan tashqari ushbu muzeyning 3-qavatida futbol muxlislari uchun “Krilya Sovetov” jamoasiga tegishli eksponatlar joylangan. Quyida ushbu muzeydan olingan suratlarni tomosha qilishingiz mumkin.

Ushbu muzey biz uchun qanday ahamiyat kasb etadi, deya fikr bildirishingiz tabiiy. Lekin Samara shahriga kelgan har bir mehmon bu muzeyni tomosha qilmasdan ketmasligi aniq. Sababi, ushbu muzey istalgan insonni o'ziga jalb qila oladi. SHuningdek futbol muxlislarini ham. 

Quyida ushbu muzeyda ssuratga tushirilgan eksponatlarni tomosha qilishingiz mumkin.




Muzeyning ikkinchi qavatiga "Krilya Sovetov" jamoasiga tegishli eksponatlar joylangan



Eslatib o'tamiz, Toshkentning "Bunyodkor" jamoasi bosh murabbiyi  Mirjalol Qosimov futbolchilik paytida 2000 yildan 2001 yilga qadar Samaraning "Krilya Sovetov" jamoasida faoliyat olib borgan va 45 uchrashuvda maydonga tushib raqiblar darvozasini 6 marotaba ishg'ol qilgan.


SOTVOLDIEV Jahongir Samara shahridan maxsus


Championat.asia saytining Jahon chempionati davomidagi hamkorlari "Start" savdo belgisi, "O'zbegim" kolbasalari va Elmakon savdo belgisi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика