So’nggi yangiliklar

00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  5 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18

JCH-2018. SHveciya VAR texnologiyasi orqali Janubiy Koreyani mag'lub etdi Yangiliklar

JCH-2018. SHveciya VAR texnologiyasi orqali Janubiy Koreyani mag'lub etdi

Jahon chempionatining "F" guruhi 1-tur doirasidagi SHveciya - Janubiy Koreya uchrashuvi yakunlandi.


             YANGILASH


- Assalomu alaykum! SHveciya - Janubiy Koreya uchrashuvini biz bilan birgalikda tomosha qilishga taklif etamiz. O'yin qanchalik qiziqarli kechadi, oldindan bir narsa deyish mushkul. Ammo reportaj sizni zeriktirib qo'ymasligi uchun harakat qilishga vada beramiz. Ushbu "kvartet"dagi ilk o'yin kecha sensacion natija bilan boshlandi. Bugungi bahs ham bizga kutilmagan natijani "sovg'a" etsa neajab. "O'lim" guruhida Eron etakchilik qilayotgan bir paytda, amaldagi chempion Germaniya bor guruhda Janubiy Koreya ham peshqadamlikni o'z qo'liga olishga urinib ko'radi. Zlatan Ibragimovichsiz SHveciya esa bunga ko'nmasligi aniq. Ko'ramiz, kuzatamiz.

- O'yin boshlanishiga sanoqli daqiqalar qolmoqda.


16:35. Zukko yuzerlarimiz bu bahs oldidin qanday fikrda? Kimning imkoniyatlari yuqori va qanday natija kutyapsiz?

- SHveciya va Janubiy Koreya oxirgi bor 2005 yili o'rtoqlik uchrashuvida o'zaro to'qnash kelishgan. O'shanda tomonlar murosa yo'lini tanlashgandi - 2:2.

Tavsiya etamiz:

SHveciya - Janubiy Koreya. Jamoalar stadionga etib kelishdi FOTO

SHveciya - Janubiy Koreya. Muxlislar galereyasi

JCH-2018. SHveciya va Janubiy Koreyaning kiyinish xonasidan FOTOGALEREYA


- Jamoalar maydonga chiqib kelishga taraddud ko'rishmoqda. Osiyoning to'rtinchi jamoasi ham mundialdagi o'z yurishini boshlashga shay. Bunga qadar Saudiya Arabistoni sharmanda bo'lgandi. Eron matonat ko'rsatdi, Avstraliya esa video-takror va golni aniqlaydigan tizim "qurbon"iga aylandi :-) Janubiy Koreya esa nima qiladi? Ko'ramiz.

16:55. SHveciya davlat madhiyasi yangramoqda.

16:57. Janubiya Koreya madhiyasiga navbat.

- SHveciya bugun klassik taktik sxemada, yani 4-4-2da o'ynaydi. Janubiya Koreya ustozi SHin Tayyong esa 4-3-3 taktik sxemasini tanlagan.

1. O'yinga start berildi. Tomosha qilamiz, siz esa mutolaa qilishni ham unutmang :-)

4. Uchrashuv tezkor hujumlar orqali boshlanmadi. Jamoalar ehtiyotkorlik bilan raqibni o'rganish bilan mashg'ul bo'lishmoqda. Janubiy Koreya nisbatan ko'proq to'pga egalik qilmoqda.

6. Uchrashuvdagi dastlabki standart vaziyati. Hi CHan Hvang jamoasi uchun burchak to'pi ishladi. Ammo SHveciya posboni Robin Olsen havodan kelayotgan to'pni o'z vaqtida jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirdi.

7. Koreya nisbatan ancha faol boshlamoqda. SHveciya hozircha raqib hujumini bartaraf etish bilan band.

9. SHveciyaning chap qanot vingeri Emil Forsberg jamoadoshlarini oldinga o'tishga, Koreyaga qarshi pressing qo'llashga chorlamoqda.

10. Ki Son Yon himoyadan chiqishda pas uzatishda xatoga yo'l qo'ydi. Ammo SHveciya ushbu sovg'adan unumli foydalana olmadi va hujumni tezda rivojlantira olmadi.

12. Kim SHin Vuk ogohlantirildi.

13. SHveciya sekin uyg'onmoqda. SHvedlar ham nihoyat pozicion hujum qilishga urinishmoqda. Ammo dastlabki urinishlar besamar chiqdi.

- Italiya va O'zbekistonni mundialdan mosuvo qoldirgan jamoalar hozircha muxlislarga chiroyli futbol tuhfa etishmayapti. 

17. SHveciya sardori Grankvist gol urish uchun ajoyib imkoniyat xosil qilgandi. Ammo koreyalik himoyachi xavfni o'z vaqtida sezdi va jamoasi joniga oro kirdi. 

20. Kim Sin Gyu! Ajoyib seyv! Janubiy Koreya darvozaboni Kim Sin Gyu katta sahnaga chiqmoqda! Markus Bergning yaqin masofadan tepgan kuchli zarbasini mohirona qaytargan kiperga tasanno! SHveciya o'yin tizginini o'z qo'liga oldi. Janubiy Koreya darvozasi oldida hujumlar, xavfli vaziyatlar ko'paymoqda.

Qiziq, ushbu muxlis o'yinni stadionda jonli sharhlamoqdami yoki o'zini karaokega kelgandek his qilyaptimi?

Bugun "chaqaloq" maqomidagi saytimizning yangi fotomuxbiri Jahongir Fayzullaev (tipaj) siz aziz o'quvchilar uchun SHveciya - Janubiy Koreya o'yinidan fotogalereya LIVE joylashtirmoqda. Tomosha qiling!

29. Janubiy Koreya darvozasi oldidan golni hidi kelmoqda.

Izohga hojat yo'q :-)

32. O'yin hujumlarga emas, follarga boy kechmoqda. Hozircha jami 19 marotaba qoida buzildi. Jamoalar gol urishdan ko'ra qoida buzish osonligini isbotlashmoqda.

34. Janubiy Koreya o'yinni o'z jarima maydonchasi oldidan uzoqlashtirishga muvofaq bo'ldi.

35. Son Xyon Mindan ajoyib "reyd"! Lekin futbolchi to'pni jamoadoshiga uzatishga noaniq o'ynadi. Aks holda hisob ochilishi mumkin edi.

38. O'tgan daqiqalar shuni ko'rsatmoqdaki, bu "kvartet"dan kechagi ajoyib o'yin ishtirokchilari Germaniya va Meksika pley-offga yo'l olishlari ehtimoli juda yuqori.

40. SHveciya tanaffusga qadar gol urish ishtiyoqida. Janubiy Koreya esa qarshi hujumda o'z imkoniyatini poylamoqda. Ammo har ikkala jamoaning mudofaa chizig'i ancha ishonchli o'ynamoqda.

43. SHveciya tezlikni ancha oshirdi. Ketma-ket hujumlar uyushtirildi. Ammo goldan darak yo'q. Bir vaziyatda Janubiy Koreya himoyachisi SHveciya futbolchisini jarima maydoni ichida yiqitdi. Ammo himoyachi bunga qadar birinchi bo'lib to'pga tekkani uchun hakam penalti belgilamadi. SHuningdek, u qadar jiddiy kontakt ham bo'lmagandi. 

44. "Nijniy Novgorod stedium"da O'zbekiston bayrog'i bilan hamyurtlarimiz o'yinni tomosha qilishmoqda.

45. Qayd etish kerak, birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Janubiy Koreyaning omadi chopyapti. SHveciya bir qator vaziyatlarga ega bo'ldi. Ammo ular oxirgi zarbani yo'llashga biroz oqsashmoqda.

Birinchi bo'lim tugadi. Tanaffus!


Taniqli rus sharhlovchisi Aleksandr SHmurnov SHveciya haqida o'z tvitterida shunday yozadi: "Hamma ishni saralashgacha taqagan SHveciya. Dastlab Gollandiyani, keyin Italiyani mundialdan mosuvo qilib, JCHda mashinada og'ir yukni tashish - SHveciyacha oldinga siljish..."

- Ikkinchi taym boshlandi!

- Agarda ushbu bahsda hisob ochilmasa yoki g'olib nomi aniqlanmasa, unda bundan avvalo Meksika va Germaniya manfaatdor bo'ladi.

- Mavzudan tashqari: "Nasaf"dan ketgan Dragan CHeran "Paxtakor"ga o'tishi borasida gapirdi. U nima deganini birozdan keyin o'qishingiz mumkin bo'ladi.

48. Emil Forsberg hisobni ochish uchun imkoniyat xosil qilgandi. Ammo uning chamasi 18 metrlardan tepgan zarbasiga aniqlik etishmadi.

51. Janubiy Koreya ham xavfli hujum tashkil etdi. Ammo yakuniy zarbani mo'ljalga aniq yo'llash ularga nasib etmadi. Jamoalar ikkinchi bo'limda gol urish kerakligini eslab qolishdi.

55. Hi CHan Hvang raqibiga nisbatan qoidani buzdi. Keyin esa yiqilgan futbolchini beliga tepdi. Erkakcha ish qilmadi Hi CHan Hvang. SHveciya esa jarima zarbasidan keyin uning bu ishini jazolashi mumkin edi. Ammo yana katta sahnaga Janubiy Koreya darvozaboni Kim Sin Gyu chiqmoqda! Ajoyib seyv!

Bugungi uchrashuvni 42300 nafar tomoshabin stadiondan kuzatmoqda

60. Hakam xushtak chalishdan, futbolchilar esa qoida buzishdan charchashmayapti...

62. SHveciya futbolchisi jarima maydonchasi ichida yiqitildi. Hakam penalti belgilamadi. O'yin davom ettirildi. Lekin hakam keyin xushtak chalib o'yinni to'xtatdi. Unga video takrordagi assistentlari xabar berishdi. Video takror ko'rildi va penalti belgilandi. SHveciya penalti tepadi.

64. VAR tizimiga rahmat! Adolat tantana qilmoqda!

65. GOLLLLLLLLLLLL! Grankvist penaltidan gol urdi! SHveciya hisobda oldinga chiqmoqda!


67. Goldan ruhlangan shvedlar hujumni kuchaytirishmoqda. Janubiy Koreya esa kichik shok holatida.

Rus sharhlovchisi Aleksandr SHmurnov video-takror tizimidan doim va hamma joyda foydalanish kerakligini takidlamoqda. Odamlarni ahmoq qilishni bas qilish, kerak deb yozadi SHmurnov o'zining tvitterdagi sahifasida.


75. Janubiy Koreya hisobni tenglashtirish uchun imkon qadar oldinga o'tmoqda. Ammo SHveciya himoyada juda tartibli va ishonchli o'ynamoqda.

84. Uchrashuv yakunlanishiga kam qoldi, ammo janubiy koreyaliklar tayinli hujum uyushtira olishmayapti.

88. Koreyalik muxlislar xomush, ularning sevimlilari mag'lub bo'lishmoqda. Hakam asosiy vaqtga kamida 3 daqiqa qo'shishi mumkin.

90. Bahsning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

90+1. Osiyoliklar darvozani ishg'ol qilish uchun yaxshi vaziyat yaratishdi, ammo bosh bilan berilgan zarba darvozaning yonida o'tib ketdi.

90+3. Janubiy Koreyaning hujumini shveciyaliklar bartaraf etishdi, biroq Osiyo jamoasi vakillari hakamga to'p qo'lga tekkanini aytishdi. Takroriy lavhada esa to'p boshga tekkani ko'rindi.

UCHRASHUV YAKUNLANDI!


Sweden

Andreas Granqvist - 65'

World Cup Grp. F . 1-tur

18/06/2018, 17:00

0
:
1
Tugadi

South Korea

Stadion: Nizhny Novgorod Stadium, 42300 tomoshabin

Bosh hakam: Joel Aguilar

45'
90'
61'  Viktor Claesson
65'  Andreas Granqvist
71'  Albin Ekdal (Oscar Hiljemark)
77'  Ola Toivonen (Isaac Kiese Thelin)
81'  Sebastian Larsson (Gustav Svensson)
13'  Shin-Wook Kim
28'  Joo-Ho Park (Min-Woo Kim)
55'  Hee-Chan Hwang
66'  Shin-Wook Kim (Woo-Young Jung)
73'  Ja-Cheol Koo (Seung-Woo Lee)


JCH-2018
18.06.2018, 17:00
"F" guruhi

SHveciya - Janubiy Koreya 1:0

"Nijniy Novgorod stedium"

Bosh hakam
: Joel Aguilar

Gol: Grankvist (65-penalti)

SHveciya: 1.Robin Olsen, 2.Mikael Lustig, 18.Pontus Yansson, 4.Andreas Grankvist, 6.Lyudvig Augustinsson, 17.Viktor Klaesson, 7.Sebastyan Larsson, 8.Albin Ekdal, 10.Emil Forsberg, 20.Ola Toyvonen, 9.Markus Berg.

Janubiy Koreya: 1.Kim Sin Gyu, 20.Hyun So Jang, 6.Park Ju Xo, 2.Li Yong, 19.Kim Yong Gvon, 16.Ki Son Yon, 15.Vuu Yang Jang, 11.Hi CHan Hvang, 17.Jae Sung Lii, 7.Son Xyon Min, 9.Kim SHin Vuk.

Ogohlantirishlar: Kim Sin Uk (12).

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика