So’nggi yangiliklar

19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  3 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  6 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  1 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  7 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  7 15:29Расман: "Навбаҳор" ёзда 7 футболчини ўз сафига қўшиб олди  18 14:57"Мен ҳамон МЮ билан АПЛ ва ЕЧЛни ютишни орзу қиламан"  4 14:32Англия терма жамоаси футболчиси тез орада "Атлетико"га ўтади  2 13:33Гвардиола: "Улар бизга муаммо туғдиришди"  5 13:04"Челси" яна бир дарвозабонга пул сарфлади, энди уларда 7 нафар посбон бор  4 12:27Суперлига. Андижондаги марказий ўйинни ким бошқаради? 14-турнинг дастлабки 3 ўйини ҳакамлари маълум  6 11:59ОЧЛ тугатилди, энди янги мусобақа кўрамиз  26 11:26Ўзбекистон делегациясига Футзал Жаҳон чемпионати-2024 кубогини топшириш маросими бўлиб ўтди  4

JCH-2018. Daniya Peruni taslim qildi Yangiliklar

JCH-2018. Daniya Peruni taslim qildi

Teglar :  PeruDaniyaJCH-2018
JCH-2018 dastlabki turi doirasidagi Peru - Daniya uchrashuvi bo'lib o'tdi.

45-daqiqada peruliklar hisobni ochishlari mumkin edi. Biroq Kueva o'zi ishlagan penaltini noaniq amalga oshirdi. Ikkinchi taym boshida esa Eriksenning to'p uzatishidan so'ng Yussuf Poulsen birga bir vaziyatdan gol urib Daniyani oldinga olib chiqdi - 0:1. Uchrashuv aynan mana shu hisob bilan o'z yakuniga etdi.


PERU - DANIYA 0:1
16 iyun. Saransk. "Mordoviya Arena" stadioni.
Hakamlar: 
Bakari Gasamma (Gambiya), Jan Klod Birumushaxu (Burundi), Abdulhaq Etchiali (Jazoir), Mehdi Obid SHarif (Jazoir)

Gol: Yussuf Poulsen 59, - 0:1.

Amalga oshirilmagan penalti: Kristian Kueva 45+1 (noaniq)
Peru - 
1.Pedro Galese, 2.Alberto Rodriges, 6.Migel Trauko, 8.Kristian Kueva, 10.Jefferson Farfan (11.Raul Ruidias, 85), 13.Renato Tapia (23.Pedro Akino, 87), 15.Kristian Ramos, 17.Luis Advinkula, 18.Andre Karillo, 19.Yosimar Yotun, 20.Edinson Flores (9.Paolo Gerrero, 63)
Daniya - 1.Kasper SHmeyxel, 4.Simon Kyaer, 5.Andreas Kristensen (Matias Yorgensen, 81), 7.Uilyam Kvist (19.Lasse SHone, 37), 8.Tomas Dileyni, 9.Nikolay Yorgensen, 10.Kristian Eriksen, 14.Xenrik Dalsgaard, 17.Yens Stryuger, 20.Yussuf Poulsen, 23.Pione Sisto (Martin Breytueyt, 67)

Ogohlantirishlar: Renato Tapia 38, Tomas Dileyni 86, Yussuf Poulsen 90.


Peru

World Cup Grp. C . 1-tur

16/06/2018, 21:00

1
:
0
Tugadi

Denmark

Yussuf Poulsen - 59'

Stadion: Mordovia-Arena, 40502 tomoshabin

Bosh hakam: Bakary Papa Gassama

45'
90'
38'  Renato Tapia
45'  Christian Cueva
62'  Edison Flores (Jose Paolo Guerrero)
85'  Jefferson Farfan (Raul Ruidiaz)
87'  Renato Tapia (Pedro Aquino)
35'  William Kvist (Lasse Schoene)
59'  Yussuf Poulsen
59'  Christian Eriksen
67'  Pione Sisto (Martin Braithwaite)
81'  Andreas Christensen (Mathias Joergensen)
86'  Thomas Delaney
90'  Yussuf Poulsen


Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH



90+5. O'yin tugadi! Peru - Daniya 0:1

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shildi

87. O'zgarish. Peru. Renato Tapia o'rniga Pedro Akino tushdi

86. Ogohlantirish. Daniya. Dileyni

86. ZARBA! ERIKSENNING zarbasini darvozabon qaytardi

85. O'zgarish. Peru. Farfan o'rniga Raul Ruidias tushdi

84. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAAAA! SHMEYXEEEEEEEEEEEEL! Ajoyib seyv!

81. O'zgarish. Daniya. Kristensen o'rniga Matias Yorgensen tushdi

79. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAA! QANDAY ZARBA! GERREROOOO! Tovoni bilan darvozaga orqa turib zarba berdi, birozgina noaniq!

75. Uchrashuvdagi golni telegramdagi kanalimizda tomosha qilish va ko'chirib olish mumkin. KANALGA O'TISH

73. ZARBA! Luis Advinkulaning zarbasi noaniq ketdi

69. Xavfli vaziyat! Peru hujumkorlikni oshirdi, bu safar Alberto Rodrigesning zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi

67. O'zgarish. Daniya. Sisto o'rniga Martin Breytueyt tushdi

65. ZARBA! Hozir maydonga tushgan Gerrero boshi bilan zarba berdi, SHmeyxel o'z o'rnida

63. O'zgarish. Peru. Edinson Flores o'rniga Paolo Gerrero maydonga tushdi

61. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! Edinson Flores jarima maydoni ichidan kuchli zarba berdi, Kasper SHmeyxel to'pni qaytardi!

59. Eriksenning to'p uzatishidan so'ng Poulsen birga bir vaziyatga chiqib borib hisobni ochdi - 0:1.

59. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! YUSSUF POULSEEEEEEEEEN! 0:1

57. Qanday vaziyayayayayayayat! Kueva jarima maydoniga kirib borib sherigiga to'pni uzatdi, ammo Karilo zarba bera olmadi!

55. Jahongir Fayzullaev saytimiz o'quvchilari uchun o'yinning eng sara rasmlarini joylab bormoqda >>> JCH-2018. Peru - Daniya. LIVE FOTOGALEREYA

53. Eriksen jarima to'pini amalga oshirdi, yana jonli devor to'p yo'liga to'g'anoq bo'ldi, ikkinchi zarba esa noaniq chiqdi

46. Ikkinchi taym boshlandi. 


Birinchi taym statistikasi.

45+3. Birinchi taym tugadi. Hozircha hisob ochilmadi

45+1. ZARBAAAAAAAAAAAAAAAAAA! KUEVAAAAAAAAA! NOANIIIIQ! 

45. PENALTI! VAR tizimi yordamidan foydalanga Bakari Gasamma baribir penalti belgiladi

45. Perulik Kueva raqib jarima maydoni ichida yiqitildi, hakam penalt yo'q dedi.

41. ZARBA! Dileyni tomonidan yo'llagan zarba noaniq ketdi

39. ZARBAAAAAAAAAAAAA! Eriksen jarima to'pini amalga oshirdi, jonli devordan qaytan to'pni SHone yana darvozaga yo'lladi, bu safar posbon o'zini ko'rsatdi

38. Daniyalik Sisto jarima to'pi ishlab oldi

38. Ogohlantirish. Peru. Renato Tapia

36. O'zgarish. Daniya. Kvist o'rniga Lasse SHone tushdi

33. Daniyalik Kvist jiddiy jarohat oldi. SHifokorlar uni darhol shifoxonaga olib ketishdi. Raqib uning qovurg'asiga tizza bilan zarba berdi



33. JCH-2018 vaqtida saytimizning telegramdagi kanaliga obuna bo'ling. Afsus qilmaysiz: KANALGA O'TISH

29. Xavfli vaziyat! Farfan jarima maydoni ichiga kirib borib zarba berdi, to'p himoyachiga tegib maydonni tark etdi

27. ZARBA! Dileynining zarbasi darvozadan o'tib kameraga borib tegdi

24. Daniyaliklar burchak to'pini amalga oshirishdi, bo'ydor himoyachilar to'pni qaytarishdi

19. Farfan raqib himoyachilariga anchagina bosh og'riq bo'lmoqda.

16. Jahongir Fayzullaev saytimiz o'quvchilari uchun o'yinning eng sara rasmlarini joylab bormoqda >>> JCH-2018. Peru - Daniya. LIVE FOTOGALEREYA

15. Ko'pchilik bugungi o'yinda Daniya favorit deb hisoblamoqda. Biroq dastlabki daqiqalarda faqat Peru hujum qilmoqda

12. Yana bir ZARBA! Kariloning kuchli zarbasidan keyin yana Kasper jamoasini qutqardi!

7. ZARBA! Yosimar Yotunning zarbasini SHmeyxel ushlab oldi

4. Ilk xafli vaziyatni peruliklar tashkil etishdi. Jarima maydoniga uzatilgan to'pni Kristian Kueva darvozaga yo'llashga urindi, biroq daniyalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi.

1. O'YIN BOSHLANDI!


- Endi Daniya davlat madhiyasiga navbat

- Dastlab Peru davlat madhiyasi yangramoqda.

- Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi.

- Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi. 





Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика