So’nggi yangiliklar

17:59Гвардиола Ҳоланднинг спорт формасидан қониқмаяпти  1 17:34"Бавария" "Манчестер Юнайтед"нинг икки ҳимоячи бўйича таклифини рад қилди  1 17:07"Лейпциг" "Барселона"нинг Дани Ольмо бўйича таклифини рад этди  1 16:39"Хави "Барселона"га келгач, ҳаммасини ўзгартирди" — Левандовски  1 16:13Суперлига. "Металлург"да 3, ОКМК ва "Андижон"да 1 нафардан. 14-турни ўтказиб юборадиган футболчилар  2 15:53Расман: "Осасуна" сардори фаолиятини Қатарда давом эттиради  2 15:262030 йилги Жаҳон чемпионати саналари маълум  2 14:59"Ливерпуль" янги мавсум учун сафар либосини тақдим этди  2 14:33Ўзбекистон футзал МТЖ етакчиси мундиални ўтказиб юборадиган бўлди  5 14:19"Милан" собиқ устози "Ренн"да иш бошлаши мумкин  1 13:52"Тоттенхэм" "Ливерпуль" собиқ ҳужумчисига қизиқмоқда  1 13:25"Астон Вилла" Лукакуни қўлга киритишни режалаштирмоқда  3 12:58"Боруссия Д" форварди фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 12:32Про лига. 15-тур учрашувларида ишлайдиган расмийлар  2 12:04"Манчестер Сити" "Реал" дарвозабонига қизиқмоқда  3

JCH-2018 hakamlari. Kim nechta o'yinni boshqardi? Yangiliklar

JCH-2018 hakamlari. Kim nechta o'yinni boshqardi?

SHunday qilib Rossiyada o'tkazilgan navbatdagi jahon chempionati ham o'z yakuniga etdi.

Finalda Xorvatiyani 4:2 hisobida mag'lub etgan Franciya o'z tarixida ikkinchi bor (1998 yildan so'ng) jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi. Xorvatlar bundan 20 yil muqaddam 3-o'rinni qo'lga kiritishgandi, bu gal esa bir pog'ona yuqori ko'tarilib kumush medallarga ega chiqishdi. 

Albatta, musobaqa davomida bizning etibor mundial hakamlariga ham qaratildi, chunki ular orasida Ravshan Ermatov boshchiligidagi o'zbekistonlik referilar brigadasi ham bor edi. Malumki, jahon chempionatidan oldin FIFA elon qilgan ro'yxatda 36 nafar bosh hakam hamda 63 nafar qanot hakamlari musobaqa o'yinlarini boshqarishga taklif etilgandi. Ammo mundialga taklif olganlarning hammasi ham uchrashuvlarni boshqardi deb bo'lmaydi. 

Bungacha ikkita mundialda ishlagan Ravshan Ermatov JCH-2018da ikkita o'yinda hakamlik qilishga muvaffaq bo'ldi. Malumki, Ermatov JAR-2010da beshta, Braziliya-2014da to'rtta o'yinni boshqargandi. Rossiyada bo'lib o'tgan mundialda esa FIFA bizning hakamlarga ikkita o'yinni ishonib topshirdi. SHunday qilib Ermatov hisobidagi jahon chempionati o'yinlari soni 11taga etdi va bu borada dunyo bo'yicha yaqqol etakchiga aylanib oldi. 


Ravshan Ermatov uchun bu musobaqa uchinchisi bo'ldi. Uning asosiy yordamchisi Abdulhamid Rasulov ikkinchi marta jahon chempionatida ishtirok etgan bo'lsa, yana bir qanot hakami Jahongir Saidov o'z faoliyatida birinchi marta dunyoning eng katta turnirida ishtirok etdi. Albatta, biz Ermatovdan imkon qadar ko'proq o'yinlarni boshqarishini kutgandik, biroq asosiy yordamchisi Abdulhamid Rasulovning jarohat olishi brigadamizga ikkitadan ko'p o'yinni boshqarish imkonini bermadi. 

SHunga qaramay, Ravshan Ermatov hamon dunyo hakamlari orasida jahon chempionatlarida eng ko'p o'yinni boshqargan hakam bo'lib turibdi. Aytib o'tganimizdek, Ermatov uchta mundialda jami 11ta o'yinni boshqardi. Bu borada argentinalik Nestor Pitana 9ta o'yin bilan ikkinchi o'ringa ko'tarilib oldi. Pitana avvalgi mundialda to'rtta o'yinda hakamlik qilgandi. Rossiyadagi jahon chempionatida esa beshta uchrashuvni boshqardi. SHuningdek, uch nafar hakam 8tadan o'yinni boshqargan. Bular - Joel Kuiniu (Franciya), Benito Archundiya (Meksika) va Xorxe Larrionda (Urugvay). 

JCH-2018DA ISHLAMAGAN HAKAMLAR
Jahon chempionatiga taklif etilgan 36 nafar bosh hakamdan ettitasiga birontayam o'yinni boshqarish nasib etmadi. Bular - Ryuji Sato (Yaponiya), Mehdi Obid SHarif (Jazoir), Bamlak Tessema Veyesa (Efiopiya), Jon Pitti (Panama), Rikardo Montero (Kosta Rika), Julio Baskuan (CHili) va Norbert Xauata (Taiti). Albatta, FIFA bu hakamlarning nima uchun qo'yilmaganiga izoh bermaydi. Negaki tashkilot hakamlar borasida ortiqcha malumot berishni xush ko'rmaydi. 

Etibor bergan bo'lsangiz, jahon chempionatida ishlamagan hakamlar orasida Osiyodan ham vakil bor. Aslida yaponiyalik Ryuji Sato o'rniga saudiyalik Fahad Al Mirdasi mundialga tashrif buyurishi lozim edi, biroq Saudiya Arabistoni Kubogi finalida bu hakam pora olishga uringani uchun FIFA tomonidan chetlatildi. Natijada zaxirada qolgan Ryuji Sato chaqirildi. JCH-2018ga Osiyoda beshta hakamlar brigadasi taklif etildi. SHulardan faqat Ryuji Sato o'yinlarni boshqarmadi, xolos. 


ENG KO'P KIM BOSHQARDI?
Ko'pchilikni jahon chempionatida qaysi hakam eng ko'p o'yinni boshqargani qiziqtirishi tabiiy. Bu shubhasiz final o'yinini boshqargan Nestor Pitana bo'ldi. Argentinalik hakam ushbu jahon chempionatida beshta uchrashuvda hakamlik qildi. Qizig'i shuki, argentinalik hakam musobaqaning ochilish uchrashuvini ham boshqargandi. Unga finalda ishlash ham ishonib topshirildi. JCH-2018da boshqa hech bir hakamga beshta o'yinni boshqarish nasib etmadi. SHu o'rinda barcha hakamlarning nechtadan o'yinni boshqarganini keltirib o'tsak.

5ta o'yinni boshqargan: Nestor Pitana (Argentina). 

4tadan o'yinni boshqarganlar: Alirizo Fag'oni (Eron), Byorn Kyupers (Gollandiya). 

3tadan o'yinni boshqarganlar: Malang Dideu (Senegal), Mark Geyger (AQSH), Sezar Arturo Ramos (Meksika), Andres Kunya (Urugvay), Sandro Richchi (Braziliya), Juneyt CHaqir (Turkiya), Milorad Mazich (Serbiya), Janluka Rokki (Italiya), Damir Skomina (Sloveniya). 

2tadan o'yinni boshqarganlar: Ravshan Ermatov (O'zbekiston), Navaf SHukrulla (Bahrayn), Janni Sikazve (Zambiya), Enrike Kaseres (Paragvay), Vilmar Roldan (Kolumbiya), SHimon Marchinyak (Polsha), Antonio Mateo Laos (Ispaniya), Kleman Turpen (Franciya). 

1tadan o'yinni boshqarganlar: Muhammad Abdulla Hasan (BAA), Bakari Gassama (Gambiya), Gehad Grisha (Misr), Joel Agilar (Salvador), Jeyr Marrufo (AQSH), Mettyu Konger (Yangi Zelandiya), Feliks Brix (Germaniya), Sergey Karasev (Rossiya). 

Ko'rib turganingizdek, ikkita o'yinda hakamlik qilgan Ravshan Ermatov bu borada Navaf SHukrulla, Enrike Kaseres, Kleman Turpen singari hamkasblari bilan bir qatordan joy oldi. Osiyolik hakamlar orasida bu gal eng ko'p o'yinni boshqargan eronlik Alirizo Fag'oni bo'ldi. U to'rtta o'yinda hakamlik qilishga muvaffaq bo'ldi. FIFA ushbu hakamga ikkita guruh o'yinidan tashqari 1/8 finaldan o'rin olgan Franciya - Argentina hamda musobaqaning uchinchi o'rin uchun kechgan bahsini ishonib topshirdi. 


KIM QAYSI O'YIN(LAR)NI BOSHQARDI?
Yuqorida jahon chempionatida ishlagan hakamlarning nechtadan o'yinni boshqarganini keltirib o'tdik. Endi esa yakuniy malumot sifatida kimning qaysi o'yinlarda ishlaganini keltirib o'tamiz. Xabaringiz bor, Ravshan Ermatov JCH-2018da ikkita bahsni boshqardi va ikkalasi ham guruh bosqichidagi o'yin bo'ldi. Ermatov va uning brigadasi avvaliga 2-turdan o'rin olgan Argentina - Xorvatiya bahsini boshqargan bo'lsa, so'ngra 3-turdagi Ispaniya - Marokash uchrashuvida hakamlik qilishdi. Quyida barcha hakamlarning mundialda boshqargan o'yinlarini keltirib o'tamiz. 

OFK (Osiyo) 

Alirizo Fag'oni (Eron). Germaniya - Meksika 0:1 (guruh bosqichi), Serbiya - Braziliya 0:2 (guruh bosqichi), Franciya - Argentina 4:3 (1/8 final), Belgiya – Angliya 2:0 (3-o'rin uchun bahs). 

Ravshan Ermatov (O'zbekiston). Argentina - Xorvatiya 0:3 (guruh bosqichi), Ispaniya - Marokash 2:2 (guruh bosqichi). 

Muhammad Abdulla Hasan (BAA). Franciya - Peru 1:0 (guruh bosqichi). 

Navaf SHukrulla (Bahrayn). Polsha - Senegal 1:2 (guruh bosqichi), Panama - Tunis 1:2 (guruh bosqichi). 


AFK (Afrika) 

Malang Dideu (Senegal). Kosta Rika - Serbiya 0:1 (guruh bosqichi), Urugvay - Rossiya 3:0 (guruh bosqichi), Belgiya - Yaponiya 3:2 (1/8 final). 

Bakari Gassama (Gambiya). Peru - Daniya 0:1 (guruh bosqichi). 

Gehad Grisha (Misr). Angliya - Panama 6:1 (guruh bosqichi). 

Janni Sikazve (Zambiya). Belgiya - Panama 3:0 (guruh bosqichi), Yaponiya - Polsha 0:1 (guruh bosqichi). 


KONKAKAF (SHimoliy va Markaziy Amerika) 

Joel Agilar (Salvador). SHveciya – Janubiy Koreya 1:0 (guruh bosqichi). 

Mark Geyger (AQSH). Portugaliya - Marokash 1:0 (guruh bosqichi), Janubiy Koreya - Germaniya 2:0 (guruh bosqichi), Kolumbiya - Angliya 1:1 (pen. 3:4, 1/8 final). 

Sezar Arturo Ramos (Meksika). Braziliya - SHveycariya 1:1 (guruh bosqichi), Polsha - Kolumbiya 0:3 (guruh bosqichi), Urugvay - Portugaliya 2:1 (1/8 final). 

Jeyr Marrufo (AQSH). Belgiya - Tunis 5:2 (guruh bosqichi). 


KONMEBOL (Janubiy Amerika) 

Enrike Kaseres (Paragvay). Rossiya - Misr 3:1 (guruh bosqichi), Eron - Portugaliya 1:1 (guruh bosqichi). 

Andres Kunya (Urugvay). Franciya - Avstraliya 2:1 (guruh bosqichi), Eron - Ispaniya 0:1 (guruh bosqichi), Franciya – Belgiya 1:0 (1/2 final). 

Nestor Pitana (Argentina). Rossiya - Saudiya Arabistoni 5:0 (guruh bosqichi), Meksika - SHveciya 0:3 (guruh bosqichi), Xorvatiya - Daniya 1:1 (pen. 3:2, 1/8 final), Urugvay - Franciya (1/4 final), Franciya – Xorvatiya 4:2 (final). 

Sandro Richchi (Braziliya). Xorvatiya - Nigeriya 2:0 (guruh bosqichi), Daniya - Franciya 0:0 (guruh bosqichi), Rossiya - Xorvatiya (1/4 final). 

Vilmar Roldan (Kolumbiya). Tunis - Angliya 1:2 (guruh bosqichi), Saudiya Arabistoni - Misr 2:1 (guruh bosqichi) 

OKEANIYA 

Mettyu Konger (Yangi Zelandiya). Nigeriya - Islandiya 2:0 (guruh bosqichi) 


UEFA (Evropa) 

Feliks Brix (Germaniya). Serbiya - SHveycariya 1:2 (guruh bosqichi) 

Juneyt CHaqir (Turkiya). Marokash - Eron 0:1 (guruh bosqichi), Nigeriya - Argentina 1:2 (guruh bosqichi), Xorvatiya - Angliya 2:1 (1/2 final). 

Sergey Karasev (Rossiya). Avstraliya - Peru 0:2 (guruh bosqichi). 

Byorn Kyupers (Gollandiya). Misr - Urugvay 0:1 (guruh bosqichi), Braziliya - Kosta Rika 2:0 (guruh bosqichi), Ispaniya - Rossiya 1:1 (pen. Z:4, 1/8 final), SHveciya - Angliya (1/4 final). 

SHimon Marchinyak (Polsha). Argentina - Islandiya 1:1 (guruh bosqichi), Germaniya - SHveciya 2:1 (guruh bosqichi). 

Antonio Mateo Laos (Ispaniya). Daniya - Avstraliya 1:1 (guruh bosqichi), Islandiya - Xorvatiya 1:2 (guruh bosqichi). 

Milorad Mazich (Serbiya). Janubiy Koreya - Meksika 1:2 (guruh bosqichi), Senegal - Kolumbiya 0:1 (guruh bosqichi), Braziliya – Belgiya 1:2 (1/4 final). 

Janluka Rokki (Italiya). Portugaliya - Ispaniya 3:3 (guruh bosqichi), Yaponiya - Senegal 2:2 (guruh bosqichi), Braziliya - Meksika 2:0 (1/8 final). 

Damir Skomina (Sloveniya). Kolumbiya - Yaponiya 1:2 (guruh bosqichi), Angliya - Belgiya 0:1 (guruh bosqichi), SHveciya - SHveycariya 1:0 (1/8 final). 

Kleman Turpen (Franciya). Urugvay - Saudiya Arabistoni 1:0 (guruh bosqichi), SHveycariya - Kosta Rika 2:2 (guruh bosqichi).

Reyting: -29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика