So’nggi yangiliklar

15:52Инсайд тасдиқланди: "Хоразм" футболчиси ОКМКга ўтди  1 15:44"Динамо" машғулотлари Championat.asia объективида  1 15:33"Манчестер Юнайтед" клуби Аморим бўйича расмий баёнот берди  4 15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  6 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  19 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  9 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  13 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  10 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  3

JCH-2018. Germaniya terma jamoasi tarkibi qanday bo'ladi Yangiliklar

JCH-2018. Germaniya terma jamoasi tarkibi qanday bo'ladi

Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionati boshlanishiga 2 yildan ko'proq vaqt bor.

SHunga qaramay, amaldagi chempionlar Germaniya terma jamoasi 2018 yili mundialda qanday tarkib bilan ishtirok etishi mumkinligini ko'rib chiqamiz.

Darvozabon - Manuel Noyer

Nemislar asosiy tarkibni faqatgina darvozabonlardan tuzishlari mumkin: Ter SHtegen, Leno, Trapp, Fermann, Ciler, Xorn, Karius, Ulrayx, Vellenroyter, Xut, Mateniya. Lekin, "Bavariya"ning birinchi raqami raqobatdan tashqarida. Darvozabon - pasportiga qarab olinadigan amplua emas. Noyer 2018 yilda bor yo'g'i 32 yoshda bo'ladi. "Abadiy" Janluidji Buffon o'sha paytga borib 40 yoshni qarshi oladi. Katta ehtimol bilan Italiya terma jamoasi darvozasini uning adashi Donnarumma emas aynan Jiji qo'riqlaydi. Iqtidor borasida Noyer bilan ko'plab nemis darvozabonlari bahslashishlari mumkin, lekin ikki yildan keyin Germaniyada mana shunday tajribali va "etakchi" darvozabon paydo bo'lishi qiyin.

Muqobili: Bernd Leno

O'ng qanot himoyachisi – Mattias Ginter



Filipp Lam terma jamoadan ketgach, o'ng qanot himoyasidagi jumboq haligacha hal etilmagan. Germaniyada bu joyga o'yinchi yo'q. Boshqa chiziqlarda to'p tepuvchi o'yinchilarni o'ng qanotga qo'yish omadli chiqmadi. Hozircha, Mattias Ginter ideal variant bo'lib ko'rinmoqda. Lekin, u aslida markaziy himoyachi. Faqatgina mana shu mavsumdan doimiy tarzda o'ng qanot himoyasida o'ynamoqda. Mattias to'pni olib qo'ya oladigan va muhim yakkakurashlarni yuta oladigan iqtidorli yigit. Lekin, unga chiziq yonida o'ynash uchun tezlik va ajoyib "kross" hadisi etishmasligi mumkin. Ammo, Germaniya uchta himoyachi bilan o'ynashi yoki  markazda tanlov ko'proq ekanligi sabab Boateng yoki Ryudigerni qanotga qo'yishi ham ehtimoldan holi emas.

Muqobili: Lukas Klyunter

Markaziy himoyachi – Jerom Boateng



Jerom Boateng "Bavariya"da beshinchi mavsum o'ynamoqda va barcha jihatlarda shakllanmoqda: bosh bilan o'ynash, poziciya tanlash, uzoq masofaga to'p uzatish. U yillar davomida taktikani o'rganish evaziga tezlikdagi muammolarini berkitishni o'rgandi. "Bavariya"ning yangi himoyachilaridan birortasi Boateng bilan tenglasha olmaydi. Faqatgina jarohatlari unga halaqit berishi mumkin. Huddi shunday holat terma jamoada ham ko'zga tashlanadi: Ta, Ryudiger va Mustafilar o'zini ko'rsatdi, lekin ular Boatengdan nafaqat bo'y borasida, balki shaxsiy sifatlarda ham ortda qolishadi. Germaniya terma jamoasida sardorlik bog'ichini taqish istagi - katta qahramonlik.

Muqobili: Jonatan Ta

Markaziy himoyachi – Mats Xummels



Deyarli Boatengning nusxasi, Xummels jismoniy ko'rsatkich va pas berish mahoratini, hujum tashkil qilish qobiliyatini o'zida jam qilgan. Xummels universal o'yinchi emas. Faoliyatidagi eng muhim pallada Mats o'tgan mavsum "Borussiya" bilan birga "qovun tushirdi". U jamoa sardori sifatida mag'lubiyatlar uchun ikki hissa javob beradi. Bu yil Xummels yana o'ziga ishongan o'yinchi sifatida ko'zga tashlanmoqda. "Bundestim" uchun u hujumning muhim bo'lagi.  

Muqobili: Niklas Zyule

CHap qanot himoyachisi – Yonas Gektor



Nemislar tarkibidagi eng muammoli ikkita chiziqdan biri. Yoaxim Levda nomzodlar juda kam: SHmelcer, SHulc va Gektor. Dormund klubi himoyachisi o'sishdan to'xtab qoldi va termadagi joyini yo'qotib qo'ydi. Gektor termada 2014 yilda debyut qilgan. Yaqinlashib kelayotgan yozda u katta ehtimol bilan "Keln"ni o'z "status"ini ko'tarishi mumkin bo'lgan top klubga o'zgartirishi mumkin.

Muqobili: Niko SHulc

Tayanch yarim himoyachisi – Toni Kroos


Toni Kroos - Germaniya terma jamoasining asosiy "figura"si. Tayanch zonasi uchun boshqa o'yinchini tasavvur qilish qiyin. Ajoyib to'p uzatishlar, maydonni ko'ra olish, kuchli aniq zarba - 25 yoshli o'yinchi uchun bu fantastik jamlanma. Toni ikki yildan keyin Rossiyada o'zining jahon darajasidagi yulduz ekanligini tasdiqlashi shart.

Muqobili: Kristof Kramer

Tayanch yarim himoyachisi – Yulian Vaygl



Gektordan farqli o'laroq, Yulian Vaygl 2014 yilda termada emas, katta futbolda debyut qildi. Ikki mavsumdan so'ng Dordmundning "Borussiya"siga o'tdi. Vaygl - bu mavsum kashfiyoti. U 20 yoshda, lekin "Borussiya"ning asosiy tarkibiga kirib oldi. Uning aniq to'p uzatishlar foizi juda yuqori (90 % dan yuqori), murosasiz, qaror qabul qilishda sovuqqon, kamiga o'yinni o'ziga olishdan qo'rqmaydi. Futbolchini ajoyib kelajak kutmoqda, katta ehtimol bilan u eng muhim xalqaro musobaqada terma jamoasi tarkibida maydonga tushadi.

Muqobili: Mahmud Daud

CHap qanot yarim himoyachisi – Marko Roys



Germaniyada qanot yarim himoyachilari soni salmoqli, birgina Marko Roys etakchilikni saqlab qolishda davom etmoqda. Yurgen Kloppning yoqimtoyi yildan-yilga yaxshiroq o'ynashda va klubga sodiqligini isbotlashda davom etmoqda. Markoda kuchli tezlik elementlari, yuqori texnika va turli masofalardan yaxshi zarba bera olish hislatlari jam bo'lgan. Unga faqatgina jarohatlar halaqit berishi mumkin. 2018 yilga kelib chaqiruvlar bo'lsa Roys boshqa bir boyroq jamoada paydo bo'lishi ham mumkin.

Muqobili: Yulian Brandt

O'ng qanot yarim himoyachisi - Leroy Sane



Leroy Sane birinchi shartnomasidan "Real" darvozasiga urilgan "krutoy" golgacha bo'lgan yo'lni bosib o'tdi, shundan keyin "SHalke" o'yinchiga 60 million evro narx qo'yib qo'ydi. Hozir u Germaniyadagi eng o'sib borayotgan o'yinchi, uning Gelzenkirxenda uzoq vaqt qolib ketishiga ishonish qiyin.

U haqda Levning o'zi shunday deydi: "Sane futbolchilar yig'ilib turgan joydan maydonning ochiq qismiga qochib ketishni qoyillatadi. U aqlbovar qilmas tezligi bilan maydonni narigi qismiga o'tib ketguncha, himoyachilar uni to'xtatib qolishga ulgurishmaydi. U menda va terma jamoa murabbiylar shtabida katta taassurot qoldirdi".

Muqobili: Mario Getce

Hujumkor yarim himoyachi - Mesut Ozil



Ko'rinmas futbol dahosi. Tanqidlarga qaramay, Mesut Ozil to'pni va o'yinni nazorat qilishda, har qanday holatda golli paslar berishda davom etmoqda. Lev Ozilni yoqtiradi, shuning uchun ham har qanday holatda tarkibdan joy oladi. Ozilning 2018 yilga borib Bundesligaga qaytishi shubhadan holi emas, lekin unga qadrdon go'shasida o'ynash momaqaldiroqdek Angliya chempionatidan osonroq bo'ladi.

Muqobili: Maks Mayer

Hujumchi – Tomas Myuller



Terma jamoaning so'zsiz asosiy hujumchisi. Tomas Jahon chempionatlarida gol urish bo'yicha Miroslav Klozening rekordini yangilashga intilmoqda. Tomas Myuller - mexnatkash, qaerda lozim bo'lsa, o'sha erda paydo bo'ladi. Germaniyani bu "oddiy bola"siz tasavvur qilib bo'lmaydi.

Muqobili: Kevin Folland

Tolibjon Qosimov tayyorladi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика