So’nggi yangiliklar

01:45"Тен Хаг куляптими?" Охара МЮ устозининг соврин ҳақидаги сўзларига эътироз билдирди  1 01:20МЮ бошқа клуб билан келишиб қўйган Фофанага қизиқиш билдиряпти  0 00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  4 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  2 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  6 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1

JCH-2014 finaliga chiqqan Argentina terma jamoasi o'yinchilari hozir qaerda? Yangiliklar

JCH-2014 finaliga chiqqan Argentina terma jamoasi o'yinchilari hozir qaerda?

Asosiy tarkibdan faqatgina Messi qolgan!

Ertaga jahon chempionati final o'yini bo'lib o'tadi, unda Franciya va Argentina terma jamoalari o'zaro kuch sinashadi. Bu francuzlar uchun ketma-ket ikkinchi final, argentinaliklar esa so'nggi bor finalda sakkiz yil oldin o'ynashgan va o'shanda Germaniya terma jamoasiga qo'shimcha vaqtlarda imkoniyatni boy berishgan.

Championat.Asia o'sha jamoa o'yinchilarini eslaydi va hozir qaerdaligi haqida malumot beradi.


Serxio Romero (35 yosh)

Romero JCH-2014da Argentina terma jamoasining asosiy darvozaboni bo'lgan. U finalga qadar oltita o'yinda atigi uchta to'p o'tkazib yuborgan. Romero nemislarga qarshi o'yin davomida bir necha bor jamoasini qutqarib qoldi, ammo 113-daqiqada Mario Gyotcening zarbasini to'sa olmadi. Serxio hozirda 35 yoshda va u hali ham o'ynamoqda, posbon 2022 yilning avgustidan beri "Boka Xuniors" sharafini himoya qiladi.


Esekel Garay (36 yosh)

Garay mundialga "Zenit" o'yinchisi maqomida bordi va turnirda barcha o'yinlarni asosiy tarkibda o'tkazdi. Esekel 2020 yilda "Valensiya"ni tark etdi va o'ziga yangi klub topa olmadi. Garay o'tgan yilning yozida faoliyatiga yakun yasadi va etiborini biznesga qaratdi. U hashamatli turar-joy binolarini qurish bilan shug'ullanadi.



Martin Demichelis (41 yosh)

O'sha paytda Argentina terma jamoasi o'yinchilaridan eng yoshi kattasi Demichelis (33 yosh) edi. Martinning so'nggi klubi "Malaga" bo'ldi va u klubni 2017 yilda tark etdi. Demichelis o'shanda murabbiylik faoliyatini boshladi: u "Malaga" bosh murabbiyi yordamchisi bo'lib ishladi va "Bavariya" strukturasiga kirdi. Yaqinda Martinning o'zining jonajon "River Pleyt" jamoasini boshqarishi malum bo'ldi.


Markos Roxo (32 yosh)

JCH-2014dan so'ng Maroksning faoliyati yuqoriga qarab ko'tarilgandek bo'ldi. U mundialdan so'ng birdan MYUga 20 mln evro evaziga o'tdi. Ammo, argentinalikning Manchesterdagi ishlari yurishmadi: doim ham asosiy tarkibga kirmadi, muntazam tarzda muvaffaqtli o'ynay olmadi va ko'pincha jarohat oldi. Roxo hozirda "Boka Xuniors"da o'ynamoqda, u so'nggi bor Argentina terma jamoasiga 2019 yilda chaqirilgan.


Pablo Sabaleta (37 yosh)

Bir paytlar dunyoning eng yaxshi o'ng qanot himoyachilaridan biri bo'lgan futbolchi 2020 yilda faoliyatini yakunladi. Sabaletaning so'nggi klubi "Vest Xem" bo'ldi, u London klubiga "Man Siti"dagi to'qqiz yildan so'ng o'tgandi. Sabaleta hozirda televideniyada ekspert va sharhlovchi bo'lib ishlamoqda. Masalan, u hozirda jahon chempionatini Britaniyaning BBC nashri uchun yoritmoqda.


Lukas Bilya (36 yosh)

Bilya JCH-2014 yakunida turnirni dastlab zaxira vakili sifatida boshlagan bo'lsa ham, asosiy tarkib o'yinchisiga aylandi. Lukas JCH-2018ga ham bordi, ammo mundialdan so'ng milliy jamoadagi faoliyatini yakunladi. Bilya hozirda 36 yoshda va "Istanbul Bashakshexir" sharafini himoya qilmoqda. Lukas bunga qadar "Fatix Karagyumryuk" jamoasida o'ynagan.


Xaver Maskerano (38 yosh)

Afsonaviy Xaver Maskerano Bilya kabi JCH-2018dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagan. Bu Franciyadan 1/8 finalda mag'lubiyatga uchrashdan so'ng ro'y berdi. Maskerano ikki yil o'tib futbolchi bilan ham xayrlashdi. Xaver hozirda Argentinaning U-20 o'smirlar termasini boshqarmoqda.


Enco Peres (36 yosh)

"Benfika" va "Valensiya"dagi o'yinlari orqali tanish bo'lgan yarim himoyachi vatanida "River Pleyt" sharafini himoya qilmoqda. JCH-2014ga kelsak, Peres o'sha turnirda uchta o'yinda, aniqrog'i chorak final, yarim final va final bahslarida o'ynagan. Enco 2018 yildan beri Argentina terma jamoasida ortiq o'ynamaydi.


Esekel Lavessi (37 yosh)

Lavessi aqlbovarqilmas iqtidor hisoblangan, ammo uning faoliyati unchalik muvaffaqitli bo'lmadi. Esekel JCH-2014da oltita o'yinda maydonga tushib, bitta gol va bitta assist qayd etdi. Mundialdan 1,5 yil o'tib pul ishlash uchun Xitoyga yo'l oldi. Esekel u erda 2020 yilga butsasini mixga ilguncha o'ynadi. "Pocho" hozirda xayriya ishlari bilan shug'ullanadi.



Lionel Messi (35 yosh)

Messini tanishtirishga hojat yo'q. Leo jahon chempionatini qo'lga kiritishdagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng terma jamoa bilan Kopa Amerikani yuta oldi. JCH-2014dan so'ng Messi uch bor "Oltin to'p"ga ega chiqdi. Ushbu mundialda Messida jahon chempioni bo'lish uchun yana bir imkoniyat yuzaga keldi. Boshqa imkoniyat bo'lmasligi mumkin, sababi Leo keyingi turnirda 39 yoshda bo'ladi.


Gonsalo Iguain (35 yosh)

Iguain finalda gol urish uchun ko'plab imkoniyatlarga ega bo'lgandi. Afsuski, u o'zi va butun Argentina uchun gol urishning uddasidan chiqa olmagandi. Yakunda bu argentinaliklarga sovringa tushdi. Iguain keyinchalik finaldan so'ng hatto faoliyatini yakunlashni xohlaganini tan oldi. SHunga qaramay, Gonsalo futbolda qoldi va "Napoli" va "Yuventus" tarkibida bir necha ajoyib mavsumlarni o'tkazdi. Iguain 2022 yilgi mavsumni MLSning "Inter Mayami" jamoasida o'tkazdi, ammo Gonsalo faoliyatini yakunlash haqida elon qilib bo'ldi. "Endilikda men oilam va do'stlarim bilan hayotdan zavqlanaman. Men erishganlarimdan juda ham faxrlanaman", - deb yozdi Iguain o'zining Instagram sahifasida.


Fernando Gago (36 yosh)

Gago finalda Enco Peresning o'rniga zaxiradan maydonga tushdi. Fernando faoliyatini ancha erta, aniqrog'i 34 yoshda yakunladi. Gago hozirda murabbiy bo'lib ishlamoqda va Argentinaning "Rasing" klubi ustozi hisoblanadi.


Rodrigo Palasio (40 yosh)

Palasio Iguainning o'rnini egalladi va u ham gol urish uchun imkoniyatga ega bo'ldi. Rodrigo hozirda 40 yoshli, u yaqinda faoliyatini yakunladi. Uning so'nggi klubi "Breshia" bo'ldi. Palasio ko'proq "Inter" (169ta o'yin, 58ta gol va 31ta assist)dagi faoliyati orqali tanish.


Serxio Aguero (34 yosh)

Serxio Aguero JCH-2014da doim ham asosiy tarkibga kiritlmadi. U finalda Esekel Lavessining o'rniga maydonga chiqdi. Aguero 2021 yilning yozida "Man Siti"dan ketdi va "Barselona"ga o'tdi, ammo bu uzoqqa cho'zilmadi va bir necha oy o'tib faoliyatini yakunladi. Serxioda sog'lig'i bilan jiddiy muammolar borligi va shu sabab o'ynay olmasligi malum bo'ldi. "Kun" endilikda strimer va bloger. Aguero yaqinda do'sti Leo Messiga "o'yinning eng yaxshi futbolchisi" mukofotini topshirdi.



Bosh murabbiy: Alexandro Sabelya

Argentina terma jamoasini JCH-2014 finaligacha olib chiqqan murabbiy Alexandro Sabelyani ham qayd etish kerak. U turnirdan so'ng o'z joyini tark etdi va boshqa hech kimni boshqarmadi. Sabelya 2020 yilning dekabrida 67 yoshida yurak ishida asoratlarni keltirib chiqargan infekciya tufayli vafot etdi. "Estudiantes" klubi uy stadionining tribunalaridan birini Alexandro sharafiga nomlashdi, u bu jamoada o'ynagan va murabbiy bo'lgan.


Lionel Messidan tashqari faqatgina Anxel Di Mariya Argentina terma jamoasida hozir ham o'ynamoqda. U JCH-2014 finalida zaxirada qoldirildi va maydonga tushmadi.


Nikolay Egorichev tayyorladi

Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика