Jazolangan Obameyyang "Tottenxem"ga qarshi bahsda "Borussiya" tarkibiga qaytadi

Aslanov Jasurbek
18 noya 2017, 17:17
Dortmundning "Borussiya" klubi ijrochi direktori Xans-Yoaxim Vatckening ma'lum qilishicha, jamoadan chetlatilgan hujumchi Per-Emerik Obameyyang "Tottenxem"ga qarshi Chempionlar ligasi bahsida tarkibga qaytadi.

Oldinroq, gabonlik futbolchi "Shtutgart"ga qarshi Bundesliganing 12-tur uchrashuvi (1:2) qaydnomasiga kiritilmagan edi. Klub rahbariyati futbolchi mashg'ulotga kech kelgani uchun uni jazolashga qaror qildi.  Obameyyang 14:00da boshlanishi kerak bo'lgan mashg'ulotga, 14:20da yetib keldi.

"Jamoada hamma uchun teng bo'lgan qoidalar bo'lishi lozim. Qarorni bosh murabbiyi qabul qilishi kerak. Obameyyang avvalgidek yaxshi yigit. U "Tottenxem"ga qarshi bahsda tarkibga qaytadi. Ammo ko'rganingizdek u jamoadagi o'zgacha futbolchi emas, xatto u ham jazolanadi.

Gap futbolchining sotilishi haqida ketmayapti - bu ahmoqlik bo'lardi. Ammo jamoada qoidalar bor. Bu xuddi oiladek. Obameyyang bizning futbolchi va shunday bo'lib qoladi" - deydi Vatcke.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Eurosport.de