So’nggi yangiliklar

13:47Арихиро Сентоку: "ОКМК билан мавсум якунида тарих яратамиз"   0 13:20ОКМК Тошкентда "Пахтакор"ни мағлуб этган учрашувдан галерея  1 13:03"Навбаҳор" футболчиси учун мавсум тугади   1 12:45ЎзФҲМ нимани яширмоқда? Асимов, Норсафаров ва бошқа ҳакамлар қаерда?  3 12:08"Милан" Меньян ва Эрнандес билан шартномаларни узайтириш устида ишламоқда  0 11:40FIFA.COM: "Аббос Файзуллаев кичик бўйли эканига қарамай, ажойиб техник хусусиятларга эга"  11 11:28"Реал" Дэвис трансферига шубҳа қилмаяпти  1 10:42Гвардиола нима учун «Манчестер Сити»да қолишга қарор қилганини тушунтириб берди  9 10:06Ламин Ямаль ва «Барселона» ўртасидаги янги келишув шартлари маълум  2 09:30Goal «Олтин тўп»-2025 соврининг асосий даъвогарини эълон қилди. Виниcиус ҳозирча 4-ўринда  13 08:53«Арсенал» январда учта футболчисини сотиб юбормоқчи  1 08:21Про лига. Бугун Бухорога катта футбол қайтади  7 07:45Суперлига. Чемпионлар Фарғонага сафар қилади. «Қизилқум» эса яна бир водий жамоасини меҳмон қилади  2 01:55Роберт Левандовски: "2020 йил "Олтин тўп" топширилмаганини ҳеч тушунмайман"  8 01:24"FourFourTwo" ЕЧЛ финалларида урилган энг чиройли голлар рейтингини тузди  15

Javohir Sohibov o'tgan davrdagi hayoti, futbolimizdagi ojiz jihatlar, faoliyatidagi eng katta xatosi haqida Yangiliklar

Javohir Sohibov o'tgan davrdagi hayoti, futbolimizdagi ojiz jihatlar, faoliyatidagi eng katta xatosi haqida

Futbolchining azaliy va bosh dushmani - jarohat. Afsuski, u gohida xarakteri kuchli o'yinchilar ustidan ham g'alaba qozonadi.

Yani ayrim iqtidori baland futbolchilar aynan jarohat tufayli erta kunda chetga chiqishga majbur bo'lishadi. Bundaylar soni juda ko'pchilikni tashkil qiladi. Aynan shuning hisobiga biz yildan yilga futbolchilarni yo'qotib bormoqdamiz. Bugungi suhbatdoshimiz Javohir Sohibov ham kelajagi porloq futbolchi sifatida, terma jamoamizda Aziz Haydarovga munosib nomzod o'rnida ko'rilgan edi. Biroq, og'ir jaroxat uni uzoq muddatga yashil maydondan yiroqda bo'lishga majbur qildi. Yaqinda ushbu futbolchi Pro-liga vakili “Turon” bilan shartnoma imzoladi. O'zimizda ham Javohir Sohibovga savollarimiz yig'ilib qolgani bois u bilan suhbat uyushtirishga qaror qildik.

- Bir necha yil ilgari “Paxtakor”da, terma jamoada, olimpiya terma jamoasida etakchilardan biri edingiz. Xatto milliy jamoada juda erta debyut qilgansiz. Imkoniyatlaringiz yuqori chamalangandi. Ammo, so'ngi yillarda nima uchundir faoliyatingizda keskin pasayish kuzatildi...

- To'g'ri, futbolchilik faoliyatim yaxshi boshlangan, aytganingizdek juda yosh bo'lishimga qaramasdan terma jamoada o'ynadim. O'zimni iloji boricha ko'rsatib, murabbiylar ishonchini oqlab, barchasi risoladagidek ketib turgan joyida, afsuski og'ir jaroxatga yo'liqdim. Tizzam va unga tutashgan bo'g'imlar shikastlandi. Birinchi jarrohlik amaliyoti Germaniyada bo'ldi. Biroq, u muvaffaqiyatli chiqmadi. Operaciyadan so'ng yurishni boshladim, mashqlarni boshladim. Og'riq beraverdi, jarohatlangan joy yana qayta bezovta qildi. Umumiy qilib aytganda tuzalmadi. Bir yilni shunga sarfladim. Orada “Paxtakor” bilan shartnomam yakuniga etish arafasida edi. Menga yangi bitm taklif qilishdi. SHaxsan SHota Arveladzeni o'zi men bilan gaplashdi. Menga ishonayotganligini, jamoada qolishimni aytdi. Lekin, yoshlik qilib noto'g'ri qaror chiqardim. Maqsadim xorijga yo'l olish edi, shoshdim. CHetdan takliflar bor edi. Arzimagan narsalarni deb “Paxtakor”dan ketdim. Bu erda yangi rahbariyatning umuman aybi yo'q. Jafar Irismetov ham jamoada qolishimni istadi. Bu mening birinchi xatoim edi.

- Boshqa jamoalardan takliflar bo'ldimi? Odatda jaroxatdagi futbolchiga talab u qadar yuqori bo'lmaydi...

- Yashirmayman Qozog'iston klublaridan qiziqish bo'ldi. “Paxtakor”da o'yin amaliyotisiz qolib ketaman deb o'yladim. Jarohatim afsus tuzalmadi. “Metallurg” jamoasidan taklif bo'ldi, jamoaning yig'iniga borib qo'shildim. Baribir oyog'imdagi og'riqlar tingani yo'q. Bitta uchrashuvda maydonga chiqaman, bir oy dam olaman. Maydonda ham 15-20 daqiqadan ortiq o'ynamadim. Natijada ikkinchi operaciyaga extiyoj sezildi. Germaniyadagi davolanish samara bermadi. Moskvaga borib yana usha joyni qaytadan operaciya qildirdim. Oraliqda 2 yilimni yo'qotdim. SHu bilan “Sug'diyona” jamoasidan taklif tushdi. Sergey Ivanovich Lushan bilan ishladim. Endi tiklanish jarayonini o'tkazayotgan paytimda shaxsiy hayotimda turli voqealar bo'lib ketdi. Oilaviy muammolar yuzaga keldi. To'g'risi, ohirgi bir yil ichida futbol ko'nglimga sig'may qoldi. Onam betob bo'lib qoldilar. Yaqin insoningiz dard bilan kurashayotgan payt hayolingiz faqat ushanda bo'larkan. Olti oyni Jizzaxda qanday o'tkazganimni bilmayman ochig'i. Hayolim onamda edi. O'zim bilan o'zim bo'lib qoldim. Keyin klubda murabbiy o'zgardi. O'ynamaganingizdan so'ng murabbiyga ham yoqmaysiz. U erda tiklanishim yaxshi kechmadi.


- “Lokomotiv”ga ko'chib o'tish kimning qarori bilan bo'ldi?

- Ushbu klub rahbarlariga katta rahmat aytaman. Taklif Samvel Babayan tomonidan ham, Saken Djetibaevich tomonidan ham bo'ldi. Ular menga haqiqiy yordam qo'lini cho'zishdi. Insoniylik jihatdan ham qo'llab-quvvatlashdi. Bu erda ham usha holat kuzatildi. O'y-hayolim onamda bo'ldi. Mashg'ulotlarda ham zavq ololmasdim. Asosiy tarkib bilan mashg'ulotlarda qatnashdim. Yoshlar jamoasida o'ynadim. Sekin, sekin jaroxat ham bitib bordi. Ammo,ruhiyat taraflama qiynaldim. To'g'risi, asosiy tarkibga kirishga munosib harakat qilmadim. Agarda munosib bo'lganimda, astoydil ishlaganimda boshqa gap edi. Uch yilni shu tariqa o'tkazdim. Ruhiy tomonlama tiklanishim qiyin kechdi. Hozir ancha o'zimga kelib qoldim.

Bitta narsani tushunib etdim, qaerga borsam ham o'ynashim kerak ekan. Boshqacha qilib aytsam faoliyatimni va hayotimni yangidan boshlamoqchiman. Yana o'zimni avvalgi darajamga qaytishim lozim. Faoliyatimni pasayishida hech kimni aybdor qilmayman. Menga hech kim “Paxtakor”dan ket demagandi, ozgina bo'shlik qilib qo'ydim va bazi insonlarni gapiga kirdim. Ayrim odamlar meni noto'g'ri tushunyapti. SHu bola sinib ketdi, u yo'lga kirib ketdi, bunday qilyapti, o'yini kimgadir bog'liq degan gaplarni tarqatishdi. To'g'risi, men kimgadir bog'lanib qolgan futbolchi emasman.

- Futbolchining hayoti qiziq va qisqa. Birgina zarba yoki noto'g'ri harakat uni butun umrga futboldan chetlatishi hech gap emas. Sizning holatingizga tushgan o'yinchilar ko'p. Aksariyati hozir yashil maydonda emas. Ibrohim Abdullaev yoshlar terma jamoasining etakchisi bo'lgan. Javlon Mirabdullaev ham iqtidorli himoyachilarimizdan biri edi. Ulardan yoshligida kelgusida ko'p narsa kutilgandi. Lekin, ularning keyingi taqdiri turlicha kechdi. Yildan yilga qanchadan, qancha iqtidorlarni boy bermoqdamiz...

- Bitta narsani aytsam, o'zim boshimdan o'tkazdim. Jaroxat sabab deb o'ylasak, yurtimizda reabilitaciya qiladigan joy yo'q. Operaciyadan keyin shug'ullanadigan mutahassis ham, kuchli reabilitolog ham, hech qanday sharoit yo'q. Futbolchi sifatida o'zimni o'zim davoladim. Mayda narsalarga ham etibor yo'q bizda. Jamoalarda dietolog, fizioterapevt yo'q. Jaroxat olgandan keyin futbolchini o'z holiga tashlab qo'yish holatlari ko'p uchraydi. Germaniyadan qaytganimdan keyin reabilitaciyaga bormadim, rahbariyat o'zgarib ketib qoldi. Tiklanishning 50 foizini reabilitaciya tashkil qiladi. O'sha paytda oldingi O'FA rahbari Umid Ahmadjonov “Paxtakor”da sport direktori lavozimida ishlardi. SHu insonni oldiga uch kun kira olmaganman. Xafa bo'lganman, hafsalam pir bo'lib ketdi. Men asosiy tarkib azosi edim. Kerak bo'lsa olti oylab maoshsiz o'ynaganmiz. Hali SHota Arveladze kelmagandi. SHartnomam yakuniga etay deb qolgandi. Hozirda “Paxtakor” va “Lokomotiv” haqiqiy professional klub sanaladi. SHu klublardagina yuqoridagi sharoitlar mavjud. Qolgan jamoalarda bilmadim. “Nasaf”da bu narsalarga jiddiy etibor berishadi. Masalan Aziz G'aniev xuddi menikiga o'xshash jarohat oldi. Operaciyadan so'ng uch oy Yaponiyada tiklanish mashqlarini bajardi. SHu klub rahbarlariga rahmat aytish darkor. SHuning uchun u yana avvalgi darajasiga qayta oldi.

- Yosh masalasi ham bu erda muhim ahamiyatga egami?

- Agarda yoshni kichraytirish evaziga turli musobaqalarga olib borilgan bo'lsa bunday futbolchilarni yo'q bo'lib ketishi aniq. O'zingizdan besh yoki to'rt yosh kichik bollar bilan o'ynasangiz qanday qilib o'sishga erishasiz? Oddiy mahallada ham kichik bolalar bilan o'ynaganingizda sizni ustunligingiz yaqqol bilinadi. Bu narsa ham tasir qiladi.

- Xo'sh, endilikda Javohir Sohibov yana avvalgi darajasiga qayta oladimi? Bu borada o'zingizda ishonch bormi?

- Ko'z tegmasin bu yil o'zimni ancha yaxshi his qilyapman. Yangi jamoam "Turon" rahbarlari bilan barchasini kelishib, gaplashib oldik. Bilasiz, quyi ligalardagi klublarning ko'pi futbolchilarni aldaydi. CHaqirishga chaqirib, pulini bermasdan yurishadi. Birinchi o'rinda men shunisiga qiziqdim. Ular menga ishonch bildirishligini, o'zimni tezroq tiklab olishimni, jamoaga yordam berishimni aytishdi. Klub ham yildan yilga o'smoqda. Hususan men ham o'sishda davom etishim kerak. Jamoa rasmiylari bironta futbolchini aldagani yo'q. Moliyaviy jihatdan ham muammolar bo'lmagan. O'zim xam hayron qoldim. Masalan Superligadagi jamoalarni aesariyati o'yinchilarni aldaydi. Bu erda esa butkul boshqacha. Prezidentidan tortib, direktorigacha birovni haqqidan qo'rqadigan insonlar. Hali yoshman. Men uchun hali hammasi oldinda deb o'ylayman. O'zimga ishonaman. Agarda jaroxatlar bezovta qilmasa albatta o'zimni yuqori sport formamga kira olaman.


- Keling endi biroz ortga qaytib milliy terma jamoadagi o'yinlaringizni yodga olsak...

- Ilk debyut uchrashuvim Yaman terma jamoasiga qarshi kechgan. Aziz Haydarovni o'rniga maydonga tushganman. To'g'risi hayajon bo'lgan. Server Jeparov va Odil Ahmedov bilan elkama-elka o'ynaganman. Ular bilan bir jamoada o'ynash qolsin, ko'rishishni orzu qilardim. O'sha bolaligimizda ularga maydon tashqarisidan to'plar oberib turardik. Ayniqsa Odil Ahmedovning harakatlariga rosa havas qilardim. Men bilan birga Eldor SHomurodov ham debyut qilgan. Terma jamoa tarkibini yosh ham deb bo'lmasdi. Tajribali futbolchilar yig'ilgan edi. Anzur Ismoilov, Vitaliy Denisov, Aleksandr Geynrix...Ochig'i terma jamoada ham ko'p narsalar o'zgarib ketdi. Orada Ektor Kuper kelib ketdi.

- Qaysidir manoda Samvel Babayan boshqargan davrda hozirgiga qaraganda biroz bo'lsada Osiyo mamlakatlari orasida reytingimiz yaxshiroq edi...

- Endi bevosita o'sha paytlarni yodga oladigan bo'lsak bu murabbiy qo'l ostida ko'proq ehtiyotkor futbol o'ynardik. Ko'proq natija uchun harakat qilardik. Kuchli tavakkal ham qilinmas edi. Har bir o'yinni va bo'lajak raqibni qattiq o'rganib chiqardik. Tarkib ham hozirgidan ancha kuchli edi. U har bir futbolchini va poziciyalarini kerak bo'lsa bir oylab o'rganib chiqardi.

- Lekin, nima uchundir uning boshqaruvidagi jamoada chizmalar va turli taktik ishlanmalar ko'zga tashlanmasdi...

- Samvel Babayanni taktikasida qanot yarim himoyachilari ortga qaytib yordam berishi kerak bo'lardi. Har bir futbolchi o'zining poziciyasidan chiqib ketmasligi, o'zini joyida o'ynashi lozim edi. Oldinda uchta hujumchi o'ynardi. Hujumda ham, himoyada ham teng harakat qilish kerakligini aytardi. Masalan tayanch yarim himoyachilardan faqat o'z ishini qilishi lozim edi. Olimpiya terma jamoasida meni biroz oldinga chiqardi. Boisi mening zonamda Otabek SHukurov to'p tepardi. Agarda xato qilib qo'ysam jazo qattiq edi. Bir yarim oy maydonga tushurmasdi.


- Bir tomondan olib qarasak jamoaga murabbiy boshchilik qilsada, natija va o'yinga aynan u javobgar bo'lsada, futbolchilarning taqdiri, qaysi jamoaga yo'l olishi baribir direktor va menejerlarga bog'liq bo'ladi doim...

- Futboldan tashqari hayot ham bor. Sizga etarlicha sharoitlarni yaratib berishi shuningdek rahbarlarni qo'llab-quvvatlashini siz his qilishingiz kerak. Masalan, boshqa klublardan taklif tushsa aynan menejer yoki direktorlar sizga tavsiya yoki maslahat beradi. Yoki turli qiyinchiliklardan jamoani olib chiqa olishi lozim. Babayan “Paxtakor”da ishlaganida hamma narsaga etibor berardi. Pul bo'lmagan taqdirda ham yuqori sifatli o'yin namoyish etardik. Yilni ohirida baribir pulimizni olardik.

- “Paxtakor”dagi o'yinlaringiz tufayli yoshlar terma jamoamizning etakchisi va sardori bo'lgansiz. Mazkur jamoani taniqli va tajribali mutahassis Ravshan Haydarov ikki yil boshqardi va shu futbolchilar keyinchalik OTJ bilan chempionlik shohsupasiga ko'tarildi. Biroq, siz jaroxat sabab olimpiya terma jamoasida o'ynmadingiz. SHunday bo'lsada murabbiy Ravshan Haydarov haqida fikrlaringiz bilan o'rtoqlashsangiz...

- Darhaqiqat bu inson yomon jamoani shakllantirmadi. Yangi Zellandiyadagi jahon chempionatida qita nomidan munosib ishtirok etdik. Ravshan aka ko'proq erkinlik tarafdori sanalardi. Futbolchilarni o'ynatardi. Kuchli jamoa tuzdilar deb bemalol ayta olaman. Keyinchalik barcha futbolchilar o'z klublarida yo'qolib qolmadi. Doston Tursunov, Rustam Ashurmatov, Xurshid G'iyosov, Otabek SHukurov, Doston Hamdamov, Eldor SHomurodov, Javohir Sidiqov va hokazo. Birinchi turda Gonduras bilan yosh bolalarcha xatolarga yo'l qo'yganmiz. Keyinchalik o'zimizga kelib olib, omad sabab keyingi bosqichga chiqqanmiz. Nimchorak finalda Evropa vakili Avstriya terma jamoasini yutganmiz. CHorak finalda esa Senegal bilan 90 minut tengma-teng o'ynab so'ngi daqiqalarda gol o'takzib mag'lubiyatga uchradik. Bu bahsda Doston Hamdamovni o'rni yaqqol bilingan, u boshqacha o'ynardi.

- Suhbatimizni ayni vaqtda Tailandda o'tkazilayotgan Osiyo chempionati bilan davom ettirsak maqsadga muvofiq bo'lardi. O'zbekiston olimpiya terma jamoasining ortda qolgan o'yinlariga qanday baho bergan bo'lardingiz?

- Guruh bosqichida ehtiyotkor futbol namoyish etishdi. Kirishib ketish qiyin kechdi. O'yindan o'yinga kuchayib borishmoqda. O'zlarini o'yinlarini va darajalarini BAA bilan uchrashuvda ko'rsata olishdi. Diqqatimni tortgan futbolchi Oybek Bozorov bo'ldi. Haqiqatdan ajoyib o'yinar ekan. Deyarli barcha gollarda ishtirok etdi.


- Vadim Abramov va Ro'ziqul Berdievning chaqirilishi ham g'alabaga tasir qilgan ko'rinadi...

- Bu ham katta plyus bo'ldi. Milliy terma jamoani murabbiyi kelgan bo'lsa masuliyat ikki hissa oshadi. Endi bir tomondan aksariyati yosh futbolchilar. Ikki murabbiyni chaqirib zo'r yo'l tutishdi. To'g'ri, 22 yoki 23 yosh emas, bizning sharoitda shunday.

- Hozirgi OTJ azolariga musobaqadan keyin xorij klublaridan taklif bo'lishi tabiiy. Eldor SHomurodov ham deyarli shu yoshda “Rostov”ga yo'l oldi. Hozirgi paytda u mahalliy futbolchilarimizdan ikki bosh ustun. Demak, o'yinchilarni tezroq o'sishi va rivojlanishi uchun chet el klublariga qo'yib yuborish muhim. Bundan terma jamoamiz ham foyda ko'radi. SHu haqida sizning munosabatingiz...

- “Rostov”da dietolog va mutaxassislar ko'p. Eldor ikki yil davomida jamoaga moslashdi. Klub rahbarlari ham uni ketakzishga shoshishmadi. Kuchli futbolchilar bilan qancha ko'p o'ynsangiz shuncha ko'p o'sasiz. Murabbiy ham uni qaerda o'ynatishni topdi. Eldorni qayta kashf qilishdi. O'zining yoshligidagi maqsadi ham shunday edi. CHetga ketishni istardi. Unga arab mamlakatlaridan ham takliflar bo'ldi. U pulni tanlamadi. Bir tomondan O'zbekiston chempionatining saviyasi oldingidek emas. Solishitirib ko'rsa ham bo'ladi. “Bunyodkor” kuchli bo'lgan paytlarda, tarkibida Rivaldo, Vitor, Ramoslar o'ynagan paytlarda, ularga “Paxtakor” jiddiy qarshilik ko'rsatardi. “Neftchi” munosib kurashardi. Raqobat bor edi har holda. 2015 yildan keyin chempionatimiz pasayishni boshladi. Boz ustiga jamoalarimiz juda ham yosharib ketdi. Yoshi katta bo'lgan futbolchilar bo'lgani yaxshi. “Bunyodkor”da Lutfulla To'raev haqiqiy jangchi va etakchi, kerak bo'lsa baqiradi, so'kadi, gapini o'tkazadi. “Nasaf” tarkibi kuchsiz emas aslo, ularga etakchi etishmadi. “Paxtakor”ga raqobatlasha oladigan klub yo'q.

- Kelajakdagi va oldindagi rejalaringiz...

- Superligadagi uchta jamoadan taklif tushdi. Lekin, oldida maqsadi yo'q jamoalar. Kuchli jamoalrga borgim kemay qoldi. O'tgan davrdagi xatolarimdan xulosa chiqardim. Uch yil davomida hayotmda katta o'zgarishlar bo'lib ketdi. Futbolni tashlash niyatim yo'q edi. Moliyaviy tomondan ham qiynaldim. Birinchi operaciyada “Paxtakor” to'liq yordam berdi. “Metallurg”dan ketib “Sug'diyona” bilan shartnoma imzolashimga uch kun qolganida Moskvaga operaciyaga ketdim. Bekobodda ham ko'p maosh olmasdim. Oilamiz ham o'rta hol oila. O'zimni yonimdan davolandim. Hozir aytib o'tib ketsam Sarvar aka degan inson moliyaviy qo'llab-quvvatladi. Bir marotaba noilojlikdan telefon qildim shu odamga. Kim menga do'st, dushman o'zim bilib oldim. Rejalarim tinma ishlash. O'z ustimda tinmay ishlamoqchiman. Bor narsa qaytadi. Jamshid Boltaboev ham 3 yil o'ynamadi. Jamshid Iskanderov qiynaldi, qaytdi baribir.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика