So’nggi yangiliklar

09:28"Пахтакор" ҳимоячиси фаолиятини "Динамо" ёки "Сўғдиёна"да давом эттириши мумкин  0 09:01Абдуқодир Ҳусанов янги мавсумга тайёргарлик кўриш учун "Манчестер Сити" ихтиёрига қайтди  3 08:34"Сурхон" ва "Андижон" ўзаро футболчи алишишди. Шунингдек, "бургутлар" "шерлар"дан футболчи ижарага олади  1 08:05"Шўртан" яна бир собиқ "Олимпик" футболчиси билан шартнома имзолади  0 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси "Пахтакор" билан шартнома имзолади  7 00:48Виктор Гёкерешни яхшигина пулга сотган "Спортинг" 25 млн. еврога Луис Суаресни сотиб олди  4 00:27Равшан Эрматов: "Ўртоқлик ўйинлари ҳақида бир тўхтамга келганимиздан сўнг хабар берамиз"  12 00:10Уче Бриансео Нвадике: "Осиё кубоги саралаш босқичида нималарга қодир эканлигимизни кўрсатамиз"  0 23:44Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Индивидуал совринлар кимларга насиб этди?  1 23:26Тимур Кападзе: "Аргентина ва Уругвай билан ўйин... Бу маълумот ҳақиқатга яқин"  22 23:00"Бавария" Риберининг учинчи ўринбосари учун 75 млн евро сарфлади. Бу сафар натижа қандай бўларкин?  6 22:53Тер Стеген ва "Барселона" ўртасидаги муносабатлар таранглашганми?  1 22:22"Нефтчи" уч нафар футболчи билан шартнома имзолади  2 22:10U-23. Ўзбекистон – Япония 0:2  5 21:55Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Япония U-23 Ўзбекистонни мағлуб этди ва турнир ғолибига айланди  78

Javohir Sidiqov: "Qo'qonda sharoitlar doim yaxshi bo'lgan" Yangiliklar

Javohir Sidiqov: "Qo'qonda sharoitlar doim yaxshi bo'lgan"

Mana hash-pash deguncha Superliga 2018 o'yinlari ham o'z nihoyasiga etdi.

Yakuniga etgan mavsumda “Qo'qon-1912” jamoasida muxlislarning eng yoqimtoy futbolchisi, shubhasiz Javohir Sidiqov bo'ldi. U o'zining yorqin o'yinlari bilan O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Ektor Kuperning ham nazariga tushdi.

Ko'p sonli muxlislarimizning qiziqishlarini inobatga olib, Javohir Sidiqov bilan qisqacha suhbat uyushtirdik.

- Javohir yakunlangan mavsum sizda qanday taassurot qoldirdi?
- Bu yilgi chempionatdan taassurotlarim yaxshi. CHempionatimiz  oldinga qarab siljiyapti deb ayta olaman. CHempionat formati o'zgargani  o'yinlarda shiddatni oshirdi. Format o'zgarishi qaysidir jamoalarga yaxshi  bo'ldi, qaysidir jamoalarga esa qiyinchilik olib keldi. Masalan “Paxtakor” va “Qo'qon-1912” jamoalari 1-bosqichdan so'ng ko'p ochkolarini yo'qotishdi. “Oltin ochko” qoidasi bo'lmaganida bizning jamoa ham mavsumni yuqoriroq o'rinlarda yakunlagan bo'lar edi. Endi bu bahona emas, hammasi yil boshidan belgilab berilgan qoidalar edi. Balkim kelasi mavsumda formatimizda yana o'zgarish bo'lar, “oltin ochko” qoidasini ko'rib chiqishar.

- “Qo'qon-1912” jamoasining ko'rsatgan natijasi jamoaga mos bo'ldimi, yani jamoa o'zi uchun munosib o'rinni egalladimi?
– Albatta biz mavsum boshida ko'zlagan maqsadlarga erisha olmadik. Jamoadagi futbolchilarning salohiyati, jamoadagi ichki muhitning ajoyibligi, yigitlarning bir-birlariga bo'lgan munosabatlarning yaxshiligini hisobga olganda , albatta egallagan o'rnimiz jamoamizga mos bo'lmadi. Qo'qonda yaxshi jamoa shakllangan. Bunday natijaga nima sabab bo'ldi deyishingiz mumkin. Bizga bu yil biroz omad ham  etishmadi, uydagi o'yinlarimizda kutilmagan ochkolarni yo'qotib qo'ydik. Birinchi davrada ko'proq safarda o'ynadik, yomon natijaga erishmagandik. Ikkinchi davrada o'z maydonimizda yanada ko'proq ochko jamg'arishni niyat qilgan edik. Albatta ayb o'zimizda, maydonda harakat qilgan futbolchilarda. Yaxshiyam mavsum so'nggida o'zimizga kelib oldik va kerakli ochkolarni jamg'ardik.



– Qo'qonda yaratilgan sharoitlar sizni qoniqtirmoqdami?
- Mana Qo'qonda uch yil to'p surgan bo'lsam , yaratilgan sharoitlar har doim yaxshi bo'lgan. Yashash joylari, oziq-ovqat va hakozo hammasi joyida. Moliyaviy tomondan ham muammolar bo'lgani yo'q. To'g'ri bazida biroz kechikib olgandirmiz maoshlarni, lekin hech kim hali jamoadan norozi bo'lgani yo'q.

- Bosh murabbiy haqida ham fikrlaringizni eshitsak.
- Bosh murabbiyimiz No'mon aka Hasanov bilan anchadan buyon birga ishlaymiz. Bir so'z bilan aytishim mumkin , o'z ishining ustasi. Mashg'ulotlarga ham , har bir o'yinga ham jiddiy yondoshadilar. Kerak bo'lgan joyida judayam talabchan, qattiqqo'l bo'ladilar. Hamma narsani meyorida olib borishadi. Joyi kelganda futbolchilar bilan hazil-huzul qilib , yigitlarni kayfiyatini ko'tarishni ham biladilar.

- O'zbekiston milliy terma jamoasidan , Osiyo chempionatida qanday natija kutyapsiz?
– Albatta har bitta jamoa , musobaqaga  hech qachon yutqazaman deb bormaydi. Hamma o'z oldiga qandaydir maqsadni qo'yadi. Men o'ylaymanki, bizning jamoamiz ham yuksak maqsadlarni ko'zlab chempionatga boradi. Yangi murabbiy, yangicha o'yin uslubi , hamma narsa yangicha bo'lib, natija ham yaxshi bo'ladi deb umid qilyapman. O'zekiston terma jamoasi futbolchilari ham boshqalardan kam emasliklarini Osiyoga ko'rsatishadi deb o'ylayman.



- Kelgusidagi rejalaringiz qanday?
- Mavsum endi tugadi. Biroz hordiq chiqaryapmiz, lekin hozir ham har kuni malum grafik asosida  mashg'ulot qilib turibman. Terma jamoa yig'iniga taklif oldim. Har bitta futbolchining orzusi , mamalakatning bosh terma jamoasida o'ynash. Mening ham hozir barcha o'y-xayolim terma jamoaning asosiy tarkibiga kirish uchun mashg'ulotlarga qaratilgan. Terma jamoa bosh murabbiyining etiboriga tushish oson emas. Kuper judayam talabchan murabbiy ekan.

Qo'qondan ketamanmi yoki yana jamoada o'ynashni davom ettiramanmi buni vaqt ko'rsatadi. Albatta takliflar bor, lekin nima bo'lganda ham jamoa rahbariyati bilan maslahatlashgan holda ish yuritamiz. Men Qo'qonda futbolchi sifatida tanildim, shakllandim. SHuning uchun bu jamoadan qarzdorman, mabodo boshqa jamoaga ketadigan bo'lsam ham, bu ish klub rahbarlari bilan maslahatlashgan holda amalga oshiriladi. Hozirgi kunda esa bu masalani o'ylab ham ko'rganim yo'q.


Reyting: +16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика