Javohir Sidiqov: "Lokomotiv"dek jamoa darvozasiga uchta gol urish - yoqimli holat"
17 mar 2019 09:02
Yangiliklar
Javohir Sidiqov: "Lokomotiv"dek jamoa darvozasiga uchta gol urish - yoqimli holat"
"Paxtakor" futbolchisi Javohir Sidiqov "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan keyin (3:1) o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bahs derbiga xos bo'ldi. Muxlislarga yoqadigan, shiddatli uchrashuv guvohiga aylandik. Birinchi bo'limda "Lokomotiv" yaxshigina qarshilik ko'rsatdi. Ikkinchi bo'limda ajoyib gollar, hususan Dragan CHeranning mahorati evaziga yaxshi natija ko'rsata oldik.
Uch daqiqa ichida ikkita gol o'tkazib yuborgan "Lokomotiv" biroz tushkun kayfiyatga tushib qoldi. Ammo, ko'rinib turibdi - ular kuchli jamoa. Ana shunday jamoa darvozasiga uchta gol kirita olganimiz yoqimli holat", - dedi Javohir Sidiqov.
Aziz To'xtamurodov yozib oldi
Fikrlar