Javohir Sidiqov - "Lokomotiv" futbolchisi
12 jan 2021 12:32
Yangiliklar


Javohir Sidiqov - "Lokomotiv" futbolchisi
2013 yil BAAda o'tkazilgan U-17 jahon chempionatida porlagan yarim himoyachi "temiryo'lchilar" bilan shartnoma imzoladi.
Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko'rayotgan "Lokomotiv" o'z safini yana bir iqtidorli futbolchi bilan to'ldirib oldi. O'tgan yil "Paxtakor" tarkibida to'p tepgan Javohir Sidiqov ushbu mavsumni "Loko" libosida o'tkazadi.
Malumot uchun, Sidiqovning oliy ligada debyuti 2016 yil ro'y bergan. O'shanda u "Paxtakor" safida ikkita bahsda maydonga tushib, keyinchalik "Qo'qon-1912"ga ijaraga berilgan va 2017-2018 yilgi mavsumlarni ham qo'qonliklar safida o'tkazgandi. Sidiqov o'tgan yil "Paxtakor" safida Superligada 14 bor maydonga tushib, 3ta gol muallifi bo'ldi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq championat.asia sayti bu haqda xabar bergandi
O’xshash yangiliklar

Fikrlar