So’nggi yangiliklar

00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  9 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8 16:11Ўзбекистон терма жамоаси амалдаги Жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  9

Javohir Rasulov: “Neftchi” bir kun kelib yana kuchli bo'lib qaytishiga ishonaman” Yangiliklar

Javohir Rasulov: “Neftchi” bir kun kelib yana kuchli bo'lib qaytishiga ishonaman”

“Neftchi”ning iqtidorli o'yinchisi Javohir Rasulov yaqinda boshidan operaciya jarayonini o'tkazdi.

24 yoshli futbolchi bir necha yil jamoasining asosiy tarkib o'yinchisi sifatida gavdalanib keldi. Hozirda Rasulov operaciyadan so'ng tiklanish jarayonida. Yaqinda “Neftchi”ning tarqalib ketgani haqida gap-so'zlar urchiy boshladi. SHu va boshqa ayrim savollarga javob olish maqsadida Javohirga murojaat qildik.

- Javohir, yangi yilni yaxshi kutib oldizmi? Operaciyadan so'ng ahvollariz yaxshimi?
- Ha, rahmt meni eslaganiz uchun o'z tashakkurimni bildiraman. Yangi 2018 yilni oilam davrasida kutib oldim. Fursatdan foydalanib, yangi yil barcha yurtdoshlarimizni omadli va barokatli kelishini tilab qolaman. Hozirda uydaman. O'tkan oyda Toshkentda oyog'imni operaciya qildirgandim. Xudoga shukur, men uchun barchasi ortda qoldi. Asta-sekin tiklanish jarayonini boshdan o'tkazyapman. SHifokorlarning ko'rsatmalariga binoan engil mashqlarni olib boryapman.

- Og'ir jaroxatga yo'liqishingiz aslida qachon yuz bergandi?
- O'tgan mavsum birinchi davra nihoyasiga etib, tanaffus chog'ida Toshkentdagi yig'in davomida “So'g'diyona”ga qarshi sinov-nazorat o'yinida kutilmaganda, oyog'imning tizza qismidan jaroxat olib, safdan chiqqandim. Malum muddat klubimiz shifokorlari nazoratida bo'ldim. Muolajalar qilindi. Lekin bu bilan hammasi yaxshi bo'lib ketmadi va jaroxat meni keyinchalik ham qiynab keldi. Malakali shifokorlardan maslahat oldim. Baribir operaciya qildirishim zarur bo'lib chiqdi. Hozir hammasi ko'ngildagidek va o'zimni juda yaxshi his qilyapman.  

- Qachon sizni yana yashil maydonda ko'ramiz?
- SHifokorlarning bergan ko'rsatmalari bo'yicha operaciyadan keyin tiklanish jarayonini boshlab yubordim. Hammasi bosqichma-bosqich amalga oshadi. Nasib qilsa 15 yanvardan maydonga chiqib, yugurishni boshlayman.

- Futbolda bazida salbiy xolatlar ham bo'lib turadi. Xususan futbolchi jaroxat olib safdan chiqsa, unga nisbatan etibor keskin pasayib ketadi. Bu achchiq xaqiqat. Afsuski ayrim jamoalarda shu xolatni ko'rish mumkin. Aytingchi, “Neftchi” o'zining asosiy tarkib o'yinchisi jaroxatga yo'liqgach, qo'llab-quvvatladimi?
- To'g'ri aytasiz, bugun maydonda zo'r o'ynab tursangiz, klub rahbariyati boshida ko'tarib yuradi. Lekin ertaga baxtsiz xodisa yuz berib, safdan chiqsangiz, ular bilan salom-aliq ham uzilib qolishi xech gap emas ekan. Ochig'ini aytganda, o'tkan yili birinchi davradan keyin oldimda 2-3ta klublardan jiddiy takliflar bor edi. O'sha paytda bosh murabbiy Vadim Abramov menga ishonchi yuqoriligini bildirib, jamoadan ketishimga ruxsat bermagandi. Keyinchalik jaroxatga yo'liqdim. SHundan so'ng voqealar rivoji afsuski salbiy tomonga keskin o'zgarib ketdi. Oyoqqa turishim uchun o'zim yonimdan muolaja qilib, operaciyasini ham o'z cho'ntagimdan qildirdim. Bu nolish emas. SHunchaki insonga bo'lgan etibor o'zgarib ketgani alam qildi. Xayotda shu kabi xolatlar, kelajak uchun dars bo'larkan. SHu o'rinda farg'onalik muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. Qanchadir “Neftchi” uchun qanchalik darajada o'ynagan ekanman, ishqibozlar bilishib, kun ora telefon orqali xol ahvol so'rab turishgani ham bo'ldi. Bu menga og'ir paytda juda yaxshi qo'shimcha kuch bag'ishladi. Menimcha eng katta yutuq ham muxlislar etibori bo'lsa kerak.

- O'tgan hafta “Neftchi”dek o'z tarixiga ega bo'lgan jamoani tarqalib ketgani haqida gap-so'zlar urchiy boshladi. Jamoa azosi sifatida bunga qanday munosabatdasiz?
- Bu xabarni meni ham internet tarmog'i orqali o'qidim. Albatta, “Neftchi”dek jamoaning butunlay tarqalib ketishini xech kim kutmagan. SHu qatori men ham. Lekin bir kun kelib “Neftchi” baribir kuchli jamoa sifatida yana qaytadi. Men bunga ishonaman. Axir bu jamoa Osiyoda o'z nom qozongan va o'z o'rniga egadir. Afsuski Farg'onaning bosh jamoasi o'z tarixida ilk bor birinchi ligaga tushib ketdi. Bu juda qayg'uli.  

- O'zingizni kelgusi rejalaringiz qanday? Yana jamoada qolib faoliyatingizni davom ettirasizmi yoki muhitni o'zgartirmoqchimisiz?
- Oliy liganing ayrim klublari bilan og'zaki ravishda muzokara o'tkazayotgandik. Jaroxatdan keyin afsuski bu jarayon vaqtinchaga to'xtab turibdi. Bu tabiiy va vaqtinchalik xolat deb bilaman. Hali yoshman va o'z kuchimga ishonaman. Asosiysi operaciya jarayoni ijobiy o'tkazildi. Endi tezroq avvalgi sport formamga kirib olishni o'ylayapman. “Neftchi” bilan amaldagi shartnoman nihoyasiga etdi. Albatta bu yil ham oliy ligada o'ynash bo'lgan ishtiyoqim yuqori. Agarda biror bir jamoa mexnatimga qiziqsa, qo'limdan kelganicha yordam beraman.




Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика