So’nggi yangiliklar

16:00CAFA Nations Cup. Ўмон – Қирғизистон. Таркиблар маълум  2 15:23"Ал Насср" Ал Нассирни сотиб олди  1 14:56"Ноттингем Форест" "Арсенал" футболчисини ижарага олди  0 14:30Ла Лига етакчиларидан бири "Олтин бутса" соҳиби билан шартнома имзолади  0 14:10Расман: Доннарумма – "Манчестер Сити" янги дарвозабони!  2 13:44Хави Бундеслигада иш бошлаши мумкин  0 13:15"Астон Вилла" Виктор Линделёфни сафига қўшиб олди  0 12:48Арне Слот: "Агар "Ливерпуль" – "Арсенал" ўйини шу йўсинда 10 марта ўйналганида, 8 таси дуранг билан якунланган бўларди"  3 12:27Расман: Эдерсон Туркия клубига ўтди  1 12:09Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Шри-Ланкага қарши қандай либосда ҳаракат қилиши маълум  5 11:51ОФК "Насаф" ҳамда "Андижон" учрашувларида ишлайдиган ҳакамлар номини эълон қилди  9 11:38"Челси" ёзда футболчилар сотувидан ҳаммадан кўп пул ишлаб топди  7 11:15Муса "Милан"ни "Аталанта"га алмаштирди  0 10:40Мануэль Аканжи фаолиятини Италияда давом эттиради  0 10:07"Ливерпул"га ўтган Исак нималар деди?  9

Javohir Qahramonov: “Buxoro”dagi birinchi golimni muxlislarimizga bag'ishlayman” Yangiliklar

Javohir Qahramonov: “Buxoro”dagi birinchi golimni muxlislarimizga bag'ishlayman”

Davralar oralig'ida “Buxoro” safiga kelib qo'shilgan Javohir Qahramonov qisqa fursat ichida yangi jamoasi to'liq moslashib ketdi.

Iqtidorli futbolchi mazmunli o'yinlari bilan mahalliy ishqibozlarni ham qalbidan joy oldi deyish mumkin. Ayniqsa Qahramonov yaqinda “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsda haqiqiy qahramonlik ko'rsatdi. Zaxiradan maydonga tushib, “Buxoro”ga g'alaba keltiruvchi gol muallifi bo'lgan Javohir bir qator futbol portallarining tur yakunlari bo'yicha tuzilgan ramziy terma jamoasidan o'rin oldi. Qolaversa 21 yoshli futbolchimiz shu kuni uchrashuvning “Eng yaxshi futbolchisi” deya mehmon jamoa ustozi tomonidan etirof etildi. SHu munosabat bilan bahsdan keyin Javohir Qahramonovdan blic-intervyu oldik.   

- Javohir, avvalo “Buxoro”da boshlangan faoliyatingiz haqida so'ramoqchi edik.  Yangi muhitga moslashib ketish siz uchun qiyin kechmadi. Fikrimizga qo'shilsangiz kerak?
- Yangi jamoa haqida gapirar ekanman, “Buxoro” men uchun to'g'ri tanlov bo'lganini xursandchilik bilan takidlagan bo'lardim. Sababi jamoada rahbariyati, murabbiylar shtabi hamda futbolchilar juda ham ahil va inoq ekanligini xis qilmoqdaman. Jamoada birdamlik bor. SHu bo'lsa kerak yangi muhitga deyarli qisqa muddat ichida moslashib oldim. Jamoa o'yinchilari bilan tez  chiqishib ketdim. O'z navbatida jamoa ham meni yaxshi qabul qildi. Hech qanday muammo yo'q. Xullas men bu erdagi fikrim ijobiy.

- “Nasaf”ga qarshi bahsda “Buxoro” juda ham muhim bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdi.  Mazkur uchrashuv haqida fikringiz qanday?

- O'zingiz aytib o'tganingizdek, biz kerakli bo'lgan uch ochkoni qo'lga kiritdik. Garchi raqib mammlakatimizning etakchi klublaridan biri bo'lsada, shu kuni biz o'z maydonimizda muxlislarni g'alaba bilan xursand eta oldi. Bunda barchaning hissasi bor. Jamoamiz birinchi bo'limda himoyaviy taktikani tanlagani uchun zahiradan o'yinga tushishim hakida bosh murabbiyimiz o'yindan oldin aytib o'tgandi.  Ikkinchi bo'lim boshida shunday ham bo'ldi. Maydonga chiqishimdan oldin, murabbiylarimiz menga ruhan dalda berishdi. SHuning uchun o'yinga qo'shilib ketishim qiyin bo'lmadi deb o'ylayman. CHunki tarkibdagi o'yinchilarining deyarli barchasi tajribali ekanligi ko'rinib turardi. Yosh va yangi bo'lishimga qaramay ularning menga ishongani  hamda qo'llab-quvvatlagani meni yanada ruxlantirib, qo'shimcha kuch bag'ishladi. Buning uchun jamoadoshlarimga aloxida minnatdorchilik bildiraman.

- Urgan golingiz xususida ham to'xtalib o'tsangiz.

- Gol urgan vaziyatimga kelsak, o'sha vaqtda bosh murabbiyimiz menga yaqin burchakga borishim kerakligini aytdilar. Burchakdan to'p uzatilgan paytida to'p Nasaf ximoyachisiga tegib men tomon havoda kelayotganini ko'rdim. Baxtimga , raqib jamoa ximoyachilari ham yuk edi va nixoyat men vaziyatdan foydalanib bosh bilan darvozaning o'ng tomoniga aniq zarba berdim. Urgan golim bilan “Buxoro”ga g'alaba keltirganimdan xursandman. Ushbu golimni bizni butun uchrashuv mobaynida tinimsiz ravishda ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlab turgan ishqibozlarimizga bag'ishlayman. 



- “Buxoro” muxlislariga tilaklaringiz.

- Hozircha “Buxoro” safida endigina uchta o'yin o'tkazdim. SHuni ishonch bilan ayta olamanki “Buxoro” muxlislari jamoani juda yuqori suratda va ko'tarinki ruxda qo'llab-quvvatlashar ekan. O'tkazgan o'yinlarimizdan buyon bunga amin bo'lib kelmoqdaman. Bu albatta juda quvonarli xol. SHuning uchun ham “Nasaf”ga qarshi bahsda kiritgan golimni aynan buxorolik muxlislarga bag'ishlayman. Ularga kuch-quvvat tilayman. Keyingi o'yinlarda ham nasib qilsa, g'alabalar bilan ishqibozlarimizni xursand etishga bor kuchni ishga solamiz.

“Buxoro” matbuot xizmati.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика