So’nggi yangiliklar

09:19Мбаппенинг «Боруссия»га қарши учрашувдаги ҳаракатлари 2 баҳога лойиқ кўрилди  1 08:53Месси ХХI асрда ушбу натижага эришган биринчи футболчига айланди  4 08:26Луис Энрике ПСЖнинг EЧЛдан чиқиб кетишига муносабат билдирди  14 08:00ПСЖ — «Боруссия» учрашувининг «man of the match» соҳиби маълум  9 07:32Эрон чемпионати. Остон рамзийдан жой олди, Машариповчи?  3 07:07Аббосбек Файзуллаев РПЛ рамзий терма жамоасидан ўрин олди  5 06:20Чемпионлар лигаси 1/2 финал. ПСЖ - "Боруссия Д" 0:1  2 06:127та гол урилган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  2 01:53ЕЧЛ. "Боруссия" жавоб ўйинида ҳам ПСЖни мағлуб этиб, дастлабки финалчига айланди  92 01:19Месси тарихда голлар ва ассистлар бўйича пента-трикка эришган биринчи футболчига айланди  42 00:54Агуэро бўлажак АПЛ ғолибини тахмин қилди  3 00:25Испаниялик футболчи юрак хуружига учраган мухлис сабабли ўйинни тўхтатишни сўрагани учун майдондан четлатилди  1 00:06БАА Про лигаси. Эркинов 68 дақиқа ўйнаган баҳсда "Ал Ваҳда" ғалаба қозонди  0 23:48"Ланс" ҳимоячиси ўғрилик қурбони бўлди  2 23:31БМТ 25 майни Бутунжаҳон футбол куни деб эълон қилди  3

Javlon Ibrohimov yangi mavsumni qaysi jamoada boshlaydi? (intervyu) Yangiliklar

Javlon Ibrohimov yangi mavsumni qaysi jamoada boshlaydi? (intervyu)

Teglar :  Javlon Ibrohimov
O'tgan mavsum ichki chempionatimizda bir qator futbolchilar ko'rinish berishgani yo'q.

Ulardan biri o'z vaqtida "Bunyodkor"da yorqin o'yinlar ko'rsatgan Javlon Ibrohimovdir. Uning so'nggi jamoasi "Navbahor" bo'lib turibdi. To'g'ri o'tgan mavsum boshida uni Tojikistoning "Istiqlol" jamoasi mashg'ulotlarida ko'rgan edik. Lekin ikki tomon hamkorlikni davom ettirishgani yo'q. Yarim himoyachi biz bilan suhbatda mazkur mavzularga to'xtalib o'tdi.

- "Bunyodkor" bilan o'rtangizdagi mojaro xalqaro sport arbitraj sudiga qadar bordi. Ayni paytda klub bilan muammoni hal qildingizmi?
- Ha. Ushbu masala hal bo'lish arafasida. 15 dekabr kuni onlayn tarzda sud jarayoni bo'lib o'tdi. Endilikda oxirgi qaror chiqishi qoldi. Qachonligi esa nomalum. 

- O'tgan mavsum sizni biror jamoada ko'rganimiz yo'q. Qishda Tojikistonning "Istiqlol" jamoasi yig'inida qatnashdingiz. Biroq jamoada qolganingiz yo'q...
- O'sha pallada maslahat beradigan, oxirgi gapni gapiradigan otam yo'q edilar. Oilaviy sabablarga ko'ra shunday bo'lib qoldi. Otamning vafotlaridan so'ng onam xorij jamoalariga borishimga ruhsat bermadilar. "Istiqlol" jamoasiga ko'rik uchun bormaganman. Antaliyaga kelishimni so'rashdi. SHartnomaga qo'l qo'yish uchun bordim. U erga borganimdan so'ng boshqacha gap-so'zlar bo'ldi.  Yakunda kelisha olmadik. Juda ko'p xorij jamoalaridan kelib tushgan chorlovlarga rad javobini berdim. 

- So'nggi yillarda faoliyatingizdagi pasayish nima bilan bog'liq?
- Murabbiylar muntazam asosiy tarkibga qo'ymasligi va ishonch bildirmasligi bilan bog'liq. 1-2 ta uchrashuvda 90 daqiqa o'ynayman, keyin 3ta o'yin zaxirada o'tiraman. Barqaror to'p tepa olmadim. 

- Bu yil sizni qaysi jamoada ko'rishimiz mumkin?
- Nasib qilgan jamoada o'ynayman. Hozir variantlarni ko'rib chiqyapman 

- CHetdan kuzatgan inson sifatida o'tgan mavsumdagi chempionatimiz haqida fikringiz qanday?
- "Paxtakor"ning chempion bo'lishi aniq edi. Menga "So'g'diyona" va "Qizilqum" jamoalarining o'zgargani yoqdi. Albatta hozirgi kunda "Nasaf" moliyaviy tomondan yaxshi bo'lmasada, yaxshi natijalarga erisha oldi. 

- "Bunyodkor"dan keyin qaysi jamoaga o'tish xato qaror edi?
- "Bunyodkor"da 2018 yil juda yaxshi mavsum o'tkazdim. Ko'p jamoalardan takliflar bo'ldi. Legioner bo'lishimni otam istagandilar. Ularning orzulari edi. Ushbu qarorimni xato, deb o'ylamayman.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика