So’nggi yangiliklar

07:25Мессининг голи ҳам “Интер Майами“га йирик мағлубиятдан қутилиб қолишга ёрдам бермади  0 01:59ЛаЛига. "Атлетико" Сорлотнинг 23 дақиқадаги покери эвазига йирик ғалаба қайд этди  1 01:18Муҳаммад Салоҳ: "Буни ҳеч ким кутмаганди"  4 00:44Камолиддин Тожиев: "Морейра штабида ишлашим керак бўлганди"  14 00:09Илёс Зейтуллаев: "Қаршида "Насаф"дан очко олиш кўп нарсаларни англатади"  2 23:57Улуғбек Бакаев: "6:0 ҳисобида мағлуб бўлиш жуда оғриқли"  12 23:38Бундеслига. "Бавария" ўз майдонида ишончли ғалабага эришди, Мюллер "Альянц Арена" билан хайрлашди  3 23:18Рўзиқул Бердиев: "Насаф" ҳозир шу даражага етди-ки, дуранг ҳам ранжитяпти"  27 23:05Суперлига. ОКМКда камбек, "Пахтакор" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Насаф" эса сўнгги дақиқаларда ғалабани қўлдан бой берди  0 22:58А Серия. "Ювентус" Римда 90+6-дақиқада ғалабани қўлдан чиқарди  18 22:40"Барселона" вингери: "Флик жамоани қандай қилиб бирлаштириш ва салоҳиятимизни очишни билади"  5 22:11Суперлига. Бир неча етакчисиз майдонга тушган "Пахтакор" "Бухоро"ни тор-мор этди  69 21:43Баҳром Ҳайдаров: "30 сонияда барчаси ўзгариб кетди"  2 21:26Миржалол Қосимов: "Иродали ғалабаларнинг сири йўқ"  14 21:03АПЛ. "Манчестер Сити" энг сўнгги ўриндаги жамоани мағлуб қила олмади  24

Iborohimhalil Yo'ldoshev: "Qayrat" jamoasi meni iliq kutib oldi va jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit" Yangiliklar

Iborohimhalil Yo'ldoshev: "Qayrat" jamoasi meni iliq kutib oldi va jamoaga yaxshi kirishib ketdim. Koreya va Yaponiya terma jamoalari Osiyo kubogida favorit"

O'zbekiston olimpiya terma jamoasi va "Qayrat" klubi futbolchisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev saytimizga intervyu berdi

- O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo kubogidagi yurishini boshladi. Ushbu musobaqa va dastlabki raqib haqida gapirib o'tsangiz?

- Olimpiyachilar o'rtasidagi Osiyo kubogi har doim juda qiziqarli va kurashlarga boy bo'lgan musobaqa. O'zbekiston ham ushbu musobaqa ancha muffavaqiyatli tarzda qatnashib kelgan. Oltin va kumush medallirini qo'lga kiritganmiz. Kechagi uchrashuv haqida gapiradigan bo'lsam, Malayziyaga qarshi biroz qiynaldik. O'zi birinchi uchrashuvlar har doim qiyin va masulyatli bo'ladi. Malayzi terma jamoasi ham ancha yaxshi jamoa ekanligini isbotladi. Ular to'pni yaxshi nazorat qilishdi. Biz bundan ham yaxshiroq o'ynay olamiz. Keyingi uchrashuvlarda buni isbotlashimiz kerak.

- Olimpiya terma jamoalari orasida qaysi jamoani kuchli deya etirof eta olasiz va qaysi jamoa vakillarini musobaqa favoriti deya ko'rsata olasiz?

- Mening fikrimcha, Yaponiya va Janubiy Koreya terma jamoalari musobaqa favoriti va Osiyo mintaqasida eng kuchlilardan biri. O'zbekiston terma jamoasi ham favorit deya olaman. O'tgan yili o'tkazilgan Osiyo o'yinlarida aynan shu uch terma jamoa medallarni qo'lga kiritgandi. Musobaqa endi boshlandi, birinchi turning o'zidayoq qaysidir terma jamoani yaqqol favorit sifatida ko'rsatish qiyin.

- Yangi mavsumda jamoangiz o'zgartirdingiz va Qozog'istonning eng kuchli jamoalaridan biri "Qayrat" klubida o'ynamoqdasiz. Yangi jamoangizga ko'nikish jarayoni qanday kechmoqda? "Qayrat" jamoasining maqsad va rejalari qanday. "Qayrat" hozirgi kunda Qozog'iston milliy chempionatida peshqadamlik qilmoqda va hali mag'lubiyatga uchragani yo'q?

- Jamoaga yaxshi qo'shildim deb o'ylayman. Jamoa o'zimga juda yoqdi. Jamoadoshlarim ham iliq kutib olishdi. Bosh murabbiyga ham minnatdorchilik bildiraman, sababi u menga ishondi va ko'p imkoniyat bermoqda. Eski jamoamda so'ngi olti oy davomida o'yin amaliyotiga ega bo'lgamaganimga qaramay barcha uchrashuvlarda asosiy tarkibda o'ynayapman. Qozog'iston chempionati ham etarlicha kuchli ekan. "Ordabasi", "Astana", "Qayrat" va "Aktobe" kabi jamoalar mahalliy chempionatning eng kuchli klublari hisoblanishadi.

- Qozog'iston chempionati eng qizigan pallasiga kirmoqda, ammo shunga qaramay siz klubingizdan ruxsat oldingiz va olimpiya terma jamoasi ihtiyoriga etib keldingiz. "Qayrat" jamoasidan ruxsat olish qanchalik qiyin bo'ldi?

- Klubimdan ruxsat olish juda qiyin. Osiyo kubogi FIFA kunlarida o'tkazilmayotgani sabab, muammolarga duch keldik. "Qayrat" meni qo'yib yuborish niyatida emas ekanligini oldindan aytdi. Lekin O'FA ikki-uch marotaba muzokara o'tkazdi va rad javobini oldi. Biroq O'zbekiston futbol associaciyasi oxirigacha harakat qildi va yakunda kelishuvga erishildi. SHu sabab terma jamoa ihtiyoriga kelib qo'shildi. Asosiy tarkibda o'ynayotganim tufayli bosh murabbiy ham Osiyo kubogiga borishimga qarshi edi, ammo O'FA kelishuvga erisha oldi.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика