Ibrohimhalil Yo'ldoshev: Osiyo kubogiga kelishim juda qiyin bo'ldi
19 apr 09:26
Yangiliklar
Ibrohimhalil Yo'ldoshev: Osiyo kubogiga kelishim juda qiyin bo'ldi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi azosi Ibrohimhalil Yo'ldoshev Osiyo kubogi va jamoasidan kelib qo'shilishi haqida fikr bildirdi.
"Ushbu chempionatda doim kuchli jamoalar harakat qilgan. O'zbekiston ham ushbu musobaqada yaxshi ishtirok etib kelgan.
Kechagi o'yinga kelsak, o'zi har doim birinchi o'yin qiyin bo'ladi. Malayziya ham yaxshi jamoa ekan. To'pni nazorat qilishda ancha ishonchli o'ynashga intilishdi. Osiyo kubogiga kelishim juda qiyin bo'ldi. Sababi klubim meni qo'yib yuborishni istamadi. O'FAdan 2-3 marta xat jo'natildi, biroq ular rad javobini berishdi. «Qayrat» meni 20 apreldan so'ng qo'yib yuborishni istadi, biroq O'FAning harakatlari evaziga men jamoaga 14 aprel kuni kelib qo'shildim.
U erda asosiy tarkibda o'ynaganim sababli, ular meni qo'yib yuborishlari juda qiyin edi".
Fikrlar