So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  3 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  18 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

Javlon Anorov: “Portugaliyani mag'lub etish qo'limizdan keladi” Yangiliklar

Javlon Anorov: “Portugaliyani mag'lub etish qo'limizdan keladi”

Teglar :  Javlon AnorovFutzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi ilk bor jahon chempionatida ishtirok etmoqda.

Vakillarimiz Kolumbiyada bo'lib o'tayotgan mundialda Panama, Kolumbiya va Portugaliya terma jamoalari bilan bir guruhdan joy olishgan. O'zbekiston terma jamoasi ilk tarixiy uchrashuvda Panama terma jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berib qo'ydi. Guruhdagi ikkinchi o'yinda terma jamoamiz mezbon Kolumbiya termasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu o'yinda mezbon jamoa bir amallab mag'lubiyatdan qutilib qoldi. O'zbekiston milliy terma jamoasi guruhdagi 3-tur uchrashuvini Portugaliya terma jamoasiga qarshi o'tkazadi. Ushbu uchrashuv oldidan terma jamoamiz azosi Javlon Anorov bilan bog'lanib undan O'zbekiston terma jamoasini mundialdagi ishtiroki va o'yinlari haqida intervyu oldik.

-  Panama terma jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda mag'lubiyatga uchradinglar. Ushbu mag'lubiyat kuchli hayajon tufayli bo'ldi deya olasizmi?
-  Panama bilan bo'lgan uchrashuvda biz birinchi raqam ostida o'ynamoqchi edik. O'sha o'yinda bizga biroz omad etishmadi deb o'ylayman. O'zimizning qo'pol xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. Biz Panama terma jamoasidan ustun keldik, lekin ular bizni xatolarimizdan to'g'ri foydalanib darvozamizni ishg'ol qilishdi va g'alaba qozonishdi. Albatta, bunday o'yinlarda xayajon bo'ladi, chunki biz ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etayotgan edik. O'sha xayajon tufayli yaratilgan vaziyatlarni golga aylantira olmadik. O'zimizni qo'lga olgunimizcha kech bo'lgandi. Biz o'sha o'yinda qo'pol xatolarimiz tufayli mag'lubiyat alamini totib ko'rdik.

-  Lekin mezbon jamoa Kolumbiyaga qarshi uchrashuvda ilk o'yindagi xayajondan asar ham yo'q edi...
-  Kolumbiyaga qarshi o'yinda bizda xayajon bo'lmadi. Sababi, jamoadoshlarim bilan atrof muhitni his qilib turdik va barcha narsaga ko'nikib qolgandik. Muxlislar Kolumbiya terma jamoasini juda ham kuchli qo'llab-quvvatlashdi. SHu tomondan biroz bosim bo'lgan bo'lishi mumkin. O'sha o'yindagi hissiyotni va maydondagi muhitni so'z bilan ifodalay olmasam kerak. O'sha o'yinda raqib muxlislar orasida turib bizni qo'llab-quvvatlab turuvchi ko'plab jonkuyar muxlislarimiz etishmadi. Muxlislarimizni qadri juda ham bilindi. Bunga mundial yo'llanmasini qo'lga kiritganimizda amin bo'lganman. Bizga ularni baqirib qo'llab-quvvatlab turishlari etishmadi deb o'ylayman. Nima bo'lsa ham minglab raqib muxlislari orasida bizni 3, 4 nafar muxlislarimiz qo'llab-quvvatlab turishdi. Ularni ovozlarini ham eshitib turdik. Buning uchun ularga ham katta rahmat aytaman.

-  Lekin Kolumbiyada bo'lmasa ham sizlarni butun O'zbekiston qo'llab-quvvatlab turdi...
-  Albatta, ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarimiz bizga o'z omadlarini tilashdi. Har bir o'yinimizni qoldirmasdan tomosha qilishlarini aytishdi. Biz bundan juda ham mamnunmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda “Biz siz bilan O'zbekiston” deb yozib qoldirgan izohlarini o'qib turibmiz. Nasib qilsa ushbu mundialda muxlislarimiz ishonchini oqlashga harakat qilamiz va guruhdan chiqamiz.

-  Kolumbiya terma jamoasi bilan bo'lgan o'yinda g'alaba qozonishinglar uchun 13 soniya etishmadi. So'nggi daqiqada o'tkazib yuborilgan gollar haqida nima deya olasiz?
-  Kolumbiya terma jamoasiga qarshi juda ham og'ir o'yin bo'ldi. CHunki, Kolumbiya o'z uyida, o'zini muxlislari ko'z o'ngida bahs olib bordi. Ular mag'lubiyatdan qutilib qolishiga muxlislarining ham hissasi bor deb o'ylayman. Ushbu o'yin uchun avvalambor jamoadoshlarimga katta rahmat aytaman. CHunki, har bir futzalchi o'z ishini alo darajada bajardi. Rustam Umarov ham ko'p vaziyatlarda jonimizga oro kirdi. O'tkazib yuborilgan gollarda bir yoki ikki kishini aybdor deya olmayman. Sababi, futzalda 5 o'yinchi maydonda harakat qiladi. Ushbu o'yinda har bir futzalchi o'ziga biriktirilgan raqibini o'zidan oldinga o'tkazib yubormasligi kerak.


-  Kolumbiya terma jamoasi haqida qanday fikrdasiz?
-  Kolumbiya terma jamoasi texnika va taktika tomondan juda ham kuchli ekan. Ular bekorga avvalgi Jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni olishmagan. Ushbu terma jamoani dunyodagi eng kuchli to'rt terma jamoadan biri deya olaman. Biz ushbu terma jamoaga munosib qarshilik ko'rsatdik deb o'ylayman.

-  O'sha o'yinda hakam ko'p vaziyatlarda Rustam Umarov qo'riqlayotgan darvoza tomon jarima zarbasi belgiladi. O'sha uchrashuvni boshqargan bosh hakam to'g'risida nima deya olasiz?
-  Hakamlar mundial mezbonlariga o'sha o'yinda biroz yon bosgan bo'lishi mumkin. Lekin, qo'ldan chiqarilgan tayyor g'alabada hakamlarni ayblamagan bo'lar edim. Sababi, o'zimizni xatolarimiz tufayli so'nggi daqiqalarda o'z darvozamizdan 2 ta to'p o'tkazib yubordik.

-  Kolumbiya terma jamoasini qanchalik o'rganib chiqqandinglar?
-  O'yindan oldin Kolumbiya terma jamoasini mukammal bo'lmasada keraklicha o'rganib chiqqandik. Ularni o'yinlari yozilgan video lavhani ham ko'rib chiqqandik. Bosh murabbiyimiz Xose Mariya Mendez qo'lidan kelgancha ular haqida malumotlar topib bizga ko'rsatdi va qaerda qanday o'ynash kerakligimiz haqida o'rgatdi.

-  Portugaliya terma jamoasi bilan 3 marotaba nazorat uchrashuvi o'tkazgansizlar. Ularni o'yin uslubini mukammal darajada o'rganib oldinglarmi?
-  Portugaliya terma jamoasi ham Evropada juda kuchli hisoblanadi. To'g'ri, ular bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazganmiz. Lekin, nazorat o'yini boshqa rasmiy o'yin boshqa. O'z kuchimizga ishonsak ushbu terma jamoa bilan ham o'ynasa bo'ladi. Kolumbiya terma jamoasi bilan bo'lgan uchrashuvda butun o'yin davomida biz ustunlik qildik. Ular bilan durang o'ynadikmi, demak Portugaliya terma jamoasi bilan ham bemalol bahslashsak bo'ladi. Xattoki, g'alaba qozonish ham qo'limizdan keladi. Faqat buning uchun o'zimiz ishonishimiz kerak.


-  Mendez jurnalistlarga intervyu berganida “shogirdlarim o'z o'yinini 150 foiz ko'rsata olsa istalgan raqibni mag'lub etamiz” degandi. Ushbu fikrga nima deysiz?
-  Mendez bizni bosh murabbiyimiz, ustozimiz. U bizni g'alaba qozonishimizga ishongan bo'lsa, demak istalgan raqibni mag'lub eta olamiz. Biz tayyormizmi yoki yo'q, u hammasini chetdan ko'rib turadi.

-  Kolumbiyaga qarshi uchrashuvdan so'ng Mendez sizlarga nimalar dedi?
-  “Bugungi o'yinimiz yaxshi bo'ldi, barcha gollarni o'zimiz raqiblarga sovg'a qildik. Hech ham xafa bo'lmanglar, sizlar Jahon chempionatida to'rtinchi o'rinni egallagan terma jamoa bilan o'ynadinglar va g'alaba qozonish qo'linglardan kelardi. Sizlar har bir jamoaga muammo keltira olasizlar”, dedi. Afsuski tayyor g'alabani qo'ldan boy berdik.

-  Muxlislarga tilaklaringiz.
-  Muxlislarimizga o'zimizning eng yaxshi tilaklarimizni bildirib qolaman. Ular bizni og'ir kunimizda ham yaxshi kunimizda ham qo'ldan kelgancha qo'llab-quvvatlashadi. Ularga katta rahmat aytaman. Muxlislarimiz bizni qo'llashda davom etsin. Biz ham ularni g'alabalarimiz bilan xursand qilamiz.


Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика