So’nggi yangiliklar

20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  0 19:39Роналдо: "Анчелотти – ажойиб мураббий. У барчасини изига солади"  8 19:14"Олтин тўп-2025" тақдирлаш маросимининг санаси ва жойи эълон қилинди  29 18:54Суперлига. ОКМК – "Нефтчи" 1:0 (матнли трансляция)  33 18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  5 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  11 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  15 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  3 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  7 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  2

Javlon Anorov: “Mundialga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz” Yangiliklar

Javlon Anorov: “Mundialga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz”

Kuni kecha futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda Ozarboyjon bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu bahsda tomonlar murosa yo'lini tanlashdi (3:3). SHiddatli kechgan o'yindan so'ng terma jamoamiz futzalchisi Javlon Anorovni suhbatga tortdik.

“Ozarboyjon futzal terma jamoasiga qarshi o'tgan o'rtoqlik uchrashuvi juda ham og'ir kechdi. Ushbu nazorat o'yinida yosh futzalchilarni qay holatda ekanini ko'rib oldik. Jahon chempionatiga jiddiy tarzda tayyorgarlik ko'ryapmiz. Ularning tarkibiga etibor bermasdan o'z o'yinimizni namoyish etib (3:3) durang natija qayd etdik. Javob uchrashuvida g'alaba qozonamiz deb o'ylayman.

Mundialga tayyorgarlik ayni qizg'in pallaga kelgan. 5 kun kuniga ikki mahaldan mashg'ulotlar o'tkazyapmiz. SHanba va yakshanba kunlari murabbiyimiz bizga dam beryapti. 26 avgustda Eron davlatiga uchib ketamiz, u erda Eron terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushamiz. SHundan so'ng Portugaliya, Ispaniya terma jamoalariga qarshi nazorat bahslarini o'tkazish rejalashtirib qo'yilgan. Portugaliya bilan avval to'qnash kelganmiz. Lekin 4 yil oldingi tarkib bilan hozirgi tarkibni solishtiradigan bo'lsak ularda ham katta o'zgarishlar bo'lgan. Jahonning eng yaxshi futzalchisi Rikardino ham Portugaliyada (kuladi). Ushbu uchrashuvda uni qanday mahorat sohibi ekanligini ko'rib olamiz”, - deydi O'zbekiston terma jamoasi azosi Javlon Anorov.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика