Jasurbek Ermamatov: “SHo'rtan”ga qarshi bahsda bizga g'alaba zarur edi”
23 may 2019 16:36
Yangiliklar


Jasurbek Ermamatov: “SHo'rtan”ga qarshi bahsda bizga g'alaba zarur edi”
A Pro-Liga 7-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “SHo'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Jasurbek Ermamatov saytimizga intervyu berdi.
"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Bilasizlar “SHo'rtan” jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. SHu bois bugungi uchrashuvga o'zgacha ruhda tayyorgarlik ko'rdik, 3 ta turdan beri durang natija qayd etayotgandik, “SHo'rtan”ga qarshi bahsda g'alaba bizga juda zarur edi.
Jamoamizda raqobat juda kuchli, faqat kuchli o'yin namoyish etgan futbolchi asosiy tarkibga kira oladi. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushdim. Dastlabki daqiqalardayoq gol kiritib, jamoamiz g'alabasiga hissamni qo'shganimdan xursandman. Navbatdagi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Ermamatov.
Bekzod Tolibov yozib oldi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar