Jasurbek Ermamatov: “Sho'rtan”ga qarshi bahsda bizga g'alaba zarur edi”

Narzulla Saydullayev
23 may 2019, 16:36
A Pro-Liga 7-turidan o'rin olgan “Istiqlol” - “Sho'rtan” (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Jasurbek Ermamatov saytimizga intervyu berdi.

"O'yin qiyin bo'lishini bilardik. Bilasizlar “Sho'rtan” jamoasi turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Shu bois bugungi uchrashuvga o'zgacha ruhda tayyorgarlik ko'rdik, 3 ta turdan beri durang natija qayd etayotgandik, “Sho'rtan”ga qarshi bahsda g'alaba bizga juda zarur edi.

Jamoamizda raqobat juda kuchli, faqat kuchli o'yin namoyish etgan futbolchi asosiy tarkibga kira oladi. Bugun asosiy tarkibda maydonga tushdim. Dastlabki daqiqalardayoq gol kiritib, jamoamiz g'alabasiga hissamni qo'shganimdan xursandman. Navbatdagi uchrashuvlarda ham g'alaba qozonib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz degan umiddaman", - deydi Ermamatov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia