So’nggi yangiliklar

22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  0 21:48Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  5 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1 21:00"Реал" 70 млн евролик хавбекка кўз тикди  1 20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  2 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  10 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  3 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  8 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  14 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  19 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  6

Jasur Jaloliddinov: "Islom Qobilovga gol urishga va golni uning farzandiga bag'ishlashga vada bergandim" Yangiliklar

Jasur Jaloliddinov: "Islom Qobilovga gol urishga va golni uning farzandiga bag'ishlashga vada bergandim"

"Lokomotiv" yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov "Mashal"ga qarshi bahsdan keyin o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Qiziq va qiyin o'yin bo'ldi. Birinchi bo'lib gol o'tkazib yuborganimiz uchun tavakkal qildik. Himoyaga kamroq etibor bergan holda hujumni o'yladik. Menimcha bu o'z samarasini berdi. O'ylashimcha, xarakter ko'rsata oldik.

- "Lokomotiv"dagi debyut golingizni urdingiz. Raqiblardan bunchalik oson o'tib ketishingizni sezganmidingiz?

- Debyut golimni urganimdan xursandman. Hisobda ortda borayotgan paytimizda raqiblar himoyada zich o'ynay boshlashdi, deyarli 7-8 futbolchi bo'lib himoyalanishdi. SHu sababli aldovchi harakatlarga etibor berish kerak edi. Gol urgan vaziyatda eng to'g'ri qaror deb shuni bildim. Asosiysi - o'ylagan ishim amalga oshdi. Jamoaning g'alabasida o'zimning hissamni qo'shganimdan xursandman.

- Golingizni Islom Qobilovning kechagina tug'ilgan o'g'il farzandiga bag'ishladingiz. Buni o'yin oldidan barcha futbolchilar bilan birga kelishib olganmidingiz?

- Yo'q, unday bo'lmagandi. Islom Qobilov bilan birga "Bunyodkor" akademiyasida birga katta bo'ldik, bir jamoa tarkibida o'ynadik. U bilan munosabatlarim alo darajada. SHu sababli o'yin oldidan Islomga gol urishga va golni uning farzandiga bag'ishlashga so'z bergandim.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика