So’nggi yangiliklar

18:45"Манчестер Сити" ёзда МЮ қизиққан дарвозабонни сотиб олмоқчи  0 18:17Гвардиола Абдуқодир Ҳусановни мақтади  9 17:48"Милан" ЕЧЛга чиқа олмаса, етакчилар клубни тарк этади   1 16:58Расман: Френсис Нарх ва Достонбек Турсунов "Хоразм" сафига қўшилди!  4 16:33"ЦСКАнинг янги базаси — Европа стандартлари аналоги"  1 16:07ЎФА "Навбаҳор"дан трансфер тақиқини олиб ташлади. Клуб қарзларини 29 мартгача ёпмаса ОФК лицензиясини ололмайди  5 15:49"Қизилқум" Грузия клубини йирик ҳисобда таслим қилди  0 15:24БУМ! Кейинги мавсум Лео Месси "Барселона"га қайтади  33 14:55Расман: "Динамо" нигериялик ҳужумчи билан шартнома имзолади!  4 14:49Расман: "Нефтчи" Ўзбекистон терма жамоасида ўйнаган 4 нафар футболчини ПФЛда рўйхатдан ўтказди  17 14:10Интервью. Умар Эшмуродов - "Насаф", чемпионлик, Катанец ва Черан ҳақида  2 13:39Бобур Абдураҳмонов: "Болалар мураббийларини энг кўп қийнаётган муаммо - майдонлар камлиги"  1 13:35ФИФА 2025 йил учун футзал, соҳил футболи, фитнесс ҳамда футбол ҳакамлари техник инструкторлари рўйхатини эълон қилди  0 12:59"Челси" Англия терма жамоаси ҳимоячисини сотиб олмоқчи  3 12:402031 йилги Осиё кубоги мезбонлигига яна қайси мамлакатлар даъвогар?  12

Jasur Hakimov: "Xatolarimni angladim" Yangiliklar

Jasur Hakimov: "Xatolarimni angladim"

O'tgan mavsumning 2-qismini "Bunyodkor"da o'tkazib, jamoaning hujumdagi etakchisiga aylangan Jasur Hakimov bilan suhbatlashdik.

"Qaldirg'ochlar" uchun oxirgi hafta oson o'tmadi. SHu sabab dastlabki savolimiz rahbariyat va murabbiylar shtabidagi o'zgarishning futbolchilarga tasiri haqida bo'ldi.

"Abu-Dabidamiz. Yig'in yaxshi o'tyapti. Hech kim tushkunlikka tushib qolgani yo'q. Istefolar futbolning bir qismi. Murabbiylar, rahbarlar har doim almashib turadi. Bu futbolchilarga taalluqli narsa emas, hammasini rahbariyat hal qiladi. Bizning vazifamiz shuki, "Bunyodkor" bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq ishlashda davom etishimiz kerak. Barcha buni to'g'ri tushundi", — deydi 28 yoshli hujumchi.

— Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi o'rtoqlik o'yinida "Bunyodkor"ning yangi azosi gol urdi. Igor Ivanovich haqida sizning fikrlaringiz qanday?    

— Mashg'ulotlarda texnikasi kuchli, yaxshi darajadagi futbolchi ekani ko'rinib turibdi. Harakatlaridan CHernogoriya terma jamoasiga bekorga jalb qilinmasligini ko'rish mumkin. Hozir jismoniy holati unchalik yaxshi emas. O'yindan o'yinga kuchayib borsa, "Bunyodkor"ga ancha foyda keltirishiga ishonaman.

— O'tgan yil avvalida faoliyatingizda pasayish yuz berdi. Mavsumni birinchi ligadagi farm-klubda boshladingiz. O'sha paytda keyinchalik "Bunyodkor"ning asosiy tarkibiga qo'shilishingiz kelishilgan edimi?

— To'g'ri, pasayish haqida bilaman. Hammasini tahlil qilib, boshidan boshlashga qaror qildim. Sport formamni tiklash uchun "Bunyodkor"ning sobiq bosh direktori Ulug'bek Mirzaev bilan maslahatlashgan holda farm-klub tarkibiga qo'shildim. U erda hammasini o'ylab olish, o'zimni taftish qilish uchun etarli vaqt bo'ldi. Yoshim ulg'aygan bo'lsa kerak, xatolarimni angladim. O'zimni koyigan paytlarim bo'ldi. SHukr, bularning barchasi 2-davrada o'z foydasini berdi. Yana katta maydonga qaytdim...

— Qaytishingiz jamoa uchun foydali bo'ldi. Sizning gollaringiz bilan "Paxtakor" va "Navbahor" mag'lub qilindi. "Nasaf" muhim pallada ochko yo'qotishiga ham Jasur Hakimov sababchi bo'ldi. SHunaqa jamoalarga qarshi boshqacha kayfiyatda tayyorlanasizmi?

— Men asosiy tarkibga qo'shilganimda "Bunyodkor" o'ziga munosib bo'lmagan joyni band qilib turgan edi. SHuning uchun raqib tanlashga vaqt yo'q, har bir o'yinda borimizni berishga harakat qildik. Ammo menda kuchli raqiblarga qarshi har doim motivaciya baland bo'lishini ham tan olishim kerak.

— O'tgan mavsumda sizga eng qulay paslarni qaysi futbolchilar uzatib berishdi?

— Assistentlik borasida hozir "Rubin"da o'ynayotgan Umarali Rahmonaliev bilan Fransis Narxni alohida takidlashim mumkin. 

— 2022 yil yakunida "Andijon"dan jiddiy taklif olganingiz haqida bilamiz. Yana variantlar bormidi?

— Ha, xorijdan ham bir nechta takliflar bo'ldi. Lekin saviyasi biznikidan past ligalarni borishni xohlamadim. "Bunyodkor" rahbariyati menga ishonch bildirganidan keyin jamoada qoladigan bo'ldim. O'rtadagi shartnomani 2 yilga uzaytirdik.

— Jasur, suhbat uchun rahmat. 

— Taklif uchun rahmat! Butun futbol ommasiga, muxlislarga omad tilayman. Xudo xohlasa, yangi mavsum oldingilaridan yaxshiroq bo'ladi.

Faxriddin yozib oldi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика