So’nggi yangiliklar

01:23Суҳроб Иззатов: "Бир метрдан очиқ дарвозага ҳам тўп кирмаяпти"  1 00:54Зоир Жўрабоев: "Суперлигада учта гол урганман ва уларнинг барчаси "Бунёдкор" дарвозасидан ўрин олган"  0 00:39Луис Качорри: "Бугун "Бунёдкор" билан ўз майдонимиздаги сўнгги ўйиним бўлиши мумкин"  0 00:17Одил Ҳамробеков биринчи даврада унга энг кўп қийинчилик туғдирган футболчи кимлигини айтди  0 00:09Клублар ўртасидаги ЖЧ-2025. "Фламенго" - "Бавария" баҳсининг асосий таркиблари маълум қилинди  4 23:48Элдор Мойлиев: "Яккакурашларда ютқазсангиз, ҳеч қанақа тактика ёрдам бермайди"  0 23:33Михаил Еремчук: "Ғалаба учун аввало футболчиларга раҳмат"  2 23:30Суперлига. "Бухоро" ва "Бунёдкор"дан камбэк  1 23:14Иван Бошкович: "Ҳеч кимнинг бошини ёрмоқчи эмасман. Биз бундай ҳолатларга тайёр бўлиб боряпмиз"  3 22:56Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ "Интер Майами"га имконият қолдирмади  168 22:45Илёс Зейтуллаев: "Бундай ажойиб ҳиссиётларни фақатгина футбол бера олади. Носир Абдусаломовни ўтган йилдан бери кузатиб келаман"  2 22:15Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Шри-Ланкани 10:0 ҳисобида тор-морт этди. Нилуфар Қудратовадан "покер"  1 21:55Суперлига. "Бухоро" камбек амалга ошириб, "Шўртан"ни мағлуб этди   13 21:18Моуриньюга "Манчестер Сити" ҳимоячиси керак  0 20:56"Бунёдкор" суперкамбэк эвазига "Сўғдиёна"ни мағлуб этди  15

Jasur Hakimov: "Qizilqum"dan "revansh" olganimizdan xursandmiz" Yangiliklar

Jasur Hakimov: "Qizilqum"dan "revansh" olganimizdan xursandmiz"

Jizzaxning "So'g'diyona" klubi ikkinchi davrani o'z maydonida "Qizilqum"ga qarshi bahs bilan boshladi.

Uchrashuvda Davron Fayziev boshchiligidagi jamoa raqibni 4:1 hisobida mag'lub etishga muvaffaq bo'ldi. Biz o'yinda "So'g'diyona"ning uchinchi golini urgan hujumchi Jasur Hakimovning fikrlari bilan qiziqdik.

"Qizilqum" ustidan qozonilgan g'alaba haqida
"Ikkinchi davrani o'z maydonimizdagi yirik g'alaba bilan boshlaganimizdan xursandmiz. Nafaqat futbolchilar balki murabbiy va muxlislar ham g'alabadan mamnun bo'lishdi. Maydonga o'zgacha ishonch bilan tushgandik. Ikkinchi bo'limda urilgan gollar evaziga yirik hisobda zafar quchdik".

"Revansh" haqida
"Maydonga tushishdan oldin Davron Fayziev yigitlarga dalda berayotib dastlabki davradagi yirik mag'lubiyat haqida ham eslatib o'tgandi. G'alaba uchun o'ynadik, murabbiyning gaplari esa shijoatimizni oshirib yubordi. O'ziga xos "revansh" olishga muvaffaq bo'lganimizdan baxtiyormiz".

Yangi stadiondagi muhit haqida
"Jizzaxda yangi stadion qurib bitkazildi. Bu jamoaga juda katta yordam berdi. Sababi Zominda ko'rsatgan o'yinlarimizdan ko'ra Jizzaxda yaxshiroq o'ynayapmiz. Stadiondagi sharoitlar juda ham ajoyib, maydonning sifatida ham maromida. Yangi stadionga minglab muxlislar tashrif buyurishmoqda va bu bizga qo'shimcha kuch bag'ishlmoqda. G'alaba qozonaversak muxlislar bundan ham ko'p bo'lishini bilamiz. Ular kelib quvvatlab turishsa keyingi o'yinlarda ham g'alaba qozonishga borimizni beramiz".



Yangi futbolchilar haqida
"Ikkinchi davradan oldin jamoamizga Aleksandr Kleckov, Izzatbek G'aniev, Qahramon Bahodirov, Xurshid Muxtorov, Islombek Isoqjonov va Doniyor Usmonov kabi futbolchilar qo'shilishdi. Ularning barchasi "So'g'diyona"ga foyda keltirishga urinishmoqda. Masalan, Izzatbek G'aniev ilk o'yindayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi. Aleksandr Kleckov o'z tajribasi bilan himoyadagi muammolarimizni hal qilishga yordam bermoqda. Xudo xohlasa shu o'yinchilar yordamida yaxshi natijalar ko'rsatamiz deb o'ylayman".

"SHo'rtan"ga qarshi bahs haqida
"Navbatdagi turni Jizzaxda "SHo'rtan"ga qarshi o'ynaymiz. Birinchi davrada G'uzorda yirik hisobda mag'lub bo'lgan edi. O'z stadionimizda yana g'alaba uchun maydonga tushamiz. "SHo'rtan" ikkinchi davrani "Neftchi" ustidan yirik g'alaba bilan boshlaganidan xabarimiz bor. SHu bois g'uzorliklarga qarshi bahsga jiddiy tayyorlanish va unga so'nggi bor maydonga tushgandek tushish lozim.

Olimpiya terma jamoasi haqida
Iyul oyida olimpiya terma jamoasi safida yig'inda ishtirok etdim. Yangi murabbiylar shtabi qo'l ostida mashg'ulotlar o'tkazdik, nazorat o'yinlari ham o'tkazildi. Tarkibdagi ko'plab futbolchilarni juda yaxshi taniyman. Jamoada sog'lom raqobat mavjud. Kim kuchli bo'lsa o'sha yig'inlarga chaqiriladi, o'sha maydonga tushadi. Yanvar oyidagi Osiyo chempionatiga borishni barcha istaydi. Qita chempionatiga eng kuchli futbolchilar olib ketiladi. Oliy ligadagi o'yinlarimiz orqali terma jamoaga munosib ekanligimizni ko'rsatishimiz kerak.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика