So’nggi yangiliklar

13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  1 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  0 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  11 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  2 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  1 09:06Сергей Лушан: “Жамоага нима етишмаётганлигини билганимда, энг бахтли инсон бўлардим”  16 08:58Факт. "Сўғдиёна" 14 йилдан сўнг ОКМК дарвозасига 3 тадан кўп гол урди  0 08:41Бугун "Қизилқум" устози Шевченконинг рекордини такрорлайдими?   3 08:33Рубен Аморим: "Биз ўзгардик ва анчагина кучайдик"  5

Jasur Hakimov: "Bu yoshdagi jamoalar o'rtasida katta farq yo'q. O'zbekiston U-17 Jahon chempionatida biz kutgan o'yinni ko'rsatadi" Yangiliklar

Jasur Hakimov: "Bu yoshdagi jamoalar o'rtasida katta farq yo'q. O'zbekiston U-17 Jahon chempionatida biz kutgan o'yinni ko'rsatadi"

2011 yilgi Meksikada bo'lib o'tgan Jahon chempionatida O'zbekiston terma jamoasi safida maydonga tushgan Jasur Hakimov oldindagi kichik mundial haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Har safar Jahon chempionati haqida gap ketganda 2011 yil Meksikadagi mundial ko'z oldimga keladi. O'sha turnirda ko'rsatgan o'yinlarimiz, g'alabalar, meksikalik muxlislarning yaratgan muhiti yodimda qolgan. Bu Jahon chempionati futbolimiz uchun o'sish bo'lgandi. Jahon chempionati futbolimiz tarixida yangi sahifa yaratgan. SHundan so'ng bolalar futboliga etibor oshdi. Akademiyalar, qulay sharoitlar yaratib berildi. 

- Yangi Zelandiya bilan o'yindagi yirik hisobli mag'lubiyat kutilmagan zarba bo'lgandi. Yigitlar tushkun kayfiyatda edi. Bunday pallada murabbiyimiz ortimizda qanchadan-qancha muxlislar turganini, yaqinlarimiz g'alaba qozonishimizni kutib turganini aytgani yodimda. SHundan so'ng g'alabaga bo'lgan ishonch uyg'ondi. Natijada AQSH va CHexiyani mag'lub etib, guruhdan chiqqandik. 

- Bu yoshdagi terma jamoalarimiz har doim yuqori salohiyatga ega bo'lgan. Indoneziyadagi Jahon chempionatida qatnashadigan terma jamoamizning o'yinlarini kuzatganman. Ular ham o'z yoshiga nisbatan yuqori saviyada o'yinlar ko'rsatishdi. Aytganimdek, o'smirlar miqyosidagi terma jamoalar o'rtasida katta farq bo'lmaydi. SHuning uchun, guruhda yigitlar biz kutgan o'yinni ko'rsatishadi. Bo'lajak mundialda ukalarimizga omad tilayman. Eng avvalo o'zlariga ishonishlarini va butun O'zbekiston ular bilan birga ekanligini hamisha yoddan chiqarishmasin. 

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика