So’nggi yangiliklar

19:30"Арсенал" — "Ньюкасл". Таркиблар маълум  0 19:00Суперлига. "Бунёдкор" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  12 18:51РПЛ. "Акрон" Москвада "Динамо" меҳмони бўлмоқда, Эсанов илк дақиқалардан майдонда (онлайн ҳисоб)  1 18:46Хаби Алонсо "Реал" юлдузига чиқиш эшигини кўрсатди  6 18:10ҚПЛ. "Турон" "Қайсар" меҳмони бўлмоқда, меҳмонлар сафида уч ўзбекистонлик ўйинни асосий таркибда бошлади (онлайн ҳисоб)  0 17:45Про лига. Бугун 6-тур ўйинлари бўлиб ўтмоқда.  0 16:27Родриго Лондон клубига ўтиши мумкин  8 15:55Жек Грилиш А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  0 15:22"Наполи" "Арсенал" футболчисига қизиқмоқда  0 14:51Рэшфорд "Барселона"га ўтиш учун маошини пасайтириши мумкин  5 14:22"Милан" "Манчестер Сити"нинг Рейндерс бўйича таклифини рад этди  3 13:58АПЛ клуби ёзги трансферлар ойнасида 180 миллион евро сарфлашга тайёр  1 13:30Ди Мария "Бенфика"ни тарк этмоқчи  1 13:04Де Брюйне фаолиятини АПЛнинг бошқа клубида давом эттиришини истисно қилмади  2 12:38"Реал" футболчиси тез орада фаолиятини якунлашини маълум қилди  6

Jasur Abduraimov: "Osiyo chempionatiga qadar futbolchilarga intervyu berishni taqiqladim" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Osiyo chempionatiga qadar futbolchilarga intervyu berishni taqiqladim"

"CAFA CUP" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston-1 - Turkmaniston uchrashuvidan so'ng o'zbekistonliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu musobaqadagi bosh maqsadimiz Bahrayndagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish. "CAFA CUP" orqali ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazib olamiz. Anchadan buyon chaqirilmagan futbolchilarni ham O'zbekiston-2 safida o'ynatib ko'rdik. Ulardan kimlar talabimizga javob bersa Osiyo chempionatiga borishi mumkin. SHu musobaqa tugagach Osiyo chempionatiga borishi mumkin bo'lgan futbolchilar deyarli aniqlanib bo'ladi. Bahraynga "turist futbolchilar"ni olib ketmayman. Buni ochiqchasiga aytaman. Menga turistlar kerak emas. 20 nafar bo'lsa ham maydonga tushib jonini beradigan, o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar qita chempionatiga boradi.


Oktyabr oyiga qadar tayyorgarlik jarayonida yigitlarning fikri bo'linmasligi lozim. SHu maqsadda men terma jamoa azolariga intervyu berishni taqiqlab qo'yganman. Buni ochiqchasiga aytaman. Sababi bu yoshda futbolchilar yulduzlik kasaliga duchor bo'lishlari hech gap emas. SHu bois Osiyo chempionatiga boraylik, u erda ijobiy natija qayd etaylik, ana undan keyin bemalol futbolchilaru, murabbiylardan intervyu olaveringlar. Hech kim qarshilik qilmaydi.

Agar O'zbekiston-2 va O'zbekiston-1 "CAFA CUP" musobaqsi finalida to'qnash kelib qolsa qaysi jamoani boshqaraman? (kuladi) Agar shunday bo'lsa O'zbekiston-2 jamoasini boshqaraman. Asosiy jamoani esa yordamchilarim boshqarishadi. Sababi "mashqda qiyin bo'lsa, jangda oson bo'ladi", - deydi Jasur Abduraimov.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика