Jasur Abduraimov: "Osiyo chempionatiga qadar futbolchilarga intervyu berishni taqiqladim"

Narzulla Saydullayev
6 avg 2016, 22:25
"CAFA CUP" musobaqasi doirasidagi O'zbekiston-1 - Turkmaniston uchrashuvidan so'ng o'zbekistonliklar bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikrlarini bildirdi.

"Bu musobaqadagi bosh maqsadimiz Bahrayndagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ko'rish. "CAFA CUP" orqali ko'plab futbolchilarni sinovdan o'tkazib olamiz. Anchadan buyon chaqirilmagan futbolchilarni ham O'zbekiston-2 safida o'ynatib ko'rdik. Ulardan kimlar talabimizga javob bersa Osiyo chempionatiga borishi mumkin. Shu musobaqa tugagach Osiyo chempionatiga borishi mumkin bo'lgan futbolchilar deyarli aniqlanib bo'ladi. Bahraynga "turist futbolchilar"ni olib ketmayman. Buni ochiqchasiga aytaman. Menga turistlar kerak emas. 20 nafar bo'lsa ham maydonga tushib jonini beradigan, o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar qita chempionatiga boradi.


Oktyabr oyiga qadar tayyorgarlik jarayonida yigitlarning fikri bo'linmasligi lozim. Shu maqsadda men terma jamoa a'zolariga intervyu berishni taqiqlab qo'yganman. Buni ochiqchasiga aytaman. Sababi bu yoshda futbolchilar yulduzlik kasaliga duchor bo'lishlari hech gap emas. Shu bois Osiyo chempionatiga boraylik, u yerda ijobiy natija qayd etaylik, ana undan keyin bemalol futbolchilaru, murabbiylardan intervyu olaveringlar. Hech kim qarshilik qilmaydi.

Agar O'zbekiston-2 va O'zbekiston-1 "CAFA CUP" musobaqsi finalida to'qnash kelib qolsa qaysi jamoani boshqaraman? (kuladi) Agar shunday bo'lsa O'zbekiston-2 jamoasini boshqaraman. Asosiy jamoani esa yordamchilarim boshqarishadi. Sababi "mashqda qiyin bo'lsa, jangda oson bo'ladi", - deydi Jasur Abduraimov.


Narzulla Saydullaev

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia