So’nggi yangiliklar

03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  4 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  3 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  51 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1 23:55"Милан" Ориги билан шартномани бекор қилганини эълон қилди  1 23:34Винисиус мухлисларнинг муносабати туфайли "Реал"даги келажагига шубҳа қилмоқда  2 22:52"Ювентус" "Интер" ярим ҳимоячисини қишда ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:13Расман: "Лион" Эндрикни "Реал"дан ижарага олди  1 21:34ФИФА "Ал Насср"га қўйилган трансфер тақиқини бекор қилди  6 21:09"Бавария" етакчиси Австрияни забт этди  0 20:42Futsal Awards-2025 маросими ўтказилади  0 20:25"Рома" МЮ ҳужумчисини қўлга киритишга яқин  2 19:58"Барселона" Тер Штегеннинг келажаги бўйича қарор қабул қилди  1 19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3

Jasur Abduraimov: "Istefo? Buni rahbariyat hal qiladi" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Istefo? Buni rahbariyat hal qiladi"

Superliganing 17-turidan o'rin olgan "Metallurg" - "Paxtakor" (0:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor" bizga nisbatan kuchli jamoa ekanligi malum. Biz harakat qilyapmiz. Doimgidek oddiy xatolardan keyin gol o'tkazib yubordik. Lekin yigitlar harakat qilishmoqda. Futbolchilarning sifati o'z so'zini aytmoqda. Dragan CHeranni olaylik. Qarang, u markazda to'pni qanday nazorat qilmoqda. Jamoamizda bunday futbolchi yo'q. Istefo haqida savol tug'ilishi mumkin. Barchasini rahbariyat hal qiladi. Agarda ertaga rahbariyat "ketasan" desa, tabiiyki savollar tug'ilmaydi. Klub bilan shartnomam bor. Tarkibga yoshlarni jalb qildik. Bu shunchaki oddiy holat emas. Mavsum o'rtasidamiz. Xatolar va kamchiliklar bo'ladi", – deydi Jasur Abduraimov. 

- Stanislav Andreevni birinchi bo'limning o'zida almashtirdingiz. Uning o'yinidan qoniqish hosil qildingizmi?

- U 4-5 marotaba xatoga yo'l qo'ydi. Balki o'yinga moslashib keta olmagandir, ammo ortiqcha etirozim yo'q. Yoshlarga o'zini ko'rsatishi uchun imkoniyat beryapmiz. Abror Toshqo'ziev maydonga tushgach xatolar kamaydi. 

- "Metallurg" turnir jadvalida "xavfli hudud"ga tushib qoldi. Jamoani qutqarish uchun nimani o'zgartirish kerak?

- Hozir ruhiy tomondan bir oz qiyin bo'lmoqda. Mashg'ulotlarda barcha birdek ishlayapti. Mavsum o'rtasida tarkibni o'zgartirdik. Agar bizda 2-3 oy yig'inlar o'tkazishga vaqt bo'lganida, bu jarayon osonroq kechardi.  

- Nima deb o'ylaysiz, stadionlarga muxlislarni qaytarish vaqti keldimi?

- O'ylashimcha, muxlislar stadionlarga kelishi kerak. Biz muxlislar uchun o'ynaymiz. Bu o'z tasirini o'tkazmoqda.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика