So’nggi yangiliklar

19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  6 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  0 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  91 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  6 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10 15:29Шерзод Жўраев: “Қайси йўналишда бўлса ҳам “Навбаҳор” муваффақиятларига ҳисса қўшиш мен учун шараф”  1 15:06"Пахтакор"нинг икки етакчиси чет элга йўл олишни рад этиб, клубда қолишга қарор қилди  15 14:10"Ливерпул"га Родриго қизиқ. "Реал" вингери трансфери Диас кетган тақдирдагина амалга ошади  3 13:20Аббос Файзуллаев ҳам "Истанбул Башакшеҳир"га трансфер қилинадими? Шомуродов бу саволга жавоб берди  11 13:05Суперлига-2025. Биринчи даврадаги энг яхши 10 та трансфер  2 12:25Месси 6 ўйинда 11 та гол уриб, МЛСнинг 7 йиллик рекордини ўрнатди  53 11:35Нкунку "Челси"ни тарк этади?!  2

Jasur Abduraimov: "Bu tarkibni men yig'madim. Birinchi davra yakuniga qadar bor futbolchilar bilan o'ynaymiz" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Bu tarkibni men yig'madim. Birinchi davra yakuniga qadar bor futbolchilar bilan o'ynaymiz"

Toshkentning "Paxtakor" klubi Superliganing to'rtinchi turida o'z maydonida "Metallurg"ni qabul qildi (2:1). Ushbu uchrashuvdan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Paxtakor 2:1 hisobida g'alaba qozondi. O'yinning o'ziga yarasha yutuq va kamchiliklari bo'ldi. Umuman olganda, ikki jamoa ham yaxshi o'yin o'tkazdi, deya olaman", – Jasur Abduraimov. 

- Yaqinda murabbiylar shtabida o'zgarishlar yuz berdi. Yangi murabbiylarni o'zingiz taklif qildingizmi yoki klub rahbariyati?

- Bosh murabbiy doim yangi jamoaga o'zining yordamchilari bilan keladi. Hamma joyda shunday. Ularni o'zim taklif qildim.

- Zoxid Abdullaevning almashtirilishi qay darajada to'g'ri bo'ldi?

- Uning yoshini bilasizmi? Zoxid Abdullaev 37 yoshda. U charchadi. Ivan Nagaevga ishonch bildirdik. Balki ikkita hujumchi bilan o'ynashiiz kerakdir. Buning ustida mashg'ulotlarda ishlaymiz. Hujumchilarning ikkisi ham tezkor. Nagaev esa hali o'zining to'liq sport formasida emas. 

- Qanotlarda tezkor futbolchilar bo'lishi kerak. Bugun qanotlarda o'ynagan futbolchilarga tezkorlik etishmadi...

- Bu tarkibni men yig'maganman. Qo'l ostimdagi bor futbolchilar bilan davra oxirigacha o'ynaymiz. Barcha futbolchilar harakat qilmoqda. "Paxtakor"da mahoratli ijrochilar bor. SHuncha yil bu klubda o'zim ishladim. Ularni yaxshi bilaman. Qaysidir vaziyatda omad etishmadi. Vaziyatlardan foydalana olmadik. Menimcha, "Paxtakor" va "Metallurg"da vaziyatlar teng bo'ldi.

- O'yin davomida hakamga nisbatan etirozlaringiz ko'p bo'ldi...

- Futbol – hissiyotli o'yin. Har qanday murabbiy o'yingacha mehnat qiladi. Oddiy misol, birinchi golni qarang. Men nazoratchi emasman. Murabbiyman, vazifam – futbolchilarni shug'ullantirish. Evropaga o'xshab hujumkor o'yinni yo'lga qo'yishga harakat qilamiz. Hamma xato qiladi. 50 ga 50 vaziyatlarda adashsa, mayli. Nimaga bizda futbol yo'q?  Sal itarib yuborsa, jarima zarbasi belgilanmoqda, ozgina narsaga ham o'yinni to'xtatmoqda. Hakamlarga nazoratchilar qarashi kerak. Futbol shaxmat emas, "kontakli" o'yin.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика