So’nggi yangiliklar

19:38"Ливерпуль" Исакни қўлга киритиш йўлидаги ҳаракатини тўхтатмаяпти  1 19:10Туанзебе "Манчестер Юнайтед"ни судга берди  0 18:42"Милан" таркибни швейцариялик ҳужумни билан тўлдирмоқчи   0 18:15Каррерас: "Реал"ни бола сифатида тарк этиб, эркак бўлиб қайтдим"  2 17:49Сардор Рашидов катта футболга қайтди  15 17:40Аббос Файзуллаев Туркияга йўл олишга яқин   10 17:23"Мальорка" "Барселона"дан ярим ҳимоячи сотиб олди  2 16:56"Бунёдкор" ҳужумчиси жамоани тарк этди  9 16:35"Реал" футболчиси Вальверде жаҳон рекордини ўрнатди  3 16:07Расман: "Брентфорд" "Ливерпуль" собиқ аъзосини бепул қўлга киритди  1 15:40Тер Штеген уни асосий дарвозабон сифатида кўрмайдиган Фликдан хафа  3 15:12"Манчестер Сити" 1 миллиард фунтлик келишувга эришди!  2 14:50"Навбаҳор" хорижда йиғин олиб боради  0 14:38Гарначо Саудия Арабистони клубига ўтишдан бош тортди  1 14:15"Манчестер Юнайтед" Италия терма жамоаси ҳимоячисини нишонга олди  0

Jasur Abduraimov: "Biz qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Biz qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz"

O'zbekiston Coca-Cola kubogi musobaqasining guruh bosqichi 1-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Metallurg" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov jurnalistlar savollariga javob qaytardi.





O'yin haqida

- Futbol hozir shunaqa, kim oxirigacha chidasa, konsentraciyani yo'qotmasa g'alaba qozonadi. Qo'qonda kechgan o'yinda biz shu kabi xolatda yutib ketgandik. Bugun yigitlarda oxirigacha bo'lgan konsentraciya etishmadi. O'yinni ko'rdinglar, bugun yigitlar yomon o'ynamadi. Ularga bir oz vaqt kerak. Meni xursand qilgan tomoni yigitlar hujumkor o'yin namoyish etmoqdalar. SHundan kelib chiqib bizda vaziyatlar yuzaga kelayapti.

- O'yindagi vaziyatlarni tahlil qilib chiqdingizmi?

- O'yindan so'ng video operatordan tasvirlarni olib o'tkazib yuborilgan gollarni ko'rib chiqdik. Qaerda xato qildik, qanday gol o'tkazib yubordik, bularni tahlil qildik. Yigitlarga o'z xatolarini ko'rsatdik, ularga bu kabi vaziyatlarda boshqacha o'ynash kerakligini tushuntirdik.

- "Metallurg" kubokda qanday natijani maqsad qilgan?


- Jamoamiz oldida o'zimizni o'yinimizni sifatli ko'rinishga olib kelish vazifasi turibdi. CHiziqlar va jamoaviy o'yinni yo'lga qo'yib olsak, sifatli o'yin ko'rsatsak natija o'z-o'zidan kelaveradi.

- Bugungi o'yinda hujumkor o'yin jamoangizga pand berdimi?


- Hujumda o'ynasak, albatta qarshi hujumda xavf yuzaga keladi. "Mashal" ikkinchi bo'limda qarshi hujum taktikasiga asoslanib o'ynadi. Bu futbol, natijaga qarab biz yutqazdik. Lekin o'yin tomonlama yutdik deb o'ylayman. "Metallurg" doim hujumkor o'ynaydi. Biz hozirda qarshi hujum taktikasiga tayyor emasmiz.

- Ivan Nagaev ko'rsatgan o'yin haqida nima deya olasiz?


- Nagaev hozirda o'z darajasida o'ynay olmayapti. O'yinlar davomida formaga tushib boradi. U tezkor futbolchi, o'yini chiqsa u juda kuchli futbolchi bo'ladi.


Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика