"Jarohatdan 100 foiz tuzalishim muhim" - De Bryuyne
02 noy 2023 11:40
Yangiliklar
"Jarohatdan 100 foiz tuzalishim muhim" - De Bryuyne
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Kevin De Bryuyne tez orada safga qaytishini aytdi.
De Bryuyne APL 1-turi doirasidagi "Byornli"ga qarshi o'yinida jarohat olganidan so'ng jarrohlik amaliyotini o'tkazishga majbur bo'ldi.
Oldinroq De Bryuyne yangi yil arafasida qaytishi taxmin qilingandi. 32 yoshli belgiyalik tez orada anig'ini aytadi.
"Keyingi haftada muhim tekshiruv bo'ladi va davolanish qanday ketayotgani haqida ko'proq bilib olamiz. Hozircha hammasi reja bo'yicha. Hammasi juda yaxshi".
Bu jarohatdan 100 foiz tuzalishim muhim. Menda ko'plab yoriqlar bor edi. Orqa son har qanday vaqtda jarohatlanishi mumkin.
Buni mashinaga qiyoslasa bo'ladi. Men 700 ta o'yin o'tkazdim va kapital tamirga muhtojman", – dedi De Bryuyne.
Fikrlar