Jardim: "O'tgan yozda Xitoydan tushgan katta taklifni rad etdim"
30 mar 2018 20:36
Yangiliklar


Jardim: "O'tgan yozda Xitoydan tushgan katta taklifni rad etdim"
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim uni PSJ bilan bog'liq mish-mishlar qiziqtirmasligini aytib o'tdi.
Oldinroq, parijliklar portugaliyalik mutaxassisning xizmatlariga qiziqish bildirganligi haqida malumotlar tarqalgan edi.
"Monako"da maoshim yaxshi, sharoitlar ajoyib. Albatta, kattaroq klublar ham bor. Lekin men bu erda hamma narsadan qanoatlanayapman. Imij uchun esa boshqa murabbiy kerak - men emas. Mening dunyoqarashim o'zgarmagan. Status, maosh - bu o'zgaradi. Lekin, mening atrofdagilarga munosabatim o'zgarmaydi. Men oldingidek bo'lib qolaman. Maosh esa eng muhimi emas. O'tgan yozda men Xitoydan tushgan kattagina taklifni rad etdim", - dedi Jardim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar