Jardim: "80 ochko yig'sak, xursand bo'lardim"
22 sen 2019 16:43
Yangiliklar
Jardim: "80 ochko yig'sak, xursand bo'lardim"
"Monako" bosh murabbiyi Leonardu Jardim omadsiz boshlangan mavsum haqida gapirdi.
"Ayni damda jamoa g'alabaga erisha olmayapti. Holat shungacha etib bordi. Muxlislar doimo g'alabalarni istashadi, bunday holatlarda esa ular bosh murabbiyning istefosini so'rashadi. Bu normal holat.
Muxlislar bunga haqli. Biz esa natijalarni yaxshilash uchun ishlashimiz kerak. G'alabalarga erishib, 80 ochko to'plasak, albatta xursand bo'lardim", - dedi Jardim.
Fikrlar