So’nggi yangiliklar

19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  1 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  0 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  2 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  7 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  13 18:15"Арсенал" мухлислари Мадуэке трансферига қарши чиқишмоқда  3 17:46Абрамов, Алибоев, Неъматов ва Сергеев — Суперлигада 1-давранинг энг яхшилари  2 17:20Месси "Барселона" учун хайрлашув учрашувини янгиланган "Камп Ноу"да ўтказади  5 16:52Пенальтилар статистикаси: Биринчи даврада ким кўп пенальти тепди ёки умуман нуқтага ҳам яқинлашмади?  0 16:24Пулишич Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  3 15:57Ресан, Ратиньо, Цигер... Суперлиганинг 1-давра легионерлар рамзий терма жамоаси  4 15:42"Байер" ақшлик футболчини 35 млн еврога харид қилди  0 15:17Расман: Пиоли янги жамоасини қабул қилиб олди  0 14:29Сергеев, Дориев, Мозговой... Суперлиганинг 1-давра рамзий терма жамоаси  8 14:16Шойқулов "Андижон"дан кетди  2

Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi elon qilindi Yangiliklar

Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionatiga boradigan tarkibi elon qilindi

Teglar :  Janubiy Koreya OTJ
O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Osiyo chempionati guruh bosqichidagi raqiblaridan biri - Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHin Tay Yong qita birinchiligiga boradigan tarkibni malum qildi.
2016 yilning yanvar oyida bo'lib o'tadigan 23 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati doirasida “S” guruhidan o'rin olgan Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi Samvel Babayan boshchiligidagi O'zbekiston olimpiyachilarining musobaqadagi ilk raqibi bo'ladi. Ushbu jamoalar o'rtasidagi o'yin 13 yanvar kuni bo'lib o'tadi.

Takidlash kerakki, Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi tarkibida bir necha yorqin va taniqli futbolchilar bor. Ulardan biri - Germaniyaning “Bayer” klubi yarim himoyachisi Ryu Sing Vu. 1993 yilda tavallud topgan futbolchi ushbu mavsumda liverkuzenliklar tarkibida 16 o'yinda maydonga tushib, 4 golga mualliflik qilgan. SHuningdek, Avstriyaning “Red Bull” jamoasi azosi Hvang Hi CHan ham tarkibdagi yana bir istedodli futbolchilardan biridir.

Ushbu tarkibdan umumiy 10 futbolchi 2012 yilda 19 yoshli futbolchilar o'rtasida o'tkazilgan Osiyo chempionati g'olibi bo'lganini ham alohida takidlash kerak.

Quyida Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasining Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga boradigan tarkibini keltirib o'tamiz.

Darvozabonlar: Li CHang Kyun (“Pusan”), Kim Dong Jun (“Yonsey Yuniversiti”), Gu Sung Yun (“Konsadole Sapporo”, Yaponiya)

Himoyachilar: Sim Sang Min ( “Seul”), Yon Jey Min (“Suvon Samsung”), Song Ju Hun (“Mito Hollihok”, Yaponiya) Li Seul CHan ( “CHonnam Dragons”), Jung Seung Hyun (“Ulsan Xyunday”), Hvang Ki Vuk (“Yonsey Yuniversiti”), Gu Hyong Jun (“Pusan”) Park Dong Jin (“Gvangju”)

Yarim himoyachilar: Li Yong Jay (“Ulsan Xyunday”), Kim Sung Jun (“Ulsan Xyunday”), Kvong CHang Hun (“Suvon Samsung”), Park Yong Vu (“Seul”), Yu In Su (“Tokio”, Yaponiya), Li CHang Min (“CHonnam Dragons”), Kang Sang Vu (“Poxang Stilers”), Mun Jang Jin (“Poxang Stilers”) Ryu Sing Vu (“Bayer”, Germaniya)

Hujumchilar: Kim Xyun (“Jeju Yunayted”), Hvang Hi CHan (“Red Bull Zalcburg”, Avstriya) Jin Sung Vuk (“Inchon Yunayted”)


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика