Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasidan navbatdagi g'alaba
16 sen 2019 11:40
Yangiliklar


Janubiy Koreya. K2 ligasi. Rustam Ashurmatov jamoasidan navbatdagi g'alaba
Kuni kecha Janubiy Koreya K2 ligasida 27-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
O'zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Gvangju" klubi o'z uyida "Asan Mugungxva"ni 3:1 hisobida mag'lub etdi.
Ashurmatov mazkur o'yinda doimgidek to'liq 90 daqiqa harakat qildi va sariq kartochka oldi. "Gvangju" 27ta turdan so'ng 55 ochko to'plab musobaqa jadvalining birinchi pog'onasida bormoqda.
Janubiy Koreya. K2 ligasi. 27-tur
"Gvangju" - "Asan Mugungxva" 3:1
Gollar: Ratino 42, Villian 75, Lim Min Xyuk 87 - Ox Se Xun 51.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar