So’nggi yangiliklar

21:55"Фенербахче" "Фиорентина" футболчисини 10 млн еврога сотиб олмоқчи  0 21:33"Интер"нинг собиқ эгалари Португалия клубини сотиб олмоқчи  0 21:02Арнаутович ҳам Фабрегаснинг шогирдига айланиши мумкин  0 20:40"Челси" Лукаку борасида АПЛ клуби билан келишиб олди  2 20:18"Локомотив" янги футболчиларни таништирди ГАЛЕРЕЯ  0 20:00"Ньюкасл" янги мавсум учун сафар либосини намойиш қилди  0 19:38Расман: Килиан Мбаппе Европадаги энг ёш президентга айланди  2 19:18"Агар сенда "Милан" варианти бўлса, ўйлаб ўтирма!"  0 18:50Расман: Фёдор Чалов — ПАОК футболчиси!  1 18:34Расман: Страхиня Павлович — "Милан" футболчиси  1 18:08"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 9 ёшли Камолов Жалолиддин  0 17:52"Вильярреал" ҳимоячиси АПЛга кўчиб ўтади  0 17:30Валерий Кичин: "Александр Крестининнинг қўнғироғидан сўнг "Локомотив"га ўтишим ҳал бўлди"  0 17:00Ханданович "Интер" ўсмирлар жамоасида иш бошлади  0 16:41Эшитдик-да! Ўзбекистон ОТЖ сардори Жасур Жалолиддинов тез орада легионерга айланади  29

Janubiy Koreya JCHda o'ynagan tarkibni tarqatib yubordi Yangiliklar

Janubiy Koreya JCHda o'ynagan tarkibni tarqatib yubordi

Teglar :  Janubiy Koreya
Jahon chempionatidagi ishtirokini guruh bosqichida tugatgan Janubiy Koreya keyingi rejalarini taqdim etdi.

Birinchi navbatda terma jamoaning hozirgi tarkibi rasman tarqatib yuborildi. Endilikda koreyaliklar butunlay boshqa tarkib yig'moqchi. Yangi tarkib yig'ishda esa keyingi oy Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari muhim rol o'ynaydi.

Janubiy Koreya to'rt yilgi avvalgi Osiyo o'yinlarining amaldagi g'olibi hisoblanadi hamda bu safar ham ushbu musobaqaga yuksak maqsadlar bilan borish niyatida. Bu yilgi Osiyo o'yinlarida futbol musobaqasi 14 avgustdan 1 sentyabrga qadar bo'lib o'tadi va unda 32ta terma jamoa qatnashadi.

Musobaqa nizomiga ko'ra, faqat 1995 yilning 1 yanvaridan keyin tug'ilgan futbolchilar navbatdagi Osiyo o'yinlarida to'p tepish huquqiga ega. SHuningdek, yoshi katta uchta futbolchi ham yakuniy ro'yxatga kiritilishi mumkin. Ayni paytda Janubiy Koreya U-23 terma jamoasini boshqarayotgan Kim Xak Bum shu oyning oxirlarida Indoneziyaga boradigan tarkibni elon qilishini malum qilgan. Murabbiy Indoneziyaga yoshi katta o'yinchilardan birinchi navbatda 25 yoshli Son Xyon Mingni ham olib ketishni rejalashtiryapti.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика