So’nggi yangiliklar

08:13Гари Линекер: "Рэшфорд барчасини уддалайди"  0 07:45Хуршид Мухторовнинг янги жамоаси маълум  0 02:00Ғиштдан дарвоза қуриб ўйнаган, "Атлетико" майдонида энг яхши футболчи деб топилган ҳамда Роналдудан жарима зарбаси тепишни ўрганган "Пахтакор"нинг янги легионери билан яқиндан танишамиз  0 01:46Эшли Янг АПЛдан тушиб кетган жамоа учун тиббий кўрикдан ўтди  0 01:11Расман: Роберто Фирмино - "Ал Садд" футболчиси!  4 00:51"Милан" футболчиси "Бешиктош"га ўтиши мумкин  0 00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  2 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  1 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  5 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  5 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  7 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  11

Janubiy Koreya futbolida o'zgarishlar boshlandi Yangiliklar

Janubiy Koreya futbolida o'zgarishlar boshlandi

JCH-2018 saralash bosqichida Qatardan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Janubiy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Uli SHtilike ishdan bo'shatildi.

SHundan beri Koreya futbol associaciyasida ham o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Xususan KFA texnik qo'mitasi rahbari etib 66 yoshli Kim Xo Gon tayinlandi. U shu paytgacha ushbu bo'limni boshqarib kelgan Li Yong Su o'rnini egalladi. Li Yong Su 15 iyun kuni SHitilike bilan birgalikda o'z lavozimidan olingandi.

Yangi rahbar Kim Xo Gonning ilk ishi milliy terma jamoaga yangi bosh murabbiy topish bo'ladi. Mag'lubiyatga uchragan bo'lsa-da, koreyaliklar hamon guruhda ikkinchi o'rinni egallab turishibdi. J.Koreya 31 avgust kuni o'z maydonida Eronni qabul qiladi va 5 sentyabr Toshkentda O'zbekiston terma jamoasi mehmoni bo'ladi.

Texnik qo'mitaning yangi rahbari Janubiy Koreya futboli uchun ko'p ishlarni amalga oshirgan. Xususan u murabbiylik qilgan paytda Koreya 2004 yilgi Olimpiada o'yinlarida chorak finalga qadar borgan. 66 yoshli mutaxassis 1988, 1992 yilgi Olimpiada o'yinlari hamda 1986 yilgi jahon chempionatida yordamchi murabbiy bo'lib ishlagan.

Kim Xo Gon 2015 yildan beri KFA vice-prezidenti lavozimida ishlab kelayotgandi.


Reyting: +36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика