Janubiy Koreya futbolchilari va xodimlarining Osiyo kubogi paytida pul tikish evaziga karta o'ynagani oshkor qilindi
15 mar 00:53
Yangiliklar
Janubiy Koreya futbolchilari va xodimlarining Osiyo kubogi paytida pul tikish evaziga karta o'ynagani oshkor qilindi
Janubiy Koreya terma jamoasining bazi futbolchilari va xodimlari Osiyo kubogi payti pul tikish evaziga karta o'ynagani malum bo'ldi.
Koreya futbol assosiasiyasi tomonidan o'tkazilgan tekshiruv natijasida ular turar joy zalida har bir o'yin uchun 1000 dan 5000 vongacha (1–4 AQSH dollari) belgilangan narxlarda karta o'ynagani tasdiqlandi.
Tashkilot rasmiysining xabar berishicha, har bir o'yinda eng ko'p mag'lub bo'lgan futbolchining yutqazgan puli 40-50 ming von (30–38 AQSH dollari) oralig'ida ekanligi aniqlangan.
Biroq associaciya ular o'rtasidagi o'yinni "qimor" deb hisoblamagan. SHunga qaramay, unda ishtirok etgan terma jamoa xodimi ishdan bo'shatilgan.
Qayd etilishicha, mazkur o'yinlarda, asosan, 28 dan quyi bo'lgan yosh futbolchilar ishtirok etishgan.
Avvalroq terma jamoa lagerida Son Xyon Min va Li Kan In mushtlashtgani to'g'risida xabar berilgandi.
O’xshash yangiliklar
21:15
JCH-2026 saralashi. Janubiy Koreya ishonchli hisobda, Xitoy so'nggi daqiqada g'alabaga erishdi 0
Fikrlar