"Janob Vest Xem" faoliyatini yakunladi
16 may 2022 12:34
Yangiliklar
35 yoshli yarim himoyachi "Vest Xem" uy o'yingohida faoliyatidagi oxirgi uchrashuvida ishtirok etdi. "Bolg'achilar" "Siti"ga qarshi o'yin oldidan jamoaning ko'p yillik etakchisi uchun maxsus marosim o'tkazishdi.
Muxlislar uning sharafiga ajoyib perfomans tayyorladilar, Mark esa ko'zyoshlarini tiyib tura olmadi. 16-daqiqada (Noblning raqami) olqishlar sadosi ostida butun stadion jumbushga keldi.
"Bugun bu erda mening katta oilam bor... va men "katta oila" deganda, 60 000 kishini nazarda tutyapman", – dedi futbolchi tasirli ohangda.
Bilsangiz kerak, Mark har o'yindan so'ng ananaviy tarzda kiyinish xonasini tozalaydi. Qoyil qolish kerakki, u bu ishini so'nggi uchrashuvidan keyin ham amalga oshirdi.
"Janob Vest Xem" 18 yil davomida "bolg'achilar" asosiy jamoasi sharafini himoya qildi – 549 ta o'yin, 62 ta gol, 61 ta assist. Havas qilarli ko'rsatkich!
Muallifning telegram kanaliga obuna bo'lishni unutmang! >>> EkSport
Fikrlar