Janluijji Donnarumma: "Tanqidlar bilan ishim yo'q"
08 okt 15:55
Yangiliklar
Janluijji Donnarumma: "Tanqidlar bilan ishim yo'q"
PSJ darvozaboni Janluijji Donnarumma jamoasining Liga 1 navbatdagi tur doirasida "Nicca"ga qarshi o'yini (1:1) borasida fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Birinchi bo'lim o'yinimiz unchalik qovushmadi, yaxshiroq harakat qilishimiz zarur. Ko'rsatayotgan o'yinimizni kuchaytirishimiz juda muhim. Ikkinchi bo'limda esa biz raqibdan kuchliroq edik. Gol qo'yib yuborganimizdan juda xafaman, biz agressivroq harakat qilishimiz zarur. Tanqidlar bilan ishim yo'q, ular menga tasir qilmaydi, bunga tayyorman. Hozirgi holatim va aynan shu jamoadaligimdan mamnunman. CHempionat oxirigacha hali ancha vaqt bor, hozir etakchi emasligimiz unchalik qo'rqinchli holat emas. Birinchi bo'limda ko'p xatoga yo'l qo'ydik, ammo ikkinchi bo'limdagidek o'yin ko'rsatsak, bizni yaxshi davr kutmoqda".
Fikrlar