So’nggi yangiliklar

09:17«Пахтакор» икки нафар футболчи билан шартнома тузганини эълон қилди  0 08:50Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  8 08:24Париж-2024. Япония муддатдан аввал плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  12 08:00Ўртоқлик учрашуви. ОКМК «Машъал»ни кичик ҳисобда мағлуб этди  1 07:35Ўртоқлик учрашувлари. «Арсенал»дан камдек, Манчестер клубларида мағлубият ва бошқа натижалар  3 01:39Расман: Ўткир Юсупов — "Фулад" футболчиси!  9 01:32"Арсенал" Рафиньянинг трансфери бўйича "Барселона"га кўп миллионлик таклиф тайёрлайди  1 01:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1, Ҳимоядаги хато қимматга тушди  14 00:53"Атлетико" ва Испания терма жамоаси собиқ футболчиси фаолиятини якунлади  2 00:15РПЛ. Эсанов ҳаракат қилаётган "Акрон" меҳмонда "Факел"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди  16 23:35Тимур Кападзе: "Иккала ўйинда ҳам ютишимиз мумкин эди"  121 23:01Расман: "Атлетико" Испания терма жамоаси футболчиси билан шартнома имзолади  1 22:29"Навбаҳор" назорат учрашувида йирик ҳисобда ғалаба қозонди. Қувватовдан норасмий дебют, Никабадзедан хет-трик  10 21:31"Манчестер Юнайтед" форварди ПСЖга ўтиши мумкин  5 21:05Париж-2024. Ўзбекистон иккинчи турда Мисрга ютқазди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини йўқотди  850

Janluijji Donnarumma "Milan"ning yangi afsonasi bo'la oladimi? Yangiliklar

Janluijji Donnarumma "Milan"ning yangi afsonasi bo'la oladimi?

O'yinlar soni bo'yicha Paolo rekordini ham yangilashi mumkin.

Donnarumma "Milan"da 6-mavsumini o'tkazmoqda. 21 yoshli Jijjo yaqin kelajakda hamkasblari Maldini va Bareziga etib olishi mumkin. 2015 yil 25 oktyabr kuni Janluijji 16 yoshida A Seriya doirasida "Milan"ning "Sassuolo"ga qarshi bahsida (2:1) debyut qilgandi. Oradan besh yil o'tdi. Bu vaqt ichida Jijjo "rossoneri"ning asosiy golkiperiga aylandi.

Donnarumma "Milan"ning hozirgi futbolchilari orasida o'yinlar soni bo'yicha etakchi hisoblanadi — hisobida 211 rasmiy uchrashuv mavjud.

Bundan tashqari, 21 yoshli italyan hozircha "Milan"da 200+ o'yin o'tkazgan yagona o'yinchi bo'lib turibdi. Bu borada uning eng yaqin taqibchisi — Alessio Romanoli (193 o'yin). Undan keyingi pog'onalarni esa Kesse (142) va CHalxanoglu (136), Kalabriya (119) va Ibragimovich (109) egallab turibdi.

Aytgancha, afsonaviy Paolo Maldini 21 yoshida "Milan"ning 147 uchrashuvida maydonga tushib ulgurgan edi, klubning boshqa bir buyuk sobiq sardori Franko Barezi esa — 113ta. SHuni ham takidash lozimki, Barezi "Milan"da ilk bor sardorlik bog'ichini 22 yoshida, Maldini esa 25 yoshida taqqan. Jijjo esa 21 yoshigacha 9ta bahsda jamoa sardori bo'lib tushgan.


"Milan"dagi o'yinlar soni bo'yicha rekordchi — Paolo Maldini (902 uchrashuv). Ehtimol, Donnarumma undan o'zib keta oladigan o'yinchi bo'lar?!

Bugungi kunda "rossoneri"ning texnik direktori lavozimida ishlab kelayotgan Paolo Maldini futbolchi sifatida "Milan"ning 902 rasmiy uchrashuvida maydonga tushgan. Bu hozir ham va yana hali uzoq vaqtgacha klubning mutlaq rekordi hisoblanishi aniq. Aytgancha, reytingning ikkinchi pog'onasida Barezi ketmoqda (719 o'yin).

Donnarummaga kelsak, u "Milan" tarkibida 211 uchrashuvda o'ynagan, joriy mavsumni hisobga olmaganda esa 203 o'yin. Xullas, Jijjo "Milan"dagi o'tgan davr mobaynida har yili o'rtacha 40,6ta bahsda maydonga tushgan. Bu klub tarixida Paolo Maldinidan keyingi (dastlabki 5 yilda o'rtacha 42,6ta o'yin) eng yaxshi ko'rsatkich, agar sobiq sardor 1ta uchrashuvdagina maydonga tushgan debyut mavsumini hisobga olmasak...

Agar Donnarumma xuddi shu ritmda "Milan"da o'ynaydigan bo'lsa, 38 yoshida Paolo Maldini rekordini yangilashi mumkin (eslatib o'tamiz, Paolo 41 yoshigacha o'ynagan).

SHu bilan birga, takidlash lozimki, "Milan" so'nggi 5 mavsum ichida 4 marta evrokuboklarda qatnasholmadi (Maldinining butun faoliyati davomida "Milan" xuddi shuncha marta evrokuboklarda ishtirok etmagan edi).


Albatta, agar keyingi yillarda "Milan" Evroturnirlarda doimiy ravishda ishtirok etadigan bo'lsa, Janluijji esa jarohat olavermasa, u holda uning klubdagi ishtiroklari soni sezilarli darajada oshadi. Biroq "Milan" evrokuboklarda qanday o'ynashi, Italiya Kubogi turnirida qanchalik uzoqqa borishini oldindan taxmin qilish juda qiyin.

Ammo 2017/18 yilgi mavsumda Donnarumma ajoyib ko'rsatkich qayd etdi. O'sha yili "Milan" Italiya Kubogi finaligacha, Evropa Ligasining 1/8 finaligacha chiqqan. O'sha mavsum italiyalik kiper "rossoneri"ning 53 bahsida maydonga tushgan (bu borada Paoloning eng yaxshi natijasi — 1992/93 mavsumda 50 o'yin).

Donnarumma golkiper ekani hamda faoliyatining asosiy qismini chap qanot himoyasida o'tkazgan Maldinidan farqli o'laroq, Jijjining o'yin ritmi ham shunga yaqin ko'rsatkichda (har mavsum o'rtacha 53 uchrashuv) bo'ladi. Bunday holatda, Donnarumma 34 yoshidayoq hamkasbi rekordini yangilasa kerak. Agar Jijjoning karerasi ham xuddi Maldininiki kabi 41 yoshigacha davom etsa, uning milanliklar safidagi o'yinlari soni 1200gacha etsa kerak...


1200 bahs raqamini qaerdan oldingiz deysizmi? Bu erda "Yuventus" darvozaboni Janluijji Buffon statistikasiga suyangan holda misol keltirildi. Uning klub darajasidagi uchrashuvlarining o'rtacha soni 40 yoshidan boshlab pasaya boshlagan — 2001 yildan 2018 yilgacha. Buffon har mavsum "Keksa sinora" safida o'rtacha 39ta o'yin o'tkazgan, 2018-2020 yillarda o'z klublari uchun o'rtacha 19,5 marotaba maydonga tushgan (2 barobar kam).

SHunday ekan, taxminimiz: Donnarumma 34 yoshida Maldini rekordini (902 o'yin) yangilaydi. 39 yoshigacha ham shu tempda har mavsum 53tadan o'yin o'tkazadi (bu 265 bahs degani), 41 yoshgacha shu ritm bilan har mavsum 26,5ta martadan maydonga tushadi (yana 53 bahs). Oxirida umumiy hisob: 1220 uchrashuv. Ha, keyin bunday rekordni hech kim buzolmaydi :)

Kim biladi deysiz, balki oradan uzoq yillar o'tib, klub 99-raqamni muomaladan chiqarar va muxlislar Jijjoning futbolkasini tribunada Barezining futbolkasi yoniga ilib qo'yishar?! Ha, bu shunchaki taxmin. Ehtimol, bular haqida gapirishga hali juda ertadir, sababi bunday natijalarga erishish uchun avvalo amaldagi shartnoma muddatini uzaytirish kerak... Qolarversa, darvozabonning agenti Mino Rayola qanday inson ekani hech kimga sir emas. Xullas, xulosa o'zingizdan...


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика