Jan-Per Papen: "PSJning haqiqiy quroli Neymar emas, Mbappe"
23 apr 2019 17:15
Yangiliklar


Jan-Per Papen: "PSJning haqiqiy quroli Neymar emas, Mbappe"
Franciya terma jamoasi sobiq hujumchisi Jan-Per Papen joriy mavsum Liga 1da 30ta gol urgan hujumchi Kilian Mbappening o'yiniga baho berdi.
"PSJning haqiqiy quroli Neymar emas, Mbappe. So'nggi ikki yil ichida Neymar bazi-bazida o'zini ko'rsatdi, Mbappe esa mavsum davomida yuqori darajada o'yin namoyish etdi.
U har tomonlama o'smoqda. Mbappe nega qanotda o'ynashini tushunmayman. U tezkor va raqiblarini oson aldab o'tishiga etiroz yo'q. Biroq u hujumdagidek xavfli emas.
Kilian bosh bilan o'ynay olmaydi. Ammo vaziyat bo'lganda boshni ishga solish kerak. Menimcha, u mashg'ulotlarda buning ustida ishlamayapti. CHap oyoqda ham kam gol uradi" - deydi Papen.
O’xshash yangiliklar
07:10
APL. "Arsenal" navbatdagi uchrashuvida durang o'ynadi. "Liverpul"ning chempionligiga bir ochko qoldi 10

Fikrlar