So’nggi yangiliklar

20:50"Барселона" молиявий фэйр плей билан боғлиқ муаммо бўлган тақдирда кимни қурбон қилишини танлаб олди  0 20:30АПЛ. Чемпионликка даъвогар "Ман Сити" "Ноттингем Форест" меҳмони бўлмоқда (онлайн ҳисоб)  0 20:19"Ризеспор" — "Анкарагюжю". Ҳусниддин Алиқулов доимгидек асосий таркибда  1 20:03Туркия Суперлигаси. "Кайсериспор" Шукуров тўлиқ ўйнаган баҳсда меҳмонда ғалабага эришди  2 20:02АПЛ. "Тоттенхэм" ва "Арсенал" ўртасидаги Лондон дербисида 5та гол урилди  13 20:01Ўзбекистон кубоги. "Насаф" "ўлим гуруҳи"дан омон чиқмади, "Андижон" кейинги босқичда ва бошқа натижалар  76 19:54Ўзбекистон кубоги. "Навбаҳор" "Динамо" билан баҳсда ғалабани қўлдан бой берди  61 18:38Кунде АПЛ клубига ўтиши мумкин  2 18:14Осиё Кубоги. Ўзбекистон Индонезияга қарши тўлиқ оқ либосда ўйнайди  8 18:09Футзал бўйича Осиё кубоги. Ярим финалда пенальтилар серияси орқали Ўзбекистондан ўтган Эрон финалда Таиландни қийинчиликсиз мағлуб этди ва 13-бор ғолибликни қўлга киритди  3 17:30А Серия. Чалханоглунинг дубли "Интер"га "Торино" устидан ғалабани тақдим этди  4 16:49Индонезия U-23 бош мураббийи: "Ўзбекистоннинг нега кўп гол уриб, дарвозасидан тўп ўтказмаслигини билиб олдим. Мен бу жамоага ютқазмаганман"  49 16:43Футзал бўйича Осиё кубоги. Хосе Венансио Лопес Тожикистонга қарши ўйиндан сўнг нималар деди?  7 16:08ҚПЛ. "Ордабаси" меҳмонда "Елимай" билан дуранг ўйнади, Яхшибоев ва Умаров эса...  1 15:40"Бавария" — "Реал" ўйинини ким бошқариб боради?  17

Jamshid Saidov: "Nasaf" zarur paytda Rahmatovni jamoaga qaytara olardi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Nasaf" zarur paytda Rahmatovni jamoaga qaytara olardi"

Superliganing 3-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "Qizilqum" (2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda vaziyatlarimiz o'xshamadi. "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga tayyorlagan rejalarimiz bor edi. Qarshi hujumlardan foydalanishga harakat qildik. Ikkinchi bo'limda vaziyatlarimiz ko'paydi, o'yinimizni kuchaytira oldik. Navoiydan kelib bizni qo'llab-quvvatlagan futbol ishqibozlariga minnatdorchilik bildiraman.


- "Qizilqum" o'tgan uchrashuvlarda birinchi bo'limda yaxshiroq o'ynayotgandi. Bugun esa aksi bo'ldi. Buni qanday izoxlaysiz?

- O'tgan uchrashuvlarda ikkinchi bo'limlardagi sust harakatlar uchun bizda ham savollar bor edi. Bugun hisobda ortda borayotgandik. SHu sababdan ham ikkinchi bo'limda hujumlarni kuchaytirmasak bo'lmasdi. Futbolchilarga motivaciya har doim kerak, tanaffusda ularni ruxlantirishga harakat qildik.

- Jamoangizning jismoniy holati yaxshiroq ekanini ko'rinayapti. Bu mashg'ulotda olib borilgan ishlar samarasimi?

- Albatta, mashg'ulotlarda jismoniy tayyorgarlik bo'yicha alohida ishlaymiz. Hozir mavsumning kirish qismidamiz, barcha jamoalarda jismoniy holat bilan bog'liq muammo bor. Yigitlarga kuchli hohish va o'z-o'ziga bo'lgan ishonchning tasiri muhim hisoblanadi.

- Ikkinchi golda darvozabonning xatosi bor deb hisoblaysizmi?

- Yo'q, o'yin jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan epizod. Agar darvozabon bir oz tezroq harakatlansa yoki to'p havoda sekinroq uchganida gol yuzaga kelmagan bo'lardi. Bu shunchaki 2-3 soniyada hal bo'ladigan vaziyat.

- Rahmatovni nega jamoada saqlab qolmagansizlar?

- Rahmatov "Nasaf" futbolchisi. Ko'rayapsizlar, asosiy tarkibda o'ynayapti. Biz istaganimiz bilan "Nasaf" zarur paytda bu futbolchini ortga qaytara olardi.



Reyting: +7   

Fikrlar

+2   
16 mar 23:18:40
bekaka
Бу йилги суперлига жамоаларни барчасида узини етакчи юлдуз футболчилари пайдо булмокда чемпионатимиз ракобат бардош деб уйлайман
+2   
16 mar 23:14:39
Shaxboz Safarov
Molades Jamshid kamandani zur tayyorlabsiz
+1   
17 mar 07:25:29
Тўлқин Хайит
Қизилқум бу йил ледирларни ҳаммасига яхшигина бошоғриғи бўладиган кўринади. Омадларини берсин, қочган ҳам худо дийди қувган ҳам.
+1   
17 mar 00:05:03
Bekzod Sharipov
O'yindan avval Qizilqum bilan Nasaf o'yini qiziqarli bo'lishini kutgandim. Qizilqum juda mazmunli o'yin ko'rsatdi. Bu faqat bugun emas. Avvalgi turlarda ham guvoh bo'ldim. Eng muhimi futbolchilar tinmasdan yugurishyapti. Paslar bo'yicha ishlangan. Umuman jamoa tayyorgarligi juda a'lo. Mirabbiylarga rahmat. Futbolchilarga ham katta rahmat.
+1   
16 mar 23:32:51
Surxonchi
Респект
+1   
16 mar 23:29:15
Chpo
Bu yilgi Qizilqum chiroyli o‘yin ko'rsatmoqda. Taktikasi ham zo‘r. Vaziyatga qarab o‘yin paytida aqlli taktika qo'llanilmoqda.
+1   
16 mar 23:26:29
Bexa97
Qizilqumga bugungi oʻyin uchun respect. Nasaf muhlisi.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика