So’nggi yangiliklar

02:00КЧЖ. "Челси" ишончли ғалабага эришди  1 01:42Фердинанд Фернандешнинг "Ал Ҳилол"га рад жавоби ҳақида: "Бу унинг садоқатидан далолат беради"  0 00:56"Наполи" "Манчестер Сити" футболчисига қизиқмоқда, лекин...  0 00:30Фарҳод Нишонов: "Захирадан тушган футболчиларимиз ўйинни ўзгартириб юборди, фақат ёмон томонга"  0 23:55Григорий Колосовский: "Рақиб ғалаба учун ўйнади. Биз эса ғалабани истадик"  1 22:45"Реал"да Трентнинг ҳимоядаги ўйинини устида ишлашмоқда ва уни асосий бурчак тўпи ижрочиси қилишни режалаштиришяпти  7 22:14Дибала Рим дербисида Гендузи билан жанжал ҳақида: "Бу французнинг тили узун"  1 21:45Вирц жума куни янги клуби сафида тиббий кўрикдан ўтади  0 21:20Сречко Катанец билан самимий суҳбат. Мухлисларга маслаҳат ва танқидлар ҳақида (3-қисм)  24 21:00Про лига. "Жайхун" "ФарДУ" билан дуранг ўйнади, "Локомотив" сўнгги дақиқаларда ғалабага эришди  0 20:17"Реал" келаси мавсум фойдаланадиган формасини кўрсатди  11 19:51"Барселона" Луис Диас учун "Ливерпул"га қанча тўламоқчи?  6 19:25"Барселона" юлдуз ҳимоячисини сотиши мумкин  3 19:00Мареска "Челси"нинг янги трансферини анонс қилди  1 18:32Очилов, Баратов, Ўрмонжонов, Ресан, Муртозаев ва бошқалар... Суперлига 12-тур рамзий терма жамоаси  2

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonning nega ko'p gol urib, darvozasidan to'p o'tkazmasligini bilib oldim. Men bu jamoaga yutqazmaganman" Yangiliklar

Indoneziya U-23 bosh murabbiyi: "O'zbekistonning nega ko'p gol urib, darvozasidan to'p o'tkazmasligini bilib oldim. Men bu jamoaga yutqazmaganman"

Indoneziya olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi SHi Tae Yong O'zbekistonga qarshi kechadigan yarim final bahsi oldidan matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Ertangi uchrashuv haqidagi fikrlaringiz?

- Guruh bosqichidagi 3ta uchrashuvning ikkitasida g'alaba qozondik. Menimcha A guruhi eng qiyin guruh bo'lgandi, ammo biz guruhdan keyingi bosqichga yo'l oldik. Koreyaga qarshi kechgan chorak final bahsi esa juda qiyin kechdi. 120 daqiqa va penaltilar seriyasi. Raqiblar haqida gapiradigan bo'lsam, O'zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan kuzatdim va ertangi raqibimizning o'yini juda tartibli deya olaman. O'zbekistoning har bir chizig'ida balans bor. Ertaga ikki jamoa uchun ham oson uchrashuv bo'lmasligi aniq.

Vitay Sulayman

- O'yin haqida

- Ertaga biz qiyin uchrashuv oldida turibmiz. Raqibimiz juda kuchli. O'zbekiston terma jamoasining barcha futbolchilari juda kuchli.

- Indoneziya terma jamoasi so'ngi bor 68 yil avval olimpiya o'yinlarida ishtirok etgandi. Bu safar esa biz yana olimpiadaga borishga yaqin turibmiz. Ertangi muhim uchrashuv oldidan bosimni engay olayapsizmlarmi?

- Men Indoneziya jamoasi olimpiadada ishtirok etganini bilmas ekanman, uzr. Ertaga ushbu natijani yana takrorlashimiz mumkin. Men bosimni his qilmayapman. Biz faqatgina lahzadan maroq olishimiz va eng yaxshi o'yinimizni namoyish etishimiz kerak.

Vitay Sulayman

- Ertaga O'zbekiston terma jamoasi uchun qanchalik muammo to'g'dirishlaringiz mumkin? 

- O'zbekiston kuchli terma jamoa ekanligiga hech kim shubha qilmaydi, ammo biz ham o'z maqsadimiz va erishmoqchi bo'lgan natijamiz bor. Indoneziya xalq uchun ertaga borimizni beramiz. 

- Indoneziya terma jamoasi raqibdan ko'ra bir kun ko'proq dam oldi. Bu sizlarga qo'shimcha ustunlik beradimi? 

- Tiklanish bo'yicha biroz ustunligimiz bor deb o'ylayman. Lekin o'zbekistonlik futbolchilarning jismoniy holati ham ajoyib ekanligini o'tgan uchrashuvda guvoh bo'ldim.

- O'zbekiston terma jamoasi ushbu musobaqada yuz foizlik natija qayd etib kelmoqda. Ertaga raqiblar darvozasiga gol ura olasizlarmi?

- O'zbekiston Saudiya Arabistoni uchrashuvini stadiondan tomosha qildim va ishonch bilan ayta olamanki. Bu raqib juda sifatli o'yin namoyish etishmoqda, ayniqsa to'pning harakatlanishi juda tez.  SHu sababdan ular ko'p gol urishmoqda va hali darvozasidan gol o'tkazib yuborishgani yo'q. Yarim final oson bo'lmasligi aniq, ammo biz yaxshi formadamiz va o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik.

- O'tgan yili 20 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionatida ishtirok etgandingiz. Indoneziya O'zbekiston bilan bir guruhdan joy olgan. O'sha tarkibdagi bir nechta futbolchilar hozir O'zbekiston olimpiya terma jamoasida o'ynashmoqda. Siz ularni yaxshi taniysiz va ularni yana bir marotaba tahlil qilib chiqdingizmi?

- O'zbekiston va Indoneziya terma jamoalari o'rtasida ko'p o'xshashliklar bor deb o'ylayman. Ikki terma jamoalar ham so'ngi vaqtlarda katta o'sishga o'sishga erishmoqda. Men O'zbekiston terma jamoasiga qarshi hali yutqazmaganman, biroq bu jamoaga qarshi xotiralar mavjud.



Reyting: -40   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика