O'zbekiston U23 termasi Xitoydagi turnirda ishtirok etadi

Mirjalol Normatov
18 okt 2025
U23 Osiyo kubogi ishtirokchilari Xitoydagi turnirda qatnashadi.

Noyabr oyidagi FIFA kunlarida Xitoyda U23 termalari ishtirokida o'rtoqlik turniri tashkillashtiriladi.

Unda Vetnam, Xitoy, Janubiy Koreya hamda O'zbekiston U23 termalari ishtirok etadi.

Oldinroq O'zbekiston U23 termasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov jamoasi noyabr oyidagi turnirda qatnashishini ma'lum qilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/theaseanfootball