Jamshid Saidov: "Hakamlar juda ko'p xato qilishdi. Sababi ularga pul bermayotganimizdami?"
29 noy 2020 18:52
Yangiliklar


Jamshid Saidov: "Hakamlar juda ko'p xato qilishdi. Sababi ularga pul bermayotganimizdami?"
"Buxoro" - "Mashal" (1:3) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
Nima ham deyishni bilmayman, yutqazdik. Juda yomon o'ynadik. Nima ham qilardik, keyingi o'yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.
Bugun hakamlar yoki atayin qilishdi, yoki hakamlik qilishni bilishmaydi. Juda ko'p xatolar bo'ldi, bahsli vaziyat bo'lsa raqib foydasiga, bahsli vaziyat bo'lsa yana raqib foydasiga...yoki biz hakamlarga pul bermasak...juda yomon ishlashdi. 3-4ta o'yindan buyon shunday bo'lmoqda. Bu borada maxsus qo'mita bor, ular xatolarini ko'rib chiqishsin. Yoki barcha bizga qarshi hakamlik qilmoqda, o'tgan o'yinda ham, bugun ham, qachon yaxshi hakamlik bo'ladi, xayronman", - deydi Jamshid Saidov.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar