So’nggi yangiliklar

13:08Ўтган мавсум 1 та гол урган АПЛ футболчиси Шомуродов ўрнига "Рома" ҳужумчисига айланди  1 12:46Снейдер "Олтин тўп" ҳар доим ҳам муносибларга насиб этмайди деб ҳисоблайди  5 12:19"Бенфика" ўзи учун рекорд сумма - 27 млн. еврога футболчи сотиб олди  1 12:00"Тоттенхэм" "Реал" вингерини сотиб олмоқчи  0 11:37Мажед Абдуллаҳ: "Биз учун яхши тажриба бўлди"  2 11:12Мбаппе янги мавсумда янги рақамда ҳаракат қилади  4 10:45МЮ тўрт нафар футболчини машғулотлардан четлатди  9 10:21"Милан" тарихида 56 йилдан бери бундай ҳолат содир бўлмаган   4 09:58Яна бир собиқ Олимпия терма жамоамиз аъзоси фаолиятини "Шўртан"да давом эттиради  0 09:32Ўзбекистон МТЖ аъзоси фаолиятини "Андижон"да давом эттириши мумкин  23 09:08Арманистон чемпионатининг энг яхши футболчиларидан бири фаолиятини Ўзбекистонда давом эттириши мумкин  5 08:41ЦСКА собиқ футболчиси: "Файзуллаевни жуда яхши вақтда сотишди"  6 08:15Луиджи Ди Бияджо: "Рақиб ғалабага лойиқ ўйин намойиш қилди"  1 07:56"Насаф" бразилиялик ярим ҳимоячига таклиф билан чиқди  9 07:28Расман. "Бунёдкор"ни яна бир асосий таркиб футболчиси тарк этди  3

Jamshid Saidov: "Derbi doim qiyin o'tadi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Derbi doim qiyin o'tadi"

25-tur doirasida bo'lib o'tgan "Andijon"-"Qo'qon-1912" jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan so'ng mezbonlar yordamchi murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Derbi-o'z nomi bilan derbi. Derbidagi o'yinlar qiyin kechadi. O'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin bugun muxlislarimizni xursand qilmoqchi edik. Raqib ham o'z o'yinini namoyish etish uchun tashrif buyurgandi. Futbol 90 daqiqadan iborat bo'ladi, yigitlarimiz iroda namoyish etib mag'lubiyatdan qutulib qoldi. Muxlislarga sovuqda bizni qo'llab-quvvatlab turgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Qolaversa, futbolchilarga iroda namoyish etishgani uchun rahmat aytmoqchiman. 

O'yin natijasidan qoniqdingizmi? 

Umuman olganda qoniqdim. G'alaba qozonishni juda xohlagandik. Lekin yakunda durang natijasini qayd etdik. 

Bosh murabbiy qani? 

Aleksandr Xomyakov kecha licenziyasini yangilash uchun Kievga o'qishga ketdi. 

Bosh murabbiyning yo'qligi bilindimi? 

Albatta, bilindi. Lekin futbolchilar professional, o'z ishlarini qilishi shart. 

Raqibdan qanday o'yin kutgan edingiz? 

Yuqorida aytib o'tdim, derbi- bu derbi. Bunday o'yinlarda o'ynash doim qiyin. Birinchi davrada ham bu jamoa bilan durang o'ynagan edik. Ular ham bugun yaxshi o'yin namoyish etishdi. Biz ham muxlislar oldida o'zimizni oqlamoqchi edik. 

Mamatkazin so'nggi daqiqalarni hujumda o'tkazdi. Bu Sizni ko'rsatmangiz edimi? 

Ha, haqiqatdan ham Ildar so'nggi 25 minutda oldinga chiqishni xohladi. Vaziyatni o'zgartirishga ishtiyoqi yuqori edi. SHu bois oldinga o'tishiga ruxsat berdim. 

Negadir yigitlarda ishtiyoq yo'qdek o'ynashmoqda?

Bilasizmi, bularni barchasi mablag'ga bog'liq. Hozir moliyaviy qiyinchilikni boshdan o'tkazyapmiz. Ular ham so'nggi turni g'alaba qozonib, o'z uyiga pul olib ketishmoqchi. 

"Qizilqum" ga qarshi o'yinda jamoa g'alaba qozonadimi? 

Men ham oddiy odamman, oldindan o'yin natijasini aytib bera olmayman. Lekin maksiman natijani qo'lga kiritishga va tatilga yuqori kayfiyatda chiqib ketishga harakat qilamiz.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика