So’nggi yangiliklar

21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  2 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  0 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  3 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  6 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  4 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  5 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  12 16:50"TNT Sports" "Олтин тўп" учун асосий даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  21 16:25Обамеянг собиқ жамоасига қайтмоқда  0 16:00МТЖни мундиалга ким олиб бориши керак?  46 15:41Тен Хаг: "Мавсумолди йиғиндаги натижаларга тупурдим"  4 15:26Андрей Лунин "Реал"даги келажагини ҳал қилди  0 14:40Тома Табатадзе "Нефтчи" билан ҳайрлашди  8

Jamshid Iskanderov: "Navbahor"da qolamanmi? Xudo xohlasa, yangiliklar bo'lib qoladi" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "Navbahor"da qolamanmi? Xudo xohlasa, yangiliklar bo'lib qoladi"

O'FA hamda O'zPFL yil yakunlariga bag'ishlab o'tkazgan "ENG ZO‘R Uz Football Awards-2022" taqdirlash marosimida Jamshid Iskanderov yilning "eng yaxshi futbolchisi", deya etirof etildi.



Darhaqiqat, yarim himoyachi uchun bu mavsum qandaydir o'ziga hos qaytish bo'ldi. U butun yil davomida "Navbahor"ni o'z ortidan ergashtira oldi. Jamoasi bilan mamlakat kumush medallariga ega chiqdi, kubok finaliga qadar etib bordi. Umumiy qilib aytganda biz bilgan Jamshid Iskanderov yana avvalgi formasini tiklab oldi. Tadbir yakunlangach "Navbahor" futbolchining fikrlariga quloq tutdik.

"Ochig'i juda hayajondaman. Yoqimli sovrin. CHunki bundan 8 yil oldin O'zbekiston chempionatining "eng yaxshi futbolchisi" bo'lgan edim. Oradan shuncha vaqt o'tib mamlakatning "eng yaxshi futbolchisi", deb topildim. Tasavvur qila olmayman. Juda xursandman. 

Sovrinni kutmagandim. Lekin yaxshi niyatda kelgandim. Xudoga shukur sovrin nasib qildi. Fursatdan foydalanib "Navbahor" klubi rahbariyati, jamoadoshlarimga minnatdorchilik bildiraman. Bizni qo'llab-quvvatlagan, duo qilib turgan muxlislar, oila azolarimga ham tashakkurimni izhor qilmoqchiman. Futbolchilar yanada yaxshiroq harakat qilib, ishqibozlarni xursand qilishga intilamiz. 

Terma jamoaga kelsak, har bir futbolchi buni istaydi.  Yil davomida harakat qildim. To'xtamayman. Hozirgi kunda murabbiyning o'z uslubi, tanlovi bor. Unga qandaydir etirozim yo'q. CHunki men futbolchiman. 

"Navbahor" bilan shartnomam yakunlangan. Barcha bilan muloqotdamiz. Xudo xohlasa, yangiliklar bo'lib qoladi",- deydi Jamshid Iskanderov.

 

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика