So’nggi yangiliklar

22:33Жака итальян грандига ўтадими?  0 21:59Суперлига. "Насаф" Чераннинг пенальтидан урган голи эвазига "Навбаҳор"ни мағлуб этди  148 21:55Суперлига. "Динамо" "Хоразм" билан камбэк амалга ошириб,, мағлубиятсиз сериясини давом эттирди  24 21:53Суперлига. Термиздаги баҳсда "Нефтчи" "Сурхон"ни мағлуб эта олмади  25 21:47"Наполи" "Ал Насср" юлдузига қизиқмоқда  0 21:12"Рома" Шомуродовни сотишга тайёр, унга даъвогар ҳам бор  35 20:38"Бавария" — "Окленд Сити". Таркиблар маълум  14 19:45Италия терма жамоасига янги бош мураббий тайинланди  8 18:50Дарвозалар ишғол қилинмаган ОКМК - "Шўртан" учрашувидан галерея  0 18:25"Арсенал" Гёкереш борасида "Спортинг" билан музокараларни тўхтатиб қўйди, нега?  2 17:57Украиналик футболчи ПСЖ билан келишувга эришди  3 17:28Тер Штеген янги клубига ўтишга яқин  10 16:55Бернарду Силва Туркияга йўл олиши мумкин?!  0 16:26Романо: "Атлетико" "Ливерпуль" юлдузини текинга қўлга киритмоқчи  2 15:51Мартинес "Манчестер Юнайтед" билан музокараларни бошлади  2

Jamshid Iskanderov: "Mavsum qiziqroq o'tishini kutyapman" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "Mavsum qiziqroq o'tishini kutyapman"

Teglar :  Jamshid Iskanderov
"Andijon" bilan birinchi tur o'yini arafasida "Paxtakor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov boshlanajak mavsum va uchrashuv haqida fikrlarini bildirib o'tdi.

- Yangi mavsum qiziqroq o'tishini kutyapman. CHempionlik va yuqori o'rinlar uchun kurashadigan jamoalar soni oshib, chempionatda intriga kuchayishiga umid qilaman. Bundan barchaga foyda. Futbolimiz va jamoalarimiz saviyasi ham oshadi, - takidladi Iskanderov yangi mavsum haqida.

"Andijon" bilan dushanba kuni o'tadigan bellashuv haqida to'xtalar ekan, Jamshid bahsda osonlik bilan g'alaba qozonilmasligini aytib o'tdi.

- Har doim mavsumdagi birinchi uchrashuv og'ir o'tadi. CHunki raqib jamoaning o'yin uslubi va yangi futbolchilari qanday o'ynashini aytish mushkul. Yangi murabbiy kelgach, taktika va o'yinchilarda o'zgarish bo'ladi. SHu sababli raqibni to'liq o'rganib chiqishning iloji yo'q. Albatta, bu jamoaga xos bazi jihatlarni bilamiz. O'yinini o'rganishga intildik. Ular endi jamoani shunday o'yinlarga ruhan yaxshi tayyorlay oladigan murabbiyga ega. Himoyada juda jips harakat qilishlari mumkin. SHuning uchun uchrashuv oson o'tadi deb o'ylamayman, - deydi Jamshid Iskanderov.

"Paxtakor" matbuot xizmati

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика