Jamshid Hasanov: "Jamoamiz tushkunlikka tushib qolgan edi"
16 may 2016 14:23
Yangiliklar
Jamshid Hasanov: "Jamoamiz tushkunlikka tushib qolgan edi"
"Mashal" - "SHo'rtan" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Jamshid Hasanov bu o'yin haqida fikrlarini bildirib o'tdi.
- "SHo'rtan" ustidan qozonilgan irodali g'alaba yigitlarga juda ham katta kuch bag'ishladi. Boisi jamoa ketma-ket muvaffaqiyacizlardan so'ng tushkunlika tushib qolgan edi. Bu vaziyatdan chiqish uchun g'alaba suv va havodek zarur edi. So'nggi daqiqalarda buni uddaladik va bundan xursandmiz. "SHo'rtan" bilan o'yinda juda katta qarshilikka uchradik. Ularda ham vaziyat havas qilarli darajada emas bu bois bor kuchi bilan harakat qildi. Omad biz tomonda bo'ldi va g'alaba qozondik.
Oldinda O'zbekiston kubogi bahsi bor. "So'g'diyona" bilan bo'ladigan uchrashuvga jiddiy tayyorlanamiz. Undan tashqari chempionatda ham o'rnimizni yaxshilab olishimiz shart" , - deydi Jamshid Hasanov.
"Mashal" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar