So’nggi yangiliklar

20:37Ҳумоюнмирзо Иминов: "Мен рақобатга тайёрман"  0 20:15Гвардиола "Манчестер Сити" ҳимоячиларининг жароҳатлари билан боғлиқ вазиятни изоҳлади  4 19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  4 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  1 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  17 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  2

Jamshid Boltaboev: “OCHLda umuman ishtirok etmagandan ko'ra “pley – off” bosqichida o'ynagan yaxshiroq” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “OCHLda umuman ishtirok etmagandan ko'ra “pley – off” bosqichida o'ynagan yaxshiroq”

Teglar :  Jamshid Boltaboev
Toshkentning “Paxtakor” klubi ikkinchi davrada Andijonning “Andijon” jamoasini qabul qiladi. Ushbu uchrashuv oldidan Jamshid Boltaboev o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

-  Birinchi davrada juda ham ko'p kerali bo'lgan ochkolarni yo'qotdik. Ushbu natijalardan o'zimizga yarasha hulosa chiqardik. Birinchi davradagi o'yinlarning bir nechtasida so'nggi daqiqalarida o'z darvozamizdan gol o'tkazib yuborib mag'lubiyatga uchradi. Birinchi davraga yakuniga etkanidan so'ng qisqa muddatli tatil o'z nihoyasiga etkanidan so'ng men terma jamoa bilan birga edim.

Klubdagi jamoadoshlarim esa “Paxtakor” bilan birga ikkinchi davraga tayyorgarlik ko'rishdi. Mashg'ulotlarda asosan jismoniy holatga ko'proq etibor qaratdik. CHunki, birinchi davradagi o'yinlarning birinchi bo'limida yaxshi o'ynagan bo'lsak ikkinchi bo'limda charchoq alomatlari sezildi. Menicha shuning xisobiga birinchi davrani yomon o'tkazdik deb o'ylayman. SHuning uchun ham ikkinchi davradagi tayyorgarlikda asosan jismoniy mashg'ulotlarni o'tkazdik. 26 kuni jamoa bilan Qibraydagi bazada yig'ildik, o'sha kundan beri “Andijon” bilan bo'ladigan o'yinga jiddiy tayyorgarlik ko'ryapmiz. Biz uchun oson o'yin bo'lmayapti, safardagi o'yinlarniku aytmasa ham bo'laveradi. Jamoamizga Lobanov qaytgani bizga foyda bo'sa bo'ladiki lekin zarar bo'lmaydi. CHunki, Lobanov juda ham tajribali darvozabon. U himoyachilarga kerakli ko'rsatmalar berib turardi. Meni fikrimcha birinchi davrada bizga mana shu ham etishmadi deb o'ylayman. Igor Sergeevning o'rni bilinsa kerak, lekin jamoamiz bitta futborlchiga qarab qolmagan.

Ikkinchi davrada Sergeevni ketkanini bildirmasdan faqat g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Mana jamoamizga Jasur Hakimov keldi, u bilan ham birga o'ynaganmiz. Ushbu futbolchini qanday istedod egasi ekanligini bilamiz. Jasur Hakimov ham Sergeevni o'rnini bildirmaydi degan umiddamiz. Bir qancha futbolchilarimiz jamoadan ketgani bilan bizning oldimizga qo'yilgan vazifa faqat chempionlik. Nasib qilsa OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritamiz. OCHLda umuman ishtirok etmagandan ko'ra “pley – off” bosqichida bo'lsa ham ishtirok etib guruh bosqichiga chiqqan yaxshiroq”, - deydi “Paxtakor” klubi himoyachisi Jamshid Boltaboev.

Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика